Attestatsiya testlari
O‘zing ayt, Fuzuliy bitgan devonni
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
O‘zing ayt, Fuzuliy bitgan devonni,- Ushbu satrlar qaysi zamondosh shoirimiz
ijodiga tegishli? A.E.Vohidov B) A.Oripov C) H.Olimjon D) M.Yusuf 28. Xojaning “Maqsad ul-atvor” asari Jonibek Sultonga bag‘ishlab yozilgan asaridir. Ushbu ma’lumot… A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 29. “Navoiy” romanidagi “yoshligidan boshlab dunyodan etak silkib odamlardan uzoqda, vahshiy tosh maskanida ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladigan darvesh” obrazi qaysi qatorda berilgan? A) Bobo Zanjiy B) Bobo Xokiy C) Shohimardon pir D) Rajabbek eshon 30. “Xayol daryosi keng edi menda. O‘qtin-o‘qtin o‘zimcha mashq qilib, bitta yarimta she’r ham yozib qo‘yardim.” O‘z xotiralarida birinchi she’r yoza boshlaganini tasvirlagan ijodkor kim? A) Abdulla Oripov B) Oybek C) Odil Yoqubov D) Erkin Vohidov 31. Atoyining qaysi g‘azalida mashuqaning bog‘ ichidagi ariq bo‘yiga kelishi go‘yo jannat bog‘idagi Kavsar suvi yoniga hur-u parining kelishiga o‘xshatiladi? A) “Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o‘lturur” B) “Ey orazi shams-u qamarim,netti,ne bo’ldi?” C) “Jamoling vasfini qildim chamanda” D) “Sensiz bu jahonda ayshi alamdur menga, ey do‘st” 32. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi portret qaysi qahramonga tegishli? «...qoshi qora, zulfi bo‘yniga tushgan, kokili o‘ziga juda ham yarashgan, bodom qovoq, ko‘rganlar bo‘lur aftoda». A) Bibi Oyshaga B) Ravshanga C) Bibi Hilolga D) Zaydinoyga 33. «Saddi Iskandariy» dostonida «Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»gi hikoyatda quyidagi so‘zlar qaysi qahramon tilidan aytilgan? «Tajribam yo‘q edi, ey do‘stim! Suvda suzishni bilmaganim uchun g‘arq bo‘ldim. Qarigach, shunday kunlar boshimga tushajagini bilsam edim, yigitlik davrimni uvol qilib, behudaga o‘tkazmagan bo‘lar edim». A) g‘ofil yigitning amakisi tilidan B) tajribali keksa tilidan C) g‘ofil yigitning otasi tilidan D) yoshligi g‘ofillikda o‘tgan qariya tilidan 34. Mani farzandlarim to‘rt bo‘ldi-yu bas Mo‘minxo‘ja edi andak yomoni. Bibixon — rohati jonim anisim... Usmonxo‘jam — halim-u qobilimdur... Mani dardimg‘a qo‘shdi ming alamlar Vafot etkan qizim Ominaxoni.. . Ushbu misralar qaysi ijodkor masnaviysidan keltirilgan? A) Zavqiy B) Furqat C) Uvaysiy D) Anbar Otin 35. “Ijodkorning birinchi she’rlar to‘plami “Mitti yulduz” nomi bilan chop etilgan”. Ushbu ma’lumot “Samoviy mehmon va besh donishmand” asari muallifiga tegishli. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 36. “Voajabo! Unga ne bo‘ldi? Nechun titraydi? Nechun iztirob chekadi? Padari buzrukvor atalmish betavfiq shoh qatl bo‘lsa, shahzodaning gunohi ne? Uni qatl qilgan o‘z g‘animi Sayid Abbos emasmu? Kim unga dini islomga muvoqamat qilib, barcha ulamoyi zabardastlar, sayyidlar, barcha ummati, Mustafoni haqorat qil dedi?” Ushbu parchada qaysi asar qahramonining o‘y-fikrlari, iztiroblari, o‘z qilmishini oqlash uchun aytilgan so‘zlari aks etgan? A) "Yulduzli tunlar" romani (Pirimqul Qodirov) B) "Sohibqiron" dramasi (Abdulla Oripov) C) "Ulug‘bek xazinasi" romani (Odil Yoqubov) D) "Navoiy" romani (Oybek) 37. “Birovga aytma, jonivor, hay anavi qirda bir qiz bor, shu qiz mening ko‘nglim edi. Qiyomatli, oshnam ko‘nglimga chang soldi! Uh, ko‘rgilik! Men oshnamga ishonib edim, jonivor. U ishonchimni, oyoqosti qildi”. Jismonan qanchalik kuchli bo‘lmasin, or va nomusni har narsadan ustun qo‘yuvchi qahramonning xiyonat va judolik tufayli ko‘ngli qattiq ozor topgani ifoda etilgan ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) "Do‘nan” (Turob To‘la) B) "Yulduzlar mangu yonadi" (Tog‘ay Murod) C) "Ot egasi” (Shukur Xolmirzayev) D) “Dunyoning ishlari" (O‘tkir Hoshimov) Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling