Attestatsiya testlari
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?! Ushbu she’riy misralar
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy bo‘lib kelgan. B) Radifi yoyiq radif hisoblanadi. C) Baytda tajnis san’atidan foydalanilgan. D) Ushbu misralarda tanosub san’atidan foydalanilgan. Matnni o‘qing va savollarga javob bering. Mulla Fazliddin ertalab podshoh in’om qilgan to‘bichoq otni mindi-da, shahar dorug‘asi qabul qiladigan mahkamaga yo‘l oldi. Uzun Hasan ismli ingichka, novcha dorug‘a askarlikka odam olish va shaharni yaqinlashib kelayotgan dushmandan himoya qilish tashvishi bilan band ekan. Mulla Fazliddinning arzini qayoqqadir ketmoqchi bo‘lib shoshilib turgan paytda tingladi-da: – Tarhlaringizga tegmay, hamyoningizni olib ketgan bo‘lsa, bu – to‘qaydan chiqqan o‘g‘rilarning ishi, – dedi. – Yog‘iy tashvishidan qutulsak, to‘qaylarni o‘g‘rilardan tozalagaymiz... Hozir ahvolni ko‘rib turibsiz!.. Qo‘l qovushtirib tikka turgan mulla Fazliddin dorug‘aga yaqinroq keldi: – Mening boshqa gumonim bor, janob dorug‘a, – dedi. So‘ng Ahmad Tanbalning surat chizdirmoqchi bo‘lganini, rad javobi olganda esa achchiqlanib ketganini aytib berdi. – Kimning surati? – deb dorug‘a qiziqib qoldi. Mulla Fazliddin Xonzoda begimning nomini tilga olishga qo‘rqdi. – Parilar suratimidi? Yaxshi tushunmadim. – Sandig‘ingizda parilar surati bormidi? Bosqinchilar shuni olib ketibdirmi? – Surat o‘zi bo‘lmasa, neni olib ketsin! Men hazrati oliylari buyurgan madrasa tarhini chizish bilan bandmen. Suratkashlikka vaqtim yo‘q. Sandiqda xomaki loyihalarim bor edi, xolos. – Ular joyida qolganmi, axir? Undoq bo‘lsa Ahmadbekdan nechun gumonsiramoqdasiz? – Sababini aytdim, janob dorug‘a! Taftish o‘tkazishingizni so‘raymen! – Ahmadbek – sultonlar avlodidan ekanini unutgan bo‘lsangiz, men eslatib qo‘yay. Hazrati oliylarining katta xotinlari Fotima begim Ahmadbekka qarindosh bo‘lurlar. Fotima begimning chaqirig‘i bilan Sulton Ahmadbek bugun azonda poytaxtimiz Axsiga ketdilar. «Agar o‘sha bek sandiqdagi suratlarni qo‘lga tushirsa, Axsiga eltib, podshoh oilasiga ko‘rsatmoqchi bo‘lganmi? – degan o‘y mulla Fazliddinning ichini muzlatib o‘tdi. – Bular mening qonimga shunchalik tashnami? Balki Ahmad Tanbal Xonzoda begimni ham shu surat orqali qo‘lga tushirmoqchidir? Hali uylanmagan bu bek podshohga kuyov va Xonzoda begimdek go‘zal qizga er bo‘lishni jon-dili bilan istasa kerak!» 38. Ushbu matnda qo‘llanilgan to‘bichoq so’zining ma’nosini toping. A) chopqir, yo’rg’a ot B) shahar posponlari sardori C) dushman, g‘anim D) chizma lavha: loyiha, reja 39. Ushbu matn qanday uslubda yozilgan? A) badiiy uslub B) rasmiy uslub C) ilmiy uslub D) so’zlashuv uslubi 40. Fotima begimning chaqirig‘i bilan Sulton Ahmadbek bugun azonda poytaxtimiz Axsiga ketdilar. Ushbu matndan olingan gapda fonetik o’zgarishga uchragan yasama so’zlar soni nechta? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling