Att yo’nalishi 1-kurs 4-guruh talabasi sharipova lola
Download 7.1 Kb.
|
LOLA OPA TARIX
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prezident vakolatlaridan qisqacha
- O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining ilmiy faoliyati
ATT YO’NALISHI 1-KURS 4-GURUH TALABASI SHARIPOVA LOLAMavzu: O'zbekistonda prezidentlik boshqaruvi joriy etilishi Oʻzbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24-martda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga toʻlgan fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 7 yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonun (1991-yil 18-noyabr) va uning yangi tahririda (2004-yil 3-dekabr) qabul qilingan tegishli moddalarida belgilangan. Avvalgi nomi : Kommunistik partiya birinchi kotibiLavozimlikdagi ilk shaxs : Islom Karimov Amaldagi shaxs : Shavkat Mirziyoyev Tayinlanadi : Umumxalq saylovlarida Raxbarlik qiladi : O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Qarorgohi : Oqsaroy qarorgohi Vakolat muddati : 7yilOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Prezident vakolatlaridan qisqacha1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir; 2) Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi; 3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi; 4) muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlaydi; 5) oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi; Islom Karimovning siyosiy faoliyati 1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi (1990—1992), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir. 6) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; 7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega; 8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini taʼminlaydi; vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi; 9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; 10) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi hamda uni isteʼfoga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi; O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining ilmiy faoliyatiKarimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning „Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli“ (1992), „Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang“ (1993), „Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli“ (1993), „Bizdan ozod va obod Vatan qolsin“ (1994), „Istiqlol va maʼnaviyat“ (1994), „Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir“ (1995), „Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari“ (1997), „Barkamol avlod orzusi“ (1998), „Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari“ (1998), „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ (1998), „Olloh qalbimizda, yuragimizda“ (1999), „Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“ (2000), „Tinchlik uchun kurashmoq kerak“ (2001), „Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari“ (2002) Yuksak ma'naviyat–yengilmas kuch (2008) Download 7.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling