Attestatsiya testlari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

6-VARIANT 
1. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan 
yasama so‘zlar qatori berilgan? 
A) qaltiroq, so‘roq, bilak 
B) chiziq, to‘shak, chopiq 


C) tirnoq, chelak, qiliq 
D) bo‘yoq, ittifoq, qiziq 
2. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang.
1) dengiz; 2) jonga; 3) shtanga; 4) bordingiz; 5) yengildi; 6) osmonga. 
A) 1, 4, 5 
B) 1, 2, 3, 4, 6 
C) 2, 3, 5, 6 
D) 1, 2, 4, 5 
3. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so‘z mavjud emas? 
A) Bu fikrimizni sinfdoshlarimiz to‘liq tastiqlaydi. 
B) She’rni tarixiy va badiiy jihatdan sharhlashga urining. 
C) Cholning chapdas, chaqqon o‘g‘li bor ekan. 
D) Ko‘rganlar bunday holatdan, albatta, tajjublanardi.
4. Berilgan so‘zlardan nechtasida tutuq belgisi qo‘yilishi kerak? 
1) ma…shuqa; 2) e…tiroz; 3) ma…raka; 4) ta…ssurot; 5) iste..hzo; 6) iste…mol. 
A) 2 tasida 
B) 4 tasida
C) 5 tasida 
D) 3 tasida 
5. Qaysi javobda paronim bilan bog‘liq xatolik bor? 
A) Bu voqea barchaning boshini xam qildi. 
B) Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband sher. 
C) Doktorxona deganda uning ko‘z oldiga izvosh va oqpodshoning sur’ati solingan 25 
so‘mlik pul kelar edi. 
D) Nodon odamlar bilan suhbatdosh bo‘lgandan ko‘ra yolg‘iz o‘tirgan afzal. 
6. Yanglishmoq, xato qilmoq, aldamoq so‘zlari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra 
sinonim, ya’ni ma’nodosh so‘zlar hisoblanadi. Ushbu ma’lumot... 
A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri 
7. Qaysi gapda kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi qatnashgan? 
A) Bolalar, hammamiz hoziroq ustoznikiga jo‘naymiz. 
B) Shunda kimdir xonaga kirdi va darrov chiqib ketdi. 
C) Topshiriqlarni bajaramiz hamda sayohat qilib qaytamiz. 
D) Uka, bu gaplar kitobdagina bor, xolos. 
8. Berilgan so‘zlardan jo‘nalish kelishi shaklidagi ismlarga qo‘shilib kela oladigan 
vazifadosh ko‘makchilarni aniqlang. 
1) qarab; 2) so‘ng; 3) tashqari; 4) ko‘ra; 5) kabi; 6) singari; 7) qaramay. 
A) 1, 3, 4, 6 
B) 2, 4, 5, 6 
C) 1, 4, 7 
D) 1, 2, 5 
9. Qaysi gapda otli so‘z birikmasi mavjud emas? 
A) No‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltiradi. 


B) Ezgulik uchun kurashmoq umrga sayqal beradi. 
C) Mevasiz daraxt faqat o‘tinlikka yaraydi. 
D) Darhaqiqat, shoirning qalbi bu hislardan oziqlanadi. 
10. Shuni bilingki, hasharotlar chirindilar orasida qishlaydi. Ushbu gapda asosi 
ismlar guruhiga mansub nechta sodda yasama so‘z qatnashgan? 
A) 3 ta 
B) 4 ta
C) 2 ta
D) 1 ta 
11. Tog‘ etaklarida ko‘m-ko‘k maysalar uzra nafis gullar, turli xushbo‘y 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling