Attestatsiya testlari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

15-VARIANT 
1. Qaysi gapdagi juft fe’lning ikkala qismining yetakchi morfemasi shakldoshlik 
xususiyatiga ega? 
A) Men ham shu ozod Vatan qo‘ynida undim-o‘sdim. 
B) Jamshid do‘stining hayhaylashiga qaramay, shartda ketdi-qoldi. 
C) Ana, hech narsa bo‘lmagandek ochilib-sochilib yurishibdi.
D) U soy yoqalab yotqizilgan omonat toshlardan sakrab-hakkalab yurishibdi.


2. Holatga taqlid so‘z hol vazifasida kelgan gapni toping. 
A) Chirs-chirs chaqmoq chaqar, temir shift dahshatli lopillar edi.
B) Hozir qulfni daranglatib ochadigan kalitlarni yasaydigan ustalar qolmagan. 
C) Jannat xola nima bo‘lganini bilolmay, suyanganicha dag‘-dag‘ titrab turardi. 
D) O‘rdaklar karvoni pastlab uchib, qorayib yotgan yerr ustida yana bir aylanadi-yu, 
g‘aqillab qumlik chetidan sokin shovullagan qamishlar ustiga sho‘ng‘ib ketadi. 
3. Unim (1) yo‘q, bunim yo‘q, 
Uyimda unim (2) yo‘q. 
Ishimda unum (3) yo‘q, 
Aytishga unim (4) yo‘q. Ushbu parchada raqamlar bilan ko‘rsatilgan so‘zlardan 
qaysilarining yetakchi morfemalari o‘zaro omonim so‘zlar hisoblanadi? 
A) 1, 2, 4 
B) 1, 3, 4 
C) 1, 2, 3, 4 
D) 2, 3, 4 
4. To‘tini o‘z ismini aytishga o‘rgatishadi. Ismini ko‘p qaytarishadi. Bir kuni, ehtimol, 
bexosdanmi yoki o‘z kayfiyatini bildirish uchunmi, u talab qilinayotgan so‘zni aytadi va 
shu ondayoq mukofotlanadi. Berilgan parchada ot turkumiga masnub so‘zlar soni 
necha o‘rinda qo‘llangan? 
A) 5
B) 6
C) 7
D) 8
5. So‘zning yumshog‘i g‘azabni so‘ndiradi, so‘zning qattig‘i esa odamni o‘ldiradi. 
Ushbu gapda tovush almashish hodisasi so‘zga qanday qo‘shimcha(lar) qo‘shilishi 
natijasida yuz bergan? 
1) so‘z yasovchi qo‘shimcha; 
2) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha; 
3) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha. 
A) 2, 3 
B) 1, 2 
C) 2 
D) 1, 3 
6. Sinfimizda barcha o‘quvchilar sport to‘garaklariga qatnashadilar. Ushbu 
gapda olmosh yasama bo‘lmagan shaxs otiga tobelanishi kuzatiladi. Ushbu ma’lumot… 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
7. Sabab holi ravishdosh bilan ifodalangan egasi yashiringan gapni aniqlang. 
A) Bolalarning hadeb xarxasha qilaverganidan toza qiynalib ketdim. 
B) Yigit nohaqligini tushunib, uyalib yerga qaradi. 
C) Soraxon mehmonlarni kutib olgani hovliga yugurib chiqdi. 
D) Otasining koyishidan qo‘rqib unga ko‘rinmaslikka harakat qildi.
8. Qaysi javobda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z qatnashgan bog‘langan qo‘shma gap 
berilgan?
A) U qora ayg‘irning chilvirini bolalarga tutqazdi-da, o‘zi dabdurustdan chollarning 
suhbatiga qo‘shildi.
B) Biz voqea sodir bo‘lgan joyga borishimiz va hammasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz 


lozim.
C) Bu savollardan shu malum bo‘ldiki, aybnoma uydirma emas ekan.
D) Bu hol surinkali davom etdi va bola serjahl bo‘lib qoldi. 
9. Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi. Ushbu gapda fe’ldan yasalagn sifat 
qatnashgan. Ushbu ma’lumot... 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
10. Qaysi javobda sifat turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
A) azm
B) xam
C) ahil
D) xiyla 
11. General stol yoniga kelib, tamaki qoldig‘ini kuldonga tashladi. Ajratib ko‘rsatilgan 
so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.
A) Qozon osilgan kulsiz o‘choqqa ko‘zi tushdi.
B) Xatni o‘qib, Abdurahmonovning kulcha : yuziga qon yugurdi.
C) Kulgi - misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib tashlaydi.
D) Uning raso bo‘y-basti, quralay ko‘zlari, o‘ng betidagi kulgichi ko‘z o‘ngimdan o‘tdi. 
12. Tarkibida sifat, ot va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Shoirning qalbi samimiy va beg‘ubor tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti 
gurkirab bo‘y cho‘zadi.
B) Endi uni harbiy mashq va ta’limning mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi 
do‘stlar kutmoqda edi.
C) Tal’at shimining cho‘ntagidan taroq olib, sochini tekislarkan, tag‘in jilmaydi.
D) Ertalabki choy ustida picha hangomalashgach hammamiz yo‘lga otlandik. 
13. Vositasiz to‘ldiruvchi yasama fe’l bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchiga tobelangan 
gapni aniqlang.
A) Radiodan taralayotgan kuy qalblarga orom bag‘ishlar edi. 
B) Bolalar ota-onani, ustozni hurmat qilishni bilishlari kerak.
C) Dangasaning non yeyishini ko‘r. 
D) Noni ta’riflashga har qanday so‘z ojizlik qiladi. 
14. Qaysi gapda -ar qo‘shimchasi bilan hosil qilingan orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan?
A) Kampirning ko‘zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir 
terisi oqardi.
B) Ey volida, duolaring sharofatidan Olloh o‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi!
C) Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.
D) O‘roq mahali o‘roqchilarga go‘ja, ayron olib chiqardik. 
15. Quruq gapning o‘zi hech qachon lo‘nda dalil bo‘la olmaydi. Ushbu gapda so‘roq 
olmoshi qatnashgan. Ushbu ma’lumot… 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
16. U o‘ziga hayratomuz tikila boshlagan Oqbo‘yinga boshini u yon-bu yon burib 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling