Attestatsiya testlari


boyligi, yeri va asbobi kundan kun qo‘lidan ketgandek, axloq va obro‘yi ham


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

boyligi, yeri va asbobi kundan kun qo‘lidan ketgandek, axloq va obro‘yi ham 
qo‘ldan chiqar, hatto dini ham zaif bo‘lur. Buning uchun biz musulmonlarni 
o‘qutmoqqa sa’y qilmog‘imiz lozimdur. Vaholanki, dini sharifimiz har nav 
naflik ilm o‘qumoqni beshikdan mozorgacha bizlarga farz qilgandir. Bu hukm 
– hukmi shariatdir. Biz musulmonlarga, alalxusus, bu zamonda ikki sinf 
ulamo kerakdur: biri – olimi diniy; ikkinchisi – olimi zamoniy. Ziyoli tomonidan 
o‘z millatining holi haqidagi fikrlari keltirilgan jumlalar qaysi asardan olingan? 
A) "O‘tkan kunlar" (Abdulla Qodiriy) 
B) "Kecha va kunduz" (Cho‘lpon)
C) "Abulfayzxon" (Abdurauf Fitrat) 
D) "Padarkush" (Mahmudxo‘ja Behbudiy) 
29. Qaysi asarda adabiy qahramon: “Ayol kishining har zamonda yig‘lab turgani yaxshi... 
Yengil tortadi. Erkakning yo‘rig‘i boshqa – uyat bo‘ladi. Mana, men, sira 
yig‘lamaganman... Lekin uyat bo‘lmaganda yig‘lardim”, - deya o‘zbek kishisining har 
qanday vaziyatda ham o‘z chidam-bardoshi, hamiyati va oriyatini saqlay olishini, 
ammo ichida kuchli og‘riq, iztirob, yig‘i borligini ham izhor etadi? 
A) “Ikki eshik orasi” (O‘tkir Hoshimov) 
B) “Temir xotin” (Sharof Boshbekov) 
C) “Sobiq” (Said Ahmad) 
D) “Ot egasi” (Shukur Xolmirzayev) 
30. Qaysi javobda “Alpomish” dostoni voqealari bayoni noto‘g‘ri berilgan? 
A) Barchin sovchilikka kelgan Qalmoq yurtining alplaridan birini, ya’ni Ko‘kamanni 
bir qo‘li bilan belbog‘idan tutib ko‘tarib, chalqaramon qilib yerga qo‘yadi. 
B) Alpomish poygada Qorajon minib ketayotgan Boychiborni uzoqdan ko‘rib tanimaydi 
va hushidan ketib yiqiladi. 
C) Boybo‘ri Qalmoq yurtidan kelgan, ya’ni Barchin yuborgan choparlarni izzat-
hurmatini joyiga qo‘yib rosa ziyofat qiladi, ammo Barchinning xatini Alpomishga 
ko‘rsatmasdan sandiqqa solib yashirib qo‘yadi. 


D) Boybo‘ri o‘g‘lining Qalmoq yurtiga borish uchun unga ot berishini yilqiboqar 
Qultoyga tayinlab qo‘ygan bo‘lsa ham, ammo yilqiboqar Alpomishga ot bermaydi. 
31. Qaysi javobda Xoja haqida ma’lumot berilgan? 
A) Adibning “Maqsad ul-atvor” dostoni Jonibek Sulton nomiga bitilgan bo‘lib, Nizomiy 
Ganjaviy “Xamsa” sining birinchi dostoni “Maxzan ul-asror” ga nazira shaklida 
yozilgan. 
B) Adibning “Ilmi ash’orning qoidayi avzoni” asari ilmiy asar bo‘lib unda aruz vazni 
qoidalari bayon etilgan. 
C) Adib Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, 
Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho” asarlarini tarjima qilgan. 
D) Ijodkorning “Qarolar falsafasi” asarida ijtimoiy adolatning jamiyat hayotidagi o‘rni 
o‘ziga xos tarzda talqin qilingan. 
32. Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir. 
Kelganda ham qiyomat oxir, 
Mehr qolur, muhabbat qolur. Xalq dostonlaridan biri bo‘lgan “Tohir va Zuhra” dostoni 
voqealariga ishora qilingan ushbu satrlar Abdulla Oripov qalamiga mansub. Ushbu 
ma’lumot... 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
33. Musa Jalilning “Bayrog‘imga qon bilan yozgan ontim undar olg‘a borishga!” kabi 
misralari o‘rin olgan, og‘ir jangda qattiq yaralanmasin, dushman qurshovini yorib 
chiqishga urinayotgan, tanasidan mador ketib borayotganiga qaramay ruhi taslim 
bo‘lishni istamayotgan jangchining kechinmalari ifoda etilgan she’ri qaysi javobda 
berilgan? 
A) “Ishonma” 
B) “Bu – men tug‘ilgan tuproq” 
C) “Kechir, yurtim” 
D) “Qushcha” 
34. Gahi topdim falakdin notavonlig‘,
Gahi ko‘rdim zamondin komronlig‘, 
Base issig1, sovug‘ ko‘rdum zamonda, 
Base achchig‘, chuchuk totdim jahonda.Ushbu misralar muallifini aniqlang. 
A) Furqat
B) Ogahiy 
C) Navoiy
D) Bobur 
35. Qaysi javobda Abdulla Qahhorning faqat hikoyalari berilgan? 
A) «Sinchalak», «Dahshat» 
B) «Og‘riq tishlar», «Shohi so‘zana» 
C) «Sarob», «Ayajonlarim» 
D) «Bemor», «O‘g‘ri» 
36. Abayning inson hayotida muhim o‘rin tutadigan aql, ilm-ziyo, insof va adolat, yaxshi 
xulq, muomala madaniyati, din, e’tiqod, davlatni idora qilish, xalqlar, elatlarning ahil, 
do‘stona munosabatda bo‘lishlari haqida mulohaza yuritgan nasriy asari qaysi javobda 
ko‘rsatilgan? 
A) «Naqliya so‘zlar» 
B) «Boy bolasi bilan kambag‘al bolasi» 


C) «Iskandar» 
D) «Ilm o‘rgan» 
37. Qaysi javobdagi ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Radif bir yoki bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. 
B) Mumtoz she’riyatda faqat cho‘ziq va qisqa unlilar raviy bo‘lib kela oladi, undosh 
tovushlar raviy bo‘lib kela olmaydi. 
C) She’riy janrlarda bir band doirasida ahamiyati jihatidan bir-biridan farq qiluvchi 
ikki xil - ichki va asosiy radif ishlatilishi mumkin. 
D) Mumtoz she’r ilmiga ko‘ra odatda raviy so‘zning asosida (o‘zagida) bo‘lishi talab 
etilgan. Ba’zan bu talabdan chetga chiqish kuzatiladi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling