2.
-lik qo‘shimchasi yordamida yasalgan so‘zlarni toping.
A) barcha javoblar to‘g‘ri
B) ayrilmaslik, tezlik
C) kulmaslik, to‘rtlik
D) qishlik, ko‘ylaklik
3. Iboraning noo‘rin qo‘llanishi qaysi gapda uchraydi?
A) Avvaliga bu ishga yuragi dovlamay kirishdi, keyinchalik ishning ancha hadisini oldi
va shu muvaffaqiyatlarga erishdi.
B) Tag‘in ham bu ayolning yuragi keng ekan, shuncha dardga uncha-muncha odam
bardosh berolmaydi.
C) Shundan keyin uzoq yashay olmadi, chunki bechoraning yuragi bu g‘amni ko‘tara
olmadi.
D) Bugun Zebixonning yuragiga qil sig‘maydi, hamma narsa, hamma odamga o‘z
quvonchini aytgisi, hamma bilan raqs tushgisi keladi.
4. Qaysi gapda vergul undalmani boshqa bo‘laklardan ajratish uchun qo‘yilgan?
A) Soy bo‘yidagi choyxonada, gavjum joyda, Azimjon uchradi.
B) Kimga pand-u nasihat qilsang, unga, avvalo, o‘zing amal qil.
C) Birozdan so‘ng Hasan aka, fizika o‘qituvchisi, kirib keldi.
D) Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o‘zbegim.
5. Qaysi javobda berilgan gapda imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan so‘z ishtirok etgan?
A) Ertalab o‘rningdan quvonch bilan tur, kechqurun kulgi bilan uxlashga yot.
B) Agar shu topshiriqni bajarmasa, obroi bir pul bo‘ladi.
C) Xalq seniki emas, sen xalqnikisan.
D) Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir.
6.
“Bir g‘uncha edingiz yel ham o‘pmagan, ifor taralardi sizdan muattar.” Ushbu
gapdagi hid bildiruvchi sifatning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) kesim
B) hol va aniqlovchi
C) aniqlovchi
D) hol
7.
Uhlamoq so‘zi sodda yasama fe’l hisoblanadi. Ushbu ma’lumot...
A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
8. Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan harakat nomlari qatnashgan?
A) Sidiqjon borishni ham, qaytishni ham bilmay qoldi.
B) Sherzod uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi.
C) Eh,qizaloq, bilmaysan-da, o‘qishning foydasi ko‘p!
D) Bu xalqni yaxshiroq bilmoq uchun uning urf-odatlari bilan tanishdim.
9.
Odobli va adolat… inson qo‘lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib
Do'stlaringiz bilan baham: