Attestatsiya testlari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatsevar, vafodor insonlar odamlarning ko‘rki, ishyoqmaslar esa
23-VARIANT
SINOV TEST 1. Quyida berilgan qaysi so‘zlarda yasalish bir so‘z turkum doirasida kuzatiladi? 1) noumid; 2) noma’lum; 3) noto‘g‘ri; 4) nomunosib; 5) noinsof; 6) nomard; 7) noo‘rin. A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 4, 5, 7 C) 1, 2, 3, 6 D) 1, 5, 7 2. Tortinchoq, qora ko‘zlari hamisha mungli boqadigan qizini Amir Temur juda ham e’zozlar, har kuni holidan xabar olardi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Yasama sifat ega vazifasida kelgan. B) Sodda yasama fe’l kesim vazifasida kelgan. C) Yasama sifatlar kesim vazifasida kelgan. D) Sodda yasama fe’l aniqlovchi vazifasida kelgan. 3. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf va shonini saqlaydi. B) Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish uchun uyga chopdim. C) Qayerga intizom va hamjihatlik bo‘lsa, o‘sha yerda ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. D) Imoratning o‘pirilib tushgan joylari siniq pishiq g‘isht bilan tiklangan edi. 4. Kichikka ulug‘lik ulug‘dan kelar, UIug‘ga egilsa, kichik qut olar. Ushbu parcha haqidagi qaysi fikrlar to‘g‘ri emas? 1) vositali to‘ldiruvchilar sifatlar bilan ifodalangan; 2) ot bilan ifodalangan ega qatnashgan; 3) otlashgan so‘z bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan; 4) sifat bilan ifodalangan gap bo‘laklari ushbu gapdagi so‘z birikmalarida hokim qism vazifasini bajargan. A) 3, 4 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 1, 4 5. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan otli birikmalarni aniqlang. A) daraxtning ko‘zi, bolaning tishi B) iliq tabassum, alangali salom C) shirin gapirmoq, mayin kuylamoq D) qarzini uzmoq, diqqatini bo‘lmoq 6. Qaysi javobda tarkibida jarangsiz til oldi undosh(lar)i ishtirok etgan yasama narsa otlari berilgan? A) yurtdosh, tilshunos, quroldosh B) qisqich, taroq, o‘chirg‘ich C) guldon, elak, kiyim D) go‘sht, pichoq, qoshiq 7. Bir qiz dastirxonga ikkita non va mayiz olib kelib qo‘ydi, chol mexmonlarga tabasum bilan choy uzatar ekan, ularning yuzidagi homushlikni ham ilg‘ab oldi. Ushbu gapda qaysi turkum(lar)ga oid so‘zlar imloviy jihatdan xato yozilgan? A) ot B) ot, sifat, ravish C) ot va sifat D) ot va fe’l 8. Hukmdor tortinchoq qora ko‘zlari hamisha mungli boqadigan qizini juda e’zozlar, doim holidan xabar olardi. Ushbu gapda sodda yasama so‘zlar soni nechta? A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 3 ta 9. O‘zaro zid ma’noli so‘zlar juftligini aniqlang. A) moziy - o‘tmish B) mushkul - dushvor C) uquvsiz - noshud D) boy - kambag‘al 10. Qaysi javobda shaxs ma’nosini bildirgan turdosh otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog‘ ortiga jo'nadi. B) O‘lmasning onasi uyda o‘tiradi, do‘ppi tikadi, qizlari ham unga qarashadigan bo‘lib qolgan. C) Qo‘shiq aytganim faqat otamga yoqqan emish: "Qo‘shiq aytolsa, demak, cho‘ponlikka yaraydi", - debdi u cho‘lig‘iga. D) Otasi Qo‘qonning Madalixon madrasasida bir necha yillar mudarris lavozimida ishlagan. 11. Bolalarning xatosi ko‘p bo‘ladi, ammo ularni to‘g‘ri yo‘lga solish ota-onalarning va ustozlarning vazifasidir. Ushbu gapda so‘z qo‘shilmasi mavjud. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 12. Qaysi javobdagi birliklarning barchasi teng bog‘lovchi vazifasida kela oladi? A) -u, xuddi, hamda, agar B) -yu, chunki, bilan, na . . . na C) -ku, ammo, toki, yo .. . yo D) -da, balki, ham, bilan 13. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so‘z mavjud? A) Ehtimol, endi u sochlarini yulib faryod chekayotgandir. B) She’r otasini xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. C) Shu tufayli o‘z nasibasini bizga inom etmoqchi bo‘lgan edi. D) Mayli, hamma olqish, hamma boyliklar o‘sha madhiyabozlarga buyursin! 14. Qaysi javobda o‘zaro bir xil shaklga ega bo‘lgan ikki xil kelishik shakli qo‘llangan? A) Berilgan ko‘rsatmaga amal qilish talab qilinadi. Buni zinhor birovga ko‘rsatmang, uka. B) Birin otin Zaynab qo‘yding-ku, Birin otin Kumush atading. C) Gul atrin, bog‘ iforin sog‘inaman men, Yor qadrin, ishq dardin sog‘inaman men... D) Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘Imas ado oning haqin yuz ganj ila. 15. Mehnatsevar, vafodor insonlar odamlarning ko‘rki, ishyoqmaslar esa Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling