Atrofimizdagi olam tabiatshunoslik
universal qo\'llanma sotuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer sharining diamet r i - 12 800 km,Ekvator ya`ni Yer shari be l b o g `i uzunl i g i- 40 000 km.
- 2-qis m -Yer shari mantiyas i
+480, -180
| ||||
Tabiiy yo`ldoshi | ||||
1 |
Kichik sayyoralar Merkuriy |
- | ||
2 3 4 5 |
Venera,Zuhro,Tong y Yer Mars Urush xudosi Katta sayyoralar Yupiter Saturn Uran Neptun |
225 sutka 365 ku 6 soat 687 sutka 12 yil |
+470, +20 |
- 1 ta Oy 2 ta 79 ta |
+17,-100 -100 | ||||
6 7 8 |
30yil 84 yil 168 yil |
-180 -210 -200 |
82 ta 27 ta 14 ta |
Kometalar-bosh va dumdan iborat bo`lgan Quyosh sistemasidagi jismi kometa deyiladi.Kometaning boshi qattiq holatdagi tosh,temir va boshqa moddalrdan,dumi esa gaz va changlardan iborat,boshining diametri bir necha km,dumi uzunligi bir necha million km,shunday ulkanlari borki,uzunligi 200 million km dan ortiq,ya`ni Yerdan Quyoshgacha bo`lgan masofadan ham ortiq.
Yerni o`rab turgan havo bizni kometalardan himoya qilib turadi.
Asteroidlar-quyosh sistemasida sayyoralar va kometalardan tashqari,son-sanoqsiz “daydi toshlar” asteroidlar mavjud.
Meteorlar va meteoridlar-“meteor”so`zi”osmon hodisasi”degan ma`noni bildiradi,osmonda meteorlarni ,ya`ni “uchar yulduzlar”ni kechasi ko`rish mumkin,deyarli barcha meteorlar Yer yuziga yetib kelmasdan yonib tamom bo`ladi.
Havoda yonib,yorug` iz qoldiradigan osmon jismi meteor deyiladi.
Meteorlar kamdan kam hollarda yonib tugamasdan Yer sirtiga tushadi.Yerga tushgan meteorlar meteroidlar deb ataladi,bir necha kilogrammdan,bir necha tonnagacha,temir,tosh va boshqa moddalardan iborat.Agar yer sirtini havo o`rab turmaganida sayyoramizga har kuni minglab meteoridlar tushib vayron qilar edi.
Yerni o`rab turgan havo bizni meteorlardan himoya qiladi.
Kosmonavtika (yunoncha) –Yer atmosferasidan tashqarida koinotni apparatlar yordamida tekshirish,20 asr boshlaridan rivojlangan,1957-yil 4-oktabr kuni Yerning 1-sun`iy yo`ldoshi uchirilgan.1961-yil 12-aprelda Y.A.Gagarin Vostok kemasida Yer atrofini 108 minut aylanib uchgan.1969-yil amerikalik N.Armstrong va Y.Oldrin “Apollo-11”kemasida Oyga qo`ngan.
Oy Yer atrofida doimiy ravishda aylanib yuradi,27 sutka 8 soatda aylanadi,Yerdan uzoqligi 384 400 km ga teng,Oy Quyoshga qaraganda bizga 390 marta yaqin.Oy ham shar shaklida,diametri 3500 km,Yernikidan 4 marta kichik,massasi Yerdan 81 marta kam.Oy sirti Yernikiga o`xshamaydi,jonsiz tabiat hukm suradi,chunki suv va havo yo`q.Harorat kunduzi +120,kechasi -160,kunduzi 15 sutka,15 sutka qoron`g`u bo`ladi.
Oyda havo yo`q,shuning uchun meteorlar tushib turadi,ular urilishidan ko`plab chuqurlar hosil bo`lgan.Oy o`zidan nur chiqarmaydi,u Quyosh nurlarini qaytaradi,Oyning Quyoshga qarab turgan yarmisi yorug`,orqasi esa qorong`u bo`ladi.Tunlari bizga faqat Quyosh yoritib turgan yorug` qismi ko`rinadi.
Yer sharining diametri-12 800 km,Ekvator ya`ni Yer shari belbog`i uzunligi-40 000 km.Yer sharini 3-qismga ajratish mumkin
1-qism –Yer sharining yadrosi,temir,nikel va boshqa moddalardan iborat,harorat +5000 C atrofida.
2-qism-Yer shari mantiyasi-mantiya ko`rpa degan ma`noni bildiradi,magniy,temir va bosh.moddalardan iborat,harorat +1000 C dan yuqori.
3-qism-Yer p`osti-turli moddalardan tashkil topgan,foydali qazilmalar,tuproq va qum yer po`stida bo`ladi.Yer shari ustidagi,ostidagi,yon tomonlaridagi boshqa narsalarni bir xil tarzda o`ziga tortib turadi.
Yer sharining kichraytirilgan tasviri,ya`ni modeli globus deb ataladi.Globus shar degan ma`noni bildiradi.Globus kattaligi Yer sharidan bir necha millon marta kichik,globus markazidan o`tkazilgan o`q aylanish o`qi,aylanish o`qi chiqib turgan joy shimoliy va janubiy qutblarini ko`rsatadi.Globus qoq o`rtasidan o`tgan aylana ekvator chizig`i deyiladi.Dastlab globusdan birini Abu Rayhon Beruniy (973-1048) yaratgan,globus diametri 5 metrga teng bo`lgan.
Yer sharining o`z aylanish o`qi atrofida to`liq aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt sutka deb ataladi.Yer sharining o`z o`qi atrofida aylanishidan kun va tun almashinadi.
Yer sharining Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt yil deb ataladi,365 kun,6 soatda aylanadi,3 yil 365 sutka to`rtinchi yili esa 366 sutka olinadi.365 sutkali yilda fevral 28 kundan,366 sutkali yilda fevral 29 kundan iborat bo`ladi va kabisa yili deyiladi.
Yer Quyosh atrofini bir tomonga og`gan holda aylanishidan yil fasllari hosil bo`ladi.Quyosh nuri Yer ekvatorini pastini yoritsa qish,ekvatorning yuqori va past qismlarini birday yoritsa bahor,kuz ,ekvatorning yuqori qismini yoritsa yoz fasliga to`g`ri keladi.
Ochiq joyda Yer yuzining aylana chiziq bilan chegaralangan chizig`i ufq deb ataladi.Ochiq va tekis joyda 4 km uzoqlikkacha bo`lgan joylar ko`rinadi,u
holda ufq 4 km uzoqlikda deyish mimkin.Ufqning 4 ta asosiy tomoni bor-quyosh chiqishi-sharq,botishi-g`arb,o`ng qo`lni sharqqa,chapni g`arbga qarating.Bunda siz qarab turgan tomon-shimol,orqangiz janub bo`ladi.
Qadimda ufq tomonlari “Qutb yulduzi” ga qarab aniqlashgan,u osmonnig shimol tomonida bo`lib,siljimasdan bir joyda turadi.Aslida yulduzlar Yerga nisbatan bir joyda turadi.Qutb yulduzi eng yorug` yulduz bo`lib,yon tomonida yana 6 ta yorug` yulduz bor,xayolan birlashtirilsa 7 yulduzdan iborat cho`mich shakli hosil bo`ladi.Ufq tomonlarini mahalliy belgilarga
M:daraxtning janub tomonga qaragan shoxlari qalin,shimolga qaragani siyrak,daraxt to`nkasi kesilgan joyidagi halqalar orasi uzoq bo`lgan janub tomonga,xalqasi zich joylashgan qism shimolga to`g`ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling