Atrofimizdagi olam tabiatshunoslik


Download 0.89 Mb.
bet35/49
Sana02.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1319681
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
universal qo\'llanma sotuv

Sayyoralar.Quyosh sistemasi.

Quyosh atrofida sayyoralar,kometalar,meteorlar va boshqa osmon jismlari aylanib yuradi.Quyosh va uning atrofida aylanib yuruvchi barcha osmon jismlari birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi.Tunlari ba`zida xira “yulduz”ning boshqa yulduzlar orasida siljiyotganini,ya`ni sayr qilib yurganini payqash mumkin.Bunday osmon jismlari yulduz emas,balki sayyoradir.



Quyosh sistemasidagi yirik osmon jismlari sayyoralar deb ataladi.Sayyoralar o`zidan nur chiqarmaydi,biz sayyoralardan qaytayotgan Quyosh nurlarini ko`ramiz xolos.Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanib yuradi:Merkuriy,Venera,Yer,Mars,Yupiter,Saturn,Uran,Neptun.Har bir sayyora o`z orbitasiga ega.Sayyora orbitasi bu-Quyosh atrofida sayyoraning harakat yo`li.Sayyoralar katta-kichikligi,quyoshdan uzoq-yainligi bilan bir-biridan farq qiladi.

Kichik sayyoralar:Merkuriy,Venera,Yer ,Mars

Merkuriy-sayyoralarning eng kichigi,diametri Yerdan 3 marta kichik,Merkuriy quyosh atrofini 88 sutkada bir manrta aylanib chiqadi.Sirtida tuproq yo`q,tosh va qumdan iborat.Mayda osmon jismlari tushaverganidan sirti o`nqir-cho`nqir bo`lib ketgan,sirtida havo va suv yo`q harorat kunduzi+480 ,kechasi -180 bo`ladi.


Venera-Yerdan biroz kichik,Quyosh atrofini 225 sutkada aylanib chiqadi.Sayyorani qoplagan gaz va bulutlar quyosh nurini yaxshi qaytargani uchun yulduz kabi charaqlab ko`rinadi,hatto tongda yulduzlar ko`rinmay qolganda ham Venera sayyorasi porlab turadi.Shuning uchun qadimda uni”Zuhro yulduzi”,”Tong yulduzi” deb atashgan.Arabchada “zuhro” so`zi “tong ” ma`nosini bildiradi,kunduzi +470 gacha,kechasi+ 20 gacha,Venerada hayot yo`q.
Yer-biz yashaydigan Yer shari,Quyosh atrofidagi sayyoralardan biri.Yer Quyosh atrofini 365 kun 6 soatda bir marta aylanib chiqadi,8 ta sayyoradan faqat Yerda hayot bor.Yer va boshqa sayyoralar atrofida osmon jismlari aylanib yuradi.

Sayyora atrofida doim aylanib yuradigan yirik osmon jismi tabiiy yo`ldosh deb ataladi.



Sayyoralardan Merkuriy va Veneraning tabiiy yo`ldoshi yo`q.Yerning bitta tabiiy yo`ldoshi bor.Bu-Oydir.

Mars-Mars diametri Yernikidan ikki marta kichik.Quyosh atrofini 687 sutkada bir marta aylanib chiqadi,siyrak karbonat angidrid va boshqa gazlar bilan qoplangan.Bu gazlardan qaytgan quyosh nuri bizga qon rangiga yaqin bo`lgan qizg`ish tusda ko`rinadi.Shuning uchun qadimda Mars sayyorasini “Urush xudosi” deb atashgan,sirti tosh va qumlar bilan qoplangan,kunduzi +17,kechasi -100 bo`ladi,2 ta tabiiy yo`ldoshi bor,Marsdan suv parchalari topilgan,hayot yo`q.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling