Attestatsiya testlari


vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor. Ushbu ma’lumot… 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
19. Izohlovchi bilan kengaygan yoyiq undalma qatnashgan gapni aniqlang.
A) Tura qoling, adasining erkatoyi, kun yorishib ketdi.
B) Usta Farfi, bormisiz, sizni kutaverib ko‘zim to‘rt bo‘lib ketdi?!
C) Men senga ko‘ksimni tutay, dardlarimni yuvib ket, yomg‘ir!
D) Hoy Jalil, nega bular radioni gapirtira biladi-yu, sen bilmaysan? 
20. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi, kesim qolipiga 
to‘liq mos keladigan gapni aniqlang. 
A) Adabiyot o‘qituvchisi roman haqida zavq bilan gapira boshladi.
B) Sodiqning fe’l-atvori menga yoqa boshladi.
C) Chaqmoqning yalt-yultidan bola juda qo‘rqdi.
D) Besh-olti keksa yig‘ilib to‘y haqida maslahat qilishdi. 
21. Poyezd oraliq bekatda to‘xtaganda u tamburga chiqib muzday shamolga 
yuzini tutdi. Ushbu gapda hokim qismga boshqaruv usulida bog‘langan so‘zda 
paronim bilan bog‘liq xatolik bor. Ushbu ma’lumot… 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri
22. Aqlli kishi sabr etar har nafas deydi Sa’diy Sheroziy
Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda 


tartib bilan to‘g‘ri va to‘liq berilgan?
A) «, –, – ».
B) « », – . 
C) : « , » , – . 
D) « , » – . 
23. Qaysi javobdagi ma’lumot «Kuntug‘mish» dostoni qahramoni Kuntug‘mish haqida?
A) U dinini o‘zgartirish haqidagi amaldorlarning taklifini rad etib, o‘z dinidan, 
e’tiqodidan kechmasligini aytadi.
B) U o‘zga yurtga yolg‘iz o‘zi otlanadi. Yoshligi, soddaligi tufayli osongina bandi etilib, 
zindonga tashlanadi.
C) U o‘lib ketgan olti o‘g‘li o‘tida kuyib yurgan kampirga o‘g‘il tutinadi. Kampir uni 
«o‘lsam merosxo‘rim» deya e’zozlaydi.
D) U o‘n to‘rt yoshga to‘lguncha ilm-hunar o‘rganadi. O‘n to‘rt yoshdan keyin esa 
qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, ko‘pkari chopish kabi sipohlik hunarlarini 
o‘rganadi. 
24. Bek To‘qbug‘a qaysi adibdan «o‘qimoqg‘a keraklik, o‘rganmakka yarog‘liq» 
payg‘ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishni so‘ragan edi?
A) Rabg‘uziydan
B) Yassaviydan
C) Yusuf Xos Hojibdan
D) Ismoil al-Buxoriydan 
25. Qaysi javobda Nizomiy Ganjaviyning Shoh Iskandar haqida yozilgan dostoni nomi 
berilgan?
A) «Oyinayi Iskandariy»
B) «Saddi Iskandariy»
C) «Xiradnomayi Iskandariy»
D) «Iskandarnoma» 
26. «Isrof qilish saxiylik emas; o'rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol 
molni kuydirganni devona deydilar; yorug‘ joy da sham yoqqanni aqldan begona 
deydilar». Ushbu ibratli fikrlar Abayga tegishli. Ushbu ma’lumot… 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
27. Qaysi ma’lumot Abdurauf Fitrat haqida emas?
A) Ijodkor Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy jamiyatni 
tashkil etgan.
B) Ijodkor hozirgi Sankt-Peterburg universitetining Sharq fakultetida ma’ruzalar 
o‘qigan, professorlik unvoniga ega bo‘lgan.
C) Zamondoshlarining eslashlaricha, ijodkor qo‘shiqni o‘rniga qo‘yib kuylagan, ko‘plab 
milliy va Ovro‘pa musiqa asboblarini mahorat bilan chala olgan, o‘zi yozgan qator 
pyesalarga rejissorlik qilgan, ularda asosiy rollarni o‘ynagan.
D) Ijodkor ko‘hna ilm-fan markazlaridan bo‘lmish Buxoro shahrida tavallud topgan. 
Uning otasi zamonasining o‘ziga to‘q, o‘qimishli, dunyo ko‘rgan kishilaridan edi. 
28. Qaysi adib Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida tug‘ilgan bo‘lib, uning oilasi asli 
Tataristondan kelgan?


A) Shuhrat
B) Odil Yoqubov
C) Asqad Muxtor
D) Said Ahmad 
29. Qaysi ma’lumot Odil Yoqubov haqida emas?
A) Ijodkor ma’lum muddat Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining 
vitse-prezidenti vazifasini ham ado etgan.
B) Ijodkorniing dastlabki yirik asari «Tengdoshlar» qissasidir.
C) Ijodkor Mo‘g‘ilistonning cheksiz Gobi cho‘lini piyoda bosib o‘tib, Yaponiyaga qarshi 
olib borilgan urushda ishtirok etgan.
D) Ijodkorning birinchi marta respublika matbuotida «Xatingni kutaman» nomli asari 
bosilib chiqqan. 
30. Qaysi javobda Erkin Vohidovning dostonlari berilgan?
A) «Orzu chashmasi», «Quyosh maskani»
B) «Tong nafasi», «Istanbul fojiasi»
C) «Quyosh qoraymas», «Ruhlar isyoni»
D) «Nido», «Jannatga yo‘l» 
31. «Sariq devni minib» romanida Hoshimjon biroz ishlab pul topish uchun uyini 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling