Attestatsiya testlari


Matnni o‘qing va 38-40-savollarga javob bering


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

Matnni o‘qing va 38-40-savollarga javob bering. 
Ilm egallashga harakat qilish har bir mo‘min va mo‘mina uchun farzdir. Hadisi 
sharifda aytilishicha, bir soatgina ilm o‘rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik 
dars esa uch oy tutilgan nafl ro‘zadan afzaldir. Ilm doimo sening hamrohing bo‘lib, 
adashishingdan va qoqilishingdan saqlaydi. Ilm olish ko‘r-ko‘rona bo‘lmasligi kerak, duch 
kelgan narsani o‘rganaverish yaramaydi. Shu bilan birga, ilm olishga qancha erta harakat 
qilsang, shuncha ko‘p muvaffaqiyatga erishasan. Ajdodlarimizdan bir ulamo aytgan 
ekanlar: “Ilm o‘rgan, u sening yoshlik paytlaringda to‘g‘ri yurishingni ta’minlaydi. Katta 
bo‘lganingda buyuk shaxsga aylanishingda asosiy sababchi bo‘ladi”.
Har bir ilmning o‘z sharafi va ulug‘ligi bor. Xoh diniy, xoh dunyoviy ilm (kimyo, 
geografiya, hisob, tibbiyot va h.k.) bo‘lsin, hammasining o‘z o‘rni, o‘z ahamiyati bor. Barcha 
ilmlarni mukammal egallab olishning iloji yo‘q, shuning uchun ham eng kerakli, hayotda 
asqatadigan, e’tiqodga xizmat qiladigan ilmlarni o‘rganish ma’qul. 
38. Matn mazmunidan kelib chiqib “yurishingni” so‘zining ma’nosini aniqlang. 
A) kezmoq, sayohat qilmoq 
B) hayot kechirmoq, yashamoq 
C) qadamlab bir joydan ikkinchi joyga jilmoq 
D) borib kelmoq, qatnamoq 
39. Matnda ilm egallash ibodat qilishdan ortiq ekanligiga urg‘u berilgan. Ushbu 
ma’lumot… 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
40. Qaysi javobda ushbu matn mazmuniga mos keladigan gap berilgan? 
A) Ilm olish uchun kerakli mablag‘ni qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham, topa olish kerak, 
agar bu mablag‘ni topa olmasang, ilm olishga intilma. 
B) Ilm olish uchun, albatta, oq-qoraning farqiga boradigan yoshga yetish kerak, 
shundan keyingina ilmni egallashning payida bo‘lish kerak. 
C) Ilm o‘rgatuvchi o‘z ilmiga amal qilmasa ham, boshqalarga ilm o‘rgata olsa bas. 
D) Ilm olishga yoshlikdan harakat qilish kerak, chunki yoshlikda olingan ilm toshga 
o‘yilgan naqsh kabidir. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling