Atrofimizdagi olam tabiatshunoslik


Download 0.89 Mb.
bet33/49
Sana02.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1319681
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Bog'liq
universal qo\'llanma sotuv

Odam miyasi.Tana a`zolari hatti-harakatini,odam xulq-atvorini nerf tizimi boshqaradi.Nerv tizimi bosh miya,orqa miya,nerv tolalaridan iborat.Bosh miya kalla suyagi ichida,orqa miya umurtqa pog`onasi ichida joylashgan.Bosh va orqa miyadan butun tana bo`ylab nerv tolalari tarqagan,Miya tanadagi barcha a`zolarni shu nerv tolalari orqali boshqaradi.Odamning qo`l va oyoqlari harakati bosh va orqa miya orqali boshqariladi.
Hazm qilish a`zolari.Og`izga tushgan ovqat so`lak bilan ho`llanadi,chaynalib,oshqozonga,ya`ni qopchaga o`xshash hazm qilish a`zosiga tushadi.Ingichka ichakning uzunligi 6-7 metr,undan ovqat 3-5 soatda o`tadi,bu vaqt ichida ovqatdagi barcha kerakli moddalar hazm bo`ladi,oziq moddalar qon tomirlari va naychalari orqali tanamizning barcha a`zolariga yetib boradi.Qonga o`tgan oziq moddalar jigar va

buyrakda tozalanadi.Jigarda qonning tozalanishi natijasida hosil bo`lgan o`t suyuqligi o`t pufagi orqali ichakka tushadi,oziq moddalarning parchalanishida ishtirok etadi.Buyrak qondagi ortiqcha moddalarni tutib qoladiva siydik pufagiga yuboradi.Oshqozondagi ortiqcha suyuqliklar ham siydik pufagiga kelib tushadi.Ingichka ichakda hazm bo`lmagan ovqat qoldiqlari yo`g`on ichakda yig`iladi va tashqariga chiqariladi.




O`pka.Havo burunga kiradi.Changlardan tozalanadi,son`g o`pkaga boradi.Odamda bir juft o`pka bo`ladi,o`pkaga kelgan havodagi kislorod qonga o`tadi,kislorod bilan boyigan qon yurakka boradi,keyin arteriyadan tomir orqali butun tan abo`ylab oqadi.Vena orqali qaytib kelayotgan qondagi karbonat angidrid avval yurakka,so`ng o`pkaga o`tadi,nafas chiqarilganda tashqariga chiqariladi.O`pkaning vazifasi qonni kislorodga to`yintirish va kar.angidriddan tozalab turishdir.Chaqaloq bir minutda 30-45 marta,9-10 yoshli bola 20-25 marta,katta yoshdagilar 16-18 marta nafas oladi,yugurganda nafas olish 40-45 martaga yetadi.

“Qizil kitob” yo`qolib ketish xavfi bo`lgan o`simlik va hayvon turlari haqida ogohlantiruvchi kitobdir.”Ozbekiston Respublikasi Qizil kitobi” 1-jildi o`lkamizdagi noyob o`simliklarga bag`ishlangan,undan 302 ta o`simlik turi,2-jildida 200 dan ortiq hayvon turlari kiritilgan.





Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling