Attestatsiya testlari


…-chirog‘ yog‘i, …-pilik”. (,,Tanobchilar”)


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

…-chirog‘ yog‘i, …-pilik”. (,,Tanobchilar”)
Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni belgilang. 
A) Xo‘ja,Hakimjon
B) Sulton,Halilbek
C) Sulton,Hakimjon
D) Sulton,Hakimbek 
32. Chexovning “Yovuz niyatli kishi”, “Chiqdi”, “Qiyshiq oyna”, Abdulla Qahhorning 
“Adabiyot muallimi” hajviy asarlari qanday janrda yaratilgan?
A) roman
B)qissa
C) hikoya
D) doston 
33. Asar qahramoni o‘z o‘g‘lining o‘zga yurtda yotganligini eshitgandan so‘ng otasining 
otini minib, yo‘lga chiqadi va uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tib, o‘g‘lini dor 
ostidan qutqarib qoladi
Ushbu voqealar bayoni qaysi xalq dostoniga mansub? 
A) “Ravshan” 
B) “Kuntug‘mish” 
C) “Alpomish” 
D) “Rustamxon” 
34. Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari jami nechta tilga tarjima 
qilingan?
A) 20 ta
B) 28 ta
C) 24 ta
D) 32 ta
35. “Sohibqiron” dramasida keltirilishicha, Temur (Sohibqiron) qaysi o‘g‘lini, sarxush 
holatda ayoliga qo‘l ko‘targani (urgani) uchun, qirq kun zindonga soldiradi? 
A) Shohrux 
B) Mironshoh 
C) Jahongir 
D) Umarshayx 
36. Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli undoshlardan iborat so‘z berilgan? 
A) bo‘g‘iz 
B) jumboq 
C) bog‘bon
D) girdob 


37. Qaysi javobda so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? 
A) zarvaraq, zahira, zanburug‘ 
B) zarvaroq, zaxira, zamburug‘ 
C) zarvaraq, zaxira, zamburug‘ 
D) zarvarag‘, zaxira, zamburug‘ 
Matnni o‘qing va 38-40-savollarga javob bering. 
Hozirda ijtimoiy tarmoqlar – internet juda rivojlanib ketdi. Ularning poydevorini ulug‘ 
bobomiz – “matematika otasi” al-Xorazmiy qo‘yib ketganlarini bilasizmi? Bugunga kelib 
siz foydalanadigan “Telegram”, “Instagram”, “Tvitter” (“Twitter”) kabi tarmoqlar 
juda mashhur. Shulardan biri “Feysbuk” (“Facebook”) ning dunyoga kelishi ham qiziq 
bo‘lgan: bu tarmoq yaratuvchisi Mark Sukerberg dunyoning eng badavlat insonlari 
ro‘yxatida turadi. Mark uni mashhur qilgan va unga milliardlar keltirgan dasturni 
talabalar yotoqxonasida yashab yurgan davrida, bir necha talaba do‘stlari yordamida 
yaratadi. Bu dastur yaratilgunga qadar ko‘pchilik Markning bunga qodirligiga va bu 
ishdan nimadir chiqishiga ishonmaydi. Bu dastur unga katta muvaffaqiyat olib kela 
boshlaganda Markka hasad qilib, ikki aka-uka talaba do‘stlari uni dasturni o‘g‘irlashda 
ayblashadi.
Mark Sukerberg shunday deydi: “Bir necha dushman topmasdan besh yuz millionlab 
do‘st topa olmaysiz”. 
38. Sukerberg fikrini davom ettiring. “Bir necha dushman topmasdan…” 
A) millionlab pul topa olmaysiz 
B) millionlab pul sarfl ay olmaysiz 
C) millionlab kashfi yot qila olmaysiz 
D) millionlab do‘st topa olmaysiz 
39. Butun dunyo Mark Sukerbergni “matematika otasi” deb hisoblaydi. 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
40. Aka-uka talabalar Markni nimada ayblashdi? 
A) odam o‘ldirishda 
B) katta pul mablag‘ini o‘g‘irlashda 
C) dasturni o‘g‘irlashda
D) matnda bunday ma’lumot berilmagan 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling