Attestatsiya testlari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat...(1) kichik bir qismi bo‘lgan oila...(2) tinchligi...(3) asraylik
- Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu
deb bilamiz. Ushbu parchadagi ismlarga mansub so‘zlar tarkibidagi munosabat
shakllari soni 7 tani tashkil etadi. A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 15. Qaysi gapda birgalik nisbatidagi yasama fe’l qatnashgan? A) Otasining Dostonni ishlashga majbur etish uchun qilgan harakatlari natija bermadi. B) Ish safari bilan ketgan Davron aka va Sodiq aka kecha Toshkentga kelishdi. C) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. D) Keyin yana ular doimgidek men haqimda gapirishdi. 16. U bilimi va iste’dodi tufayli fan-texnika yutuqlari ko‘rgazmasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu gapdagi sodda yasama so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Yasama so‘zlarning barchasi fe’ldan yasalgan. B) Ushbu gapda ot va sifat turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan. C) Yasama so‘zlar ega va aniqlovchi vazifasini bajargan. D) Ushbu gapdagi yasama otlarning barchasi o‘rin-joy otlariga mansub. 17. Mamlakat...(1) kichik bir qismi bo‘lgan oila...(2) tinchligi...(3) asraylik. Mazkur gapda raqamlar bilan belgilangan ko‘p nuqtalar o‘rnida adabiy til me’yorlariga ko‘ra qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘llaniladi? A) 1, 3 – tushum kelishigi; 2 – qaratqich kelishigi B) 1, 2 – qaratqich kelishigi; 3 – tushum kelishigi C) 1, 2 – tushum kelishigi; 3 – qaratqich kelishigi D) 1 – qaratqich kelishigi; 2, 3 – tushum kelishigi 18. Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi. Ushbu gapda bitmoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan? A) o‘sib-unmoq B) yozuv orqali ifodalamoq C) tugamoq, tamom bo‘lmoq D) et unib, birikib tuzalmoq 19. Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning qulay vositasidir. Gapda ham hokim, ham tobe bo‘lak vazifasini bajargan so‘z to‘ldiruvchi bo‘lib kelgan. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 20. Quyidagi ma’nodosh so‘zlardan qaysi biri ko‘proq jonli so‘zlashuvda qo‘llanadi? A) tayyor B) taxt C) hozir D) shay 21. Qo‘shma turdosh ot qatnashgan gapni toping. A) Men beshiktebratgichda osilib turmish ko‘ztumor bilan to‘qqizko‘z munchoqni uzib- uzib oldim. B) Gulnor shu tobda yolg‘izlikni, tinchlikni istar edi. C) O‘shanday tepki hali es-hushini o‘nglab ololmagan Hamroqulning ham ko‘kragiga tushdi. D) Bizlar xizmatkor odam - nimani bilaylik, to‘ram! 22. Ota, javobingni berdim, jo‘nagin! Bundan keyin sovchi bo‘lib kemagin! Har kimni tengiga qo‘sh-da, vallamat, Menga munday tuzsiz so‘zni demagin. Ushbu parchada qaysi doston qahramonining otasiga qarab aytgan so‘zlari berilgan? A) “Kuntug‘mish” B) “Oygul bilan Baxtiyor” C) “Ravshan” D) “Alpomish” 23. Qaysi javobdagi ma’lumot “Kuntug‘mish” dostoniga oid emas? A) Otasi oshiq yigitga lashkarlar ichidan qirq yigitni ayirib beradi, qirq xachirga zar ortib beradi va uni oq fotiha bilan Zangar yurtiga kuzatadi. B) Doston qahramoni dinini o‘zgartirish haqidagi amaldorlarning taklifini rad etib, o‘z dinidan, e’tiqodidan kechmasligini aytadi. C) Doston qahramoni bir kosa suv va bir non evaziga buloqni egallab yotgan ajdahoni o‘ldirish shartini ado etadi. D) Buvraxon avval oshiq va ma’shuqani mudhish jazoga mahkum etadi, keyinroq Azbarxo‘ja xiyonati tufayli mashaqqatlarga duch kelishganini eshitib, ularni afv etadi. 24. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor. Ushbu she’r haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Ushbu she’r mumtoz adabiy janrlardan biri bo‘lgan tuyuq janrida yozilgan. B) Ushbu she’r Navoiy qalamiga mansub she’r sanaladi. C) She’r qofiyalari “dog‘i bor” (1-misra), “otashi bor” (2-misra), “yana (tag‘in) bor” (4- misra) ma’nolarini bildiradi. D) She’rda tajnis san’atining ajoyib namunasi yaratilgan. 25. Musa Jalilning bastakor Jiganov bilan hamkorlikda yozilgan, davlat mukofoti bilan taqdirlangan operasini toping. A) “O‘rtoqqa” B) “Xat tashuvchi” C) “Oltinsoch” D) “Ordenli millionerlar” 26. Ahmad Yassaviyning 240 ga yaqin she’rlardan iborat ijodiy merosi xalq orasida “Devoni hikmat” nomi bilan mashhur bo‘lgan “Hikmatlar” asarida jamlangan. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 27. Qaysi dostonda shaxslarning ismi jonivorlarning nomidan kelib chiqib qo‘yilgan? A) “Kuntug‘mish” B) “Alpomish” C) “Ravshanxon” D) “Rustamxon” 28. Quyidagi misralar Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonidan olingan? Xushdurur bog‘i koinot guli, Borchadin yaxshiroq – hayot guli… A) “Farhod va Shirin” B) “Sab’ai sayyor” C) “Saddi Iskandariy” D) “Layli va Majnun” 29. Quyidagi qaysi ma’lumot Abay haqida emas? A) Ijodkor Iroqning Bag‘dod, Hilla, Najaf degan shaharlarida hayot kechirgan. Umrining oxirida o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Karbaloga ko‘chib kelgan. Shu yerda vabo kasalligidan vafot etgan. B) Uning falsafiylik bilan yo‘g‘rilgan “Iskandar”, “Mas’ud”, “Azim rivoyati” kabi dostonlari hozirgacha el orasida mashhur. C) Ijodkorning ijodi yoshlik chog‘laridan she’r yozish va o‘lan aytishdan boshlangan, u o‘zigacha og‘zaki kuylab kelingan o‘lanlarni yozma adabiyotga olib kirgan. D) Uning ijodiy merosining salmoqli qismini xalqni ilm-ma’rifatga, madaniyatga da’vat qiluvchi “Naqliya so‘zlar” majmuasi tashkil etadi. 30. Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling