Attestatsiya testlari


Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi 
ma’lumot to‘g‘ri?
A) Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan.
B) Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.
C) Radifi qisqa radif sanaladi.
D) Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy bo‘lib kelgan. 
Matnni o‘qing va savollarga javob bering. 
Qadim zamonlardan beri odamlar olamda yetti mo‘jiza bor deb hisoblashadi. Bular 
Misr fir’avnlarining ehromlari, Bobilning osma bog‘i, ov xudosi Artemida ma’badi, 
Zevsning haykali, Galikarnas maqbarasi, quyosh xudosi Geliosning haykali va, nihoyat, 
nahri Nilda Faros orolidagi mayoqdir. Darhaqiqat, ular benihoya ulug‘vor, benihoya noyob 
va go‘zal. Ular yaratilgandan beri necha asrlar o‘tdi. Lekin yetti mo‘jiza inson aqlining, 
tafakkurining, qalbining otashin madhiyasi, inson dahosining ulug‘ligiga qo‘yilgan mangu 
obida bo‘lib kelmoqda. Biroq shunday bo‘lsa-da, olamda yana bir mo‘jiza borki, uning 


buyukligi, muqaddasligi yetti mo‘jizaning jamiki ulug‘vorligi, go‘zalligidan kam emas. XX 
asr odamining hayotiga u nondek, havodek, radiodek singib ketgan, shuning uchun uni 
qo‘lga olganimizda mo‘jiza bilan uchrashganday larzaga tushmaymiz, uning 
muqaddasligidan orziqib-entikib ketmaymiz, tilimiz lol bo‘lmaydi. Bu mo‘jiza – kitob. 
Kitobning mo‘jiza, mo‘jiza bo‘lganda ham birinchi mo‘jiza ekanini ko‘pgina buyuk 
odamlar qayd qilgan. „Kitob – bilim manbayi“, – degan edi Aleksey Maksimovich Gorkiy. 
„Kitob bizning jips sahifalarga joylashtirilgan ko‘p asrlik tajribamizdirki, u yer yuzidagi 
inson aqliga mangu hayot bag‘ishlaydi“, – deb yozadi Leonid Leonov. Mashhur Avstriya 
yozuvchisi Stefan Sveyg kitobning kashf qilinishini g‘ildirakning ixtiro qilinishi bilan 
baravar qo‘yadi. U ham kitob madhiga benihoya ehtirosli, jo‘shqin misralar bag‘ishlagan: 
„Kitob bor joyda odam o‘z-o‘zi bilan, o‘z saviyasining chor devoriga o‘ralib, ortiq yolg‘iz 
qololmaydi, balki u o‘tmishdagi va hozirgi jamiki hodisalarga oshno bo‘ladi, butun 
insoniyatning fikrlari va hislaridan bahramand bo‘ladi“. 
…Adabiyot inson kashf qilgan hamma mo‘jizalar, hamma buyuk ixtirolar ichida eng 
buyugi, eng ulug‘voridir. U – ajoyib buloq. U shunday buloqki, unda ko‘z yoshining 
musaffoligi, qizlar xandasining qo‘ng‘iroqdek ohangdor jarangi, kamalak nurlaridek rang-
barang tovlanish bor. Bu musaffo buloqdan to‘yib-to‘yib ichishga, ota-bobolarimiz, 
ajdodlarimiz bizga meros qoldirib ketgan asriy tashnalikni – ziyo, nur, fikr tashnaligini 
qondirishga shoshiling, odamlar! 
38. Kitob – bilim manbayi. Ushbu gapda nima sababdan tire tinish belgisi qo‘llanganligini 
aniqlang.
A) Ot kesim kesimlik qo‘shimchasisiz qo‘llanganligi uchun
B) Ot kesim sifat bilan ifodalanganligi uchun
C) Ot kesim ravish bilan ifodalanganligi uchun 
D) bu gapda tire xato qo‘llangan 
39. Mashhur Avstraliya yozuvchisi Stefan Sveyg kitobning kashf qilinishini g‘ildirakning 
ixtiro qilinishi bilan baravar qo‘yadi. Ushbu ma’lumot...
A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri 
40. Darhaqiqat, ular benihoya ulug‘vor, benihoya noyob va go‘zal. Ushbu gapning kesimi 
qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
A) ravish
B) ot
C) sifat
D) son 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling