Attestatsiya testlari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovimoq, muhum, tushunmoq
- Senga mendan xabar bersalar
o‘chini olish uchun jangga otlanib, Sario‘zakda bo‘lgan omonsiz olishuvga yarador
bo‘ladi. Ushbu gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan qo‘shimchalar soni nechta? A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 20. Qaysi javobda uslubiy xoslangan yasama so‘zlar berilgan? A) tirjaymoq, turg‘izmoq B) tabassum qilmoq, kulmoq C) ming‘irlamoq, bayon etmoq D) yurgazmoq, so‘zlamoq 21. Qaysi javobdagi gaplarda qatnashgan ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirib bo‘ladi? 1) Sardor akasining qahramonliklarini faxr bilan gapirib berdi; 2) Salima va Dildora telefon orqali gaplashishdi; 3) Bu sovg‘alarni atayin onam uchun oldim; 4) Hunarmandchilikning sir-u asrorini chidam va matonat bilan o‘rganish kerak. A) 3, 4 В) 1, 2 С) 1, 4 D) 2, 3 22. Sovimoq, muhum, tushunmoq so‘zlarining barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 23. Darhaqiqat O‘zbekistonning qayeriga borsangiz darxon kenagas jaloyir bahrin nayman kabi joy nomlariga duch kelishingiz mumkin. Ushbu parchada necha o‘rinda vergul tushirib qoldirilgan? A) 4 B) 7 C) 6 D) 5 24. Xalq dostonlaridan birida o‘zga yurtga otlangan o‘g‘liga: «Kechsang yomon bo‘lar ota- onadan», «Oldingdan kim chiqsa, besalom o‘tma», «Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot!», - deya nasihatlar qilgan ota, Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dongdor polvon, nomi keltirilgan javobni aniqlang. A) Qoraxon («Kuntug‘mish») B) Boybo‘ri («Alpomish») C) Boysari («Alpomish») D) Hasanxon («Ravshan») 25. Qaysi shoir o‘z lirik asarlaridan iborat majmuasini yilning fasllariga qiyosan to‘rt kitob (devon) holida yaratib, umrning to‘rt davrini (faslini) yoshga mos tarzda taqsimlab chiqadi va har bir kitobni alohida-alohida nomlaydi? A) Ogahiy B) Bobur C) Alisher Navoiy D) Furqat 26. Qaysi javobdagi ma’lumot «Qutadg‘u bilig» asari haqida? A) Bu asar - o‘zbek nasrining o‘ziga xos kashfiyoti. Unda Amir Temurning Hindiston urushi tasviri tushirilgan Bog‘i Dilkusho haqida ham ma’lumot berilgan. B) Bu asarda, asosan, payg‘ambarlar hayoti hikoya qilinadi, undagi qissalarning bosh qahramonlari turlicha bo‘lsa-da, ularni bir zot - Muhammad alayhissalom siymosi o‘zaro birlashtirib turadi. C) Bu asarning 31-bobida shoir hukmdorlikka, beklikka loyiq shaxsda qanday insoniy fazilatlar bo‘lishi lozimligi masalasini atroflicha badiiy-axloqiy tadqiq va tahlil qiladi. D) Bu asarda yapaloqqush va boyo‘g‘lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo‘lib, 400 dan ortiq maqol va matallar keltirilgan. 27. Qaysi javobda Ogahiy asari ko‘rsatilgan? A) «Munshaot» B) «Gulshani davlat» C) «Gap ta’rifida» D) «Sab’at-u abhur» 28. Avaz O‘tar «Til» g‘azalida siz-u bizni til o‘rganishga, ayniqsa, «g‘ayri tilini bilishga sa’y qilish»ga, ya’ni chet tillarni o‘rganishga da’vat qiladi. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 29. O‘spirinligida qayerda go'riston bo‘lsa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini. ko‘rib: «Ey odamzod, oxir o'lib boshingga tushadurgon ish bu», - deb yig‘lab yurardi. O‘g‘illaridagi bunday ilohiy ishq sirlarini tushunmagan ota-onasi xavotir va tashvishga tushadilar. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor hayotiga oid? A) Mashrab B) Avaz О‘tar C) Muqimiy D) Furqat 30. Navoiy «Xamsa»sidagi qaysi doston qahramoni o‘z raqibiga qarata: «Bu bo‘lg‘ay dard-u ishq oyini, vah-vah?! Vafo-u mehr sharti, ollah-ollah?! Kishi ishqida zor olmoq bu bo‘lg‘ay?! G‘amidin beqaror o‘lmoq bu bo‘lg‘ay?!» - deya tanbeh beradi? A) «Sab’ai sayyor» B) «Saddi Iskandariy» C) «Hayrat ul-abror» D) «Farhod va Shirin» 31. «Mirzo Ulug‘bek» fojiasida qatnashmaydigan obraz berilgan javobni aniqlang. A) Ota Murod B) Sakkokiy C) Berdiyor D) Buqalamun 32. Qaysi adib Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida tug‘ilgan bo‘lib, uning oilasi asli Tataristondan kelgan? A) Shuhrat B) Odil Yoqubov C) Asqad Muxtor D) Said Ahmad 33. Qaysi javobda Odil Yoqubovning pyesalari berilgan? A) «Muzaffar Temur», «Chin muhabbat» B) «Dastlabki qadam», «Er boshiga ish tushsa» C) «Ko‘hnа dunyo»,«Adolat manzili» D) «Shohi so‘zana», «Ayajonlarim» 34. «Yulduzlar mangu yonadi» asarida butun umr davomida farzandsizlik azobidan qiynalgan, qo‘shni kelinning beshikdagi bolasini ovutib o‘tirganda onalik baxtidan bir lahza totinib dunyodan ko‘z yumgan Oymomo obrazi uchraydi. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 35. - Ishga kirganiga to‘rt oy bo‘ldi-yu, to‘rt yillik charchadi bolam! - dedi ona. - To‘rt yillik qaridi bolam! Bola tug‘ish, katta qilish osonmi? Ko‘cha-ko‘yda yurib, gapira berasizlar- da! « To‘rt oy endi bo‘ldi-ya!..» Og‘zingizning bir chekkasidan chiqadi!.. Yo‘q, aravakashligi qursin! Boshqa ishga beramiz... bo‘lmadi bu. «Kecha va kunduz» romanidan olingan ushbu parchada onasi tomonidan qayg‘urilayotgan aravakash obrazi nomi qaysi javobda berilgan? A) Hakimjon B) O‘lmasjon C) Zunnun D) Xolmat 36. Senga mendan xabar bersalar, Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling