Attestatsiya testlari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- B vitamin yetishmasa, bo‘yi va sochlari yaxshi o‘smaydi
uslubiy xatolik mavjud. Ushbu ma’lumot…
A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 17. Qaysi bog‘lovchilar ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi? A) ham, na...na, bilan, -u(-yu), -da B) -u(-yu), -da, balki, na...na C) basharti, agar, chunki, -ki, negaki D) mabodo, na...na, bilan, balki, hamda 18. Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, ularning mehr- muhabbati borgan sari rivoj topadi. Ushbu gapdagi yasama so zlar haqidagi qaysi hukmlar to‘g‘ri emas? 1) 4 o‘rinda yasama so‘z qo‘llangan; 2) yasama so‘zlar ot, sifat, fe’l turkumlariga mansub; 3) 2 o‘rinda otdan sifat yasalgan; 4) yasama so‘zlar aniqlovchi, ega, hol, kesim vazifalarida kelgan. A)1, 4 B)1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4 D)2, 3 19. Qaysi gapda ikki xil gap bo‘lagi fonetik o‘zgarishga uchragan? A) Jamiyatning eng kichik negizi bo‘lgan oila boshlig‘ining zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilgan. B) Yaxshi niyat seni haqiqatga boshlaydigan muhim dastur ekanligini bilishingni istayman. C) Quruq nasihat o‘z nafsini yengolmagan ojiz kishiga kor qilmaydi. D) Hayotda pokiza yashashni istaganlar o‘tganlardan ibrat olishi, bunday yomon yo‘llardan saqlanishi lozim. 20. Tarkibida fe’ldan yasalgan so‘zning turlangan so‘zga tobe bo‘lib kelishi kuzatiladigan gapni aniqlang. A) Donishmandlar yalqovlik muhtojlik eshigi ekanligini uqtirganlar. B) Tog‘ etaklari hali ham ko‘m- ko‘k bo‘lib, turli go‘zalliklar bilan: sariq va qizg‘ish tusdagi boychechaklar, chuchmomalar, qoshlariga qop-qora o‘sma qo‘ygan lolalar bilan yasangan edi. C) Bugungi kunda milliy g‘urur tuyg‘usi haqida ko‘p gapiriladi. D) Karvondagi dunyo kezgan savdogarlarning vazmin, maroqli gurunglari yo‘l tanobini tortar, huvullagan, fayzsiz cho'lning o‘lik manzarasiga bir qadar jonlanish bag‘ishlagandek bo‘lar edi. 21. Qaysi gapda ham qo‘shma fe’l, ham ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ishtirok etgan? A) Illatga ko‘nikish qabohatga olib keladi. B) Qish uzoq davom etganligi uchun bahorning birinchi chechaklari ham ko‘z ochishga chog‘lanmay turibdi. C) Xaridorlar chumoliday g'imirlashib kirib-chiqib turishardi. D) Vatan oldidagi, o‘tganlar ruhi oldidagi burchingizni yana bir bor eslatib o‘tdi. 22. Qiynalib yurayotgan bola og‘ir xo‘rsinib kuzatib turganlarga birma-bir qarab chiqdi. Tarkibida undoshlari hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir umumiy guruhga mansub bolgan bo‘lak(lar) qaysi gap bo’lagi vazifasini bajargan? A)1 o‘rinda hol, 1 o‘rinda to‘ldiruvchi B)1 o‘rinda hol C)1 o‘rinda aniqlovchi, 1 o‘rinda hol D)1 o‘rinda aniqlovchi, 2 o‘rinda hol, 1 o‘rinda to‘ldiruvchi 23. Bu qasidam senga, xalqim, Oq sut-u tuz hurmati. Erkin og‘lingman, qabul et, O‘zbegim, jon o‘zbegim. Ushbu parchadagi ot kesimlar soni 2 ta. Ushbu ma’lumot… A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 24. “Kuntug‘mish” dostonida Kuntug‘mish kimning qiyofasida Xolbekaning oldiga boradi? A) bazzoz qiyofasida B) qul qiyofasida C) xizmatkor qiyofasida D) shahzoda qiyofasida 25. Muhammad Yusufning “Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor...” she’rida “Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor” deya kimlarning nomini keltirib o‘tgan? A) Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosir, G‘afur G‘ulom B) Qodiriy, Cho‘lpon, Akmal Ikromov, Fayzullo C) Cho‘lpon, Behbudiy, Fitrat, Qodiriy D) Usmon Nosir, Akmal Ikromov, Elbek, Behbudiy 26. Zamonaviy romanlar qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Oybek “Quyosh qoraymas”, Shuhrat “Shinelli yillar” B) A.Qodiriy “O‘tkan kunlar”, O.Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi” C) M. Ismoiliy “Farg‘ona tong otguncha”, H.G‘ulom “Mash’al” D) O.Yoqubov “Diyonat”, P.Qodirov “Olmos kamar” 27. «Men ko‘p umrimni shu yurtning tinchligi va fuqaroning asoyishi uchun sarf qilib, o‘zimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim» Ushbu keltirilgan nutq qaysi qahramonga tegishli? A) “Ulug‘bek xazinasi” romanida Mirzo Ulug'bekka B) «Sohibqiron» dramasida Amir Temurga C) «Abulfayzxon» dramasida Abulfayzxonga D) «O‘tkan kunlar» romanida Yusufbek hojiga 28. Sirli ishlarga uquvi yo‘q qahramon kim? A) Hoshimjon («Sariq devni minib» romani) B) Tursunboy («Ufq» romani) C) Anvar (“Mehrobdan chayon” romani) D) Ali Qushchi (“Ulug‘bek xazinasi” romani) 29. Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” sherida Qo‘qon bozor ahllaridan qancha kishi hajv ostiga olingan va bu satira qaysi maydondagi baland terakka ilib qo'yilgan? A) 64 ta; Qo‘qon B)189 ta; Marg‘ilon C) 46 ta; Mo‘ymarak D)18 ta; Xo‘jand 30. To‘ra Sulaymonning birinchi kitobi «Istar ko‘ngil» nomi bilan bosmadan chiqqan. Ushbu ma’lumot… A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 31. Bir oyda ham eridan, ham o‘g‘lidan «qoraxat» olgan ayol qaysi asarda uchraydi? A) «Qiyomat qarz» qissasi, Zebi B) «Dunyoning ishlari» qissasi, Zebi C) «Kecha va kunduz» romani, Zebi D) «Ufq» romani, Zebi 32. Abayning «Nasihatlar» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan «Naqliya so‘zlar» asarini o‘zbekchaga kim tarjima qilgan? A) Turob To‘la B) Nosir Fozilov C) Mirtemir D) Mirkarim Osim 33. Hamid Olimjonning hikoyalar to'plami nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) “Ikki muhabbat” B) «Daryo kechasi» C) «Tong shabadasi» D) «Ikki qizning hikoyasi» 34. Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” g‘azali maqta’sida “Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi” misralari qanday ma’noni anglatadi? A) Lutfiyningyuzi oltin rangida sarg‘aydi B) Lutfiyning yuzi oltin kabi yashnadi C) Lutfiyning yuzi shu darajada sargaydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo'lmay qoldi D) Lutfiyningyuzi tillo kabi tusga kirdi 35. Hamid Olimjonga tegishli bo‘lmagan ma’lumotni aniqlang. A) Uning «Muqаnnа» nоmli tаriхiy, «Jinоyat» dеb nоmlаngаn zаmоnаviy mаvzudаgi shе’riy drаmаlаri bоr. B) 1937-yildа «Oygul bilаn Bахtiyor» nоmli mаshhur dоstоnini yarаtdi. C) Lermontovning «Maskarad» asarini, Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. D) Uning «Ko‘klаm» nоmli birinchi shе’rlаr to‘plаmi 1929-yildа o‘quvchilаr qo‘liga yetib bordi. 36. Abdulla Oripovning birinchi she’rlar to‘plami “Mitti yulduz” nomi bilan chop etilgan. Ushbu ma’lumot... A) To‘g‘ri B) Noto‘g‘ri 37. “Alisherning bolaligi” qissasi muallifiga tegishli ma’lumotni aniqlang. A) Uning ilk to‘plami 1961-yilda «Tong nafasi» nomi bilan chop etilgan edi. B) Uning «Yangi аriq» nоmli dаstlаbki qissаsi 1925-yildа yarаtilgаn bo‘lsа-dа, sho‘rо hukumаti uning o‘z vаqtidа e’lоn qilinishigа yo‘l qo‘ymаgаn. C) 1928-yilda uning «Shu’lаlаr qo‘ynidа» nоmli ilk shе’riy to‘plаmi nаshr еtilаdi. D) Uning dаstlаbki to‘plаmi «Тuyg‘ulаr» nоmi bilаn 1926-yildа chоp etildi. 38. VITAMINLAR mavzusidagi ushbu matnning 1- va 2-qismlarida ro‘y bergan xatoliklar turi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A)1 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 2 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik B)1 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik C) 1 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 2 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik D)1 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik 39. B vitamin yetishmasa, bo‘yi va sochlari yaxshi o‘smaydi. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 40. Vitaminlar haqidagi matn va diagrammada aks etgan ma’lumotlarga asoslangan holda mazmunan xato shakllantirilgan gapni aniqlang. A) Tahlil natijasida Anvarjonning salomatligida raxit kasalligiga moyillik borligi aniqlangan. B) Tahlil natijasida Davronbekning ko‘rish qobiliyatida yoki bo‘yi va sochlarining o‘sishi bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan. C) Tahlil natijasida Qobiljonning salomatligida Anvarjon singari raxit kasalligiga moyillik borligi aniqlangan. D) Tahlil natijasida Sobirjon iste’mol qilishi lozim bo‘lgan oziq-ovqatlar tarkibida limon, piyoz, na’matak kabi mahsulotlarni ko‘paytirishga ehtiyoj borligi ma’lum bo‘lgan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling