Attestatsiya testlari


Yomon so‘zga pashsha kuchi fil bo‘lar


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

Yomon so‘zga pashsha kuchi fil bo‘lar. Ushbu gap haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) egalar tub so‘zlar bilan ifodalangan.
B) ega vazifasini bajargan qaralmish qatnashgan.


C) ega vazifasini bajargan sifatlanmish qatnashgan.
D) egalar turli so‘z turkumiga oid so‘zlar bilan ifodalangan. 
20. Cho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o‘z jasoratlari, 
mehnatlari bilan tabiatni zabt etadilar. Ushbu gapda yordamchi so‘z 
turkumlarining barchasiga oid birliklar ishtirok etmagan. Ushbu ma’lumot... 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
21. Qaysi gapda vositali to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan?
A) Yaxshi insonni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
B) Ey farzand, hamisha fozillar bilan hamsuhbat bo‘lishni o‘zingga odat qil.
C) Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi.
D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng muhim vositasidir. 
22. Salimni jo’rttaga ko’rgani borgan Sharifa birdan hayajonlanib eshikka qarab 
yugurdi. Gapdagi ravishlarning soni nechta?
A) 4
B) 5
C) 3
D) 2 
23. «Temur tuzuklari»da shunday deb bitilmish: «Tajribamdan ko‘rilgankim, amri qat’iy, 
tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan 
yaxshiroqdur». Ushbu gapdagi tinish belgilarining qo‘llanish qoidalari noto‘g‘ri 
izohlangan javobni aniqlang.
A) Ushbu gapda uyushiq aniqlovchilar orasida vergul qo‘llangan.
B) Ushbu gapdagi vergullarning barchasi uyushiq bo‘laklarni bog‘lash uchun 
qo‘llangan.
C) Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelgani uchun ikki nuqta qo‘llangan.
D) Ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichida yozilgan. 
24. “Ravshan” dostoni haqida berilgan ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu dostonda Qosim ismli yosh, insofli, diyonatli yigit ishtirok etadi. U bosh 
qahramonning omon qolishi uchun astoydil harakat qiladi.
B) Ushbu dostonda tasvirlanishicha, ota va o‘g‘il bir kuni saxiylik va baxillik haqida 
suhbatlashadi.
C) Dostonda Buvraxon degan podshoh va uning ikki vaziri qatnashadi. Vazirlarining 
biri Shoir vazir, ikkinchisi Tohir vazir edi.
D) Ushbu doston qahramoni o‘lib ketgan olti o‘g‘li o‘tida kuyib yurgan kampirga o‘g‘il 
tutinadi. 
25. Qaysi javobdagi ma’himot Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostoni haqida emas?
A) Dostondagi maqolatlar so‘ngida mavzuni dalillash, uni hayotiy asoslash maqsadida 
hikoya yoki masal keltiriladi.
B) Muallif bu asarni «shavq dostoni» deb ataydi. Unda ijodkorning komil inson 
haqidagi orzu-o‘ylari ifoda etilgan.
C) Ushbu doston falsafiy-ta’limiy doston bo‘lib, didaktikaning yorqin namunasi 
sanaladi.


D) Dostondagi «Salotin bobida» nomli uchinchi maqolat adibning adolat haqidagi 
qarashlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. 
26. Adib ijodining dastlabki davrida - 21-22 yoshida she’rlarini to'plab, devon 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling