Attestatsiya testlari
kuni, ehtimol, bexosdanmi yoki o‘z kayfiyatini bildirish uchunmi, u talab
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
kuni, ehtimol, bexosdanmi yoki o‘z kayfiyatini bildirish uchunmi, u talab
qilinayotgan so‘zni aytib yuboradi va shu ondayoq mukofot oladi. Ushbu gapda fe’l nisbatlarining 4 ta turi qatnashgan. Ushbu ma’lumot… A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 5. Omonimik xususiyatiga ega so‘zlar kompozitsiyasidan hosil bo‘lgan qo‘shma otlarni belgilang. 1) otquloq; 2) qo‘ymijoz; 3) qovoqari; 4) oshqovoq; 5) qirqquloq; 6) surbet. A) 2, 4, 5 В) 1, 4, 5, 6 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4 6. Berilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Ajratilgan bo‘lak yozuvda vergul, tire va ba’zan ikki nuqta bilan ajratiladi. B) Ajratilgan izohlovchilar, asosan, izohlanmishdan keyin keladi. C) Ajratilgan izohlovchilar, ko‘pincha, aniqlovchiga taalluqli bo‘ladi. D) Ajratilgan bo‘lak yozuvda vergul, tire va ba’zan qo‘shtirnoq bilan ajratiladi. 7. Bizda ota-ona o‘g‘il-qizini voyaga yetkazadi, yelib-yugurib ularni oilali qiladi, bir umr bola-chaqasi uchun umri o‘tganini bilmay qoladi. Ushbu gapdagi juft so‘zlarning sintaktik vazifasini aniqlang. A) ega, vositali to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol B) ega, vositasiz to‘ldiruvchi, vositasiz to‘ldiruvchi C) ega, vositasiz to‘ldiruvchi, hol, hol D) ega, vositasiz to‘ldiruvchi, hol, vositali to‘ldiruvchi 8. Yosh-qari, erkak-ayol aralash-quralash bo‘lib ko‘cha boshida to‘planishdi. Ushbu gapning kesimi 4 ta morfemadan iborat. Ushbu ma’lumot… A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 9. O‘zing boshla maydonga, boshla, To‘maris! Qolsin bizdan tarixda shonli porloq iz – Qo‘li bog‘liq yashashdan o‘lim a’lodir, Bosqinchi yov o‘limga mahkum balodir. (Shuhrat) Ushbu she’riy parchada yasama so‘zlar necha o‘rinda qatnashgan? A) 7 B) 8 C) 10 D) 9 10. O‘tdi yoshlik zavq bilan, gohi to‘polon bilan, Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan, Ayri ham tushdim ba’zan qalb bilan, imon bilan, Lekin seni yo‘qotdim, birinchi muhabbatim. Ushbu she’riy parchadagi yasama so‘z(lar) quyidagi qaysi bo‘lak(lar) ga nisbatan hokim bo‘lak hisoblanadi? 1) ega; 2) to‘ldiruvchi; 3) hol; 4) aniqlovchi. A) 3, 4 B) 3 C) 2 D) 1, 2 11. Tarkibida otlashgan so‘z ishtirok etmagan qatorni aniqlang. A) Kattaga - hurmat, kichikka - izzat. B) Yaxshilik nur keltirar, yomonlik zulmat. C) Yomonni tanqid qil, yaxshiga taqlid qil. D) Ko‘p bilgan oz so‘zlar, oz so‘zlasa ham soz so‘zlar. 12. Berilgan ergash gapli qo‘shma gapning har ikkala qismida ega ishtirok etgan javobni aniqlang. A) Maktab deb qurdik bino, hammа ilm olsin deb. B) Bug‘doy ekkan bug‘doy, arpa ekkan arpa o‘radi. C) Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. D) Barcha javoblar to‘g‘ri. 13. 1) tunamoq; 2) asabiylashtirmoq; 3) umumiylikda; 4) shildiroq; 5) yasovchi. Qaysi so‘zlarda so‘zga yangi ma’no beruvchi ikkita qo‘shimcha ishtirok etgan? A) 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 1, 4, 5 D) 2, 4, 5 14. Nihoyat, shakli dutorga o‘xshagan bir nima yasadi. Keyin unga ot qilidan tor tortdi va barmoqlari bilan asta chertib ko‘rdi. Yana chertdi... Yana... Shu kuni ohang tug‘ildi. Bola uchun yangi, ohangli bir olam paydo bo‘ldi. Ushbu parchada qo‘llangan ot turkumiga mansub so‘zlar soni 9 ta. A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 15. Quyidagi gaplardan qaysilarida fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z yasovchi morfema qatnashgan? 1) Shirin yolg‘ondan achchiq haqiqat yaxshi. 2) Butun xalqning istagi shu - tinchlik. 3) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. 4) Hayajonlanganimdan tanamning og‘rig‘ini ham sezmabman. A) 2, 3, 4 В) 1, 3, 4 С) 1, 2 D) 1, 2, 3, 4 16. Usta cho‘g‘day temirni toblab-toblab olar edi. Ushbu gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling