Attestatsiya testlari


Matnni o‘qing va savollarga javob bering


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

Matnni o‘qing va savollarga javob bering. 
Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan 
ortiq kenja turi ma’lum. Modasi yirik, gavdasining uzunligi 49 sm gacha, qanotlari 
yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha. Nari modasidan ancha kichik. Keng tarqalgan, 
O‘rta Osiyoda sahro lochini va tundra lochini uchraydi. Sahro lochini o‘troq yashaydi; tundra 
lochini faqat qishlash uchun uchib keladi. Uyasini tog‘lik va jarli joylarga quradi. Aprel–
mayda 2–3 ta tuxum qo‘yadi. Bolalari mustaqil uchadigan bo‘lguncha ota-onasining 
qaramog‘ida bo‘ladi. Qushlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Sahro lochini va tundra lochini 
qushlarni ovlashga o‘rgatiladi. 
38. Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. Ushbu 
gapda tirening ishlatilish sababini toping.
A) Ot kesim kesimlik qo‘shimchasisiz yoki bog‘lamasiz qo‘llanganli uchun
B) Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganligi uchun
C) Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanganligi uchun
D) bu o‘rinda tire xato qo’llanilgan 
39. O‘rta Osiyoda sahro lochini va tundra lochini uchraydi. Ushbu ma’lumot… 
A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri 
40. Lochinlar qaysi oylarda 2-3 ta tuxum qo’yadi?
A) may – iyunda
B) mart – aprelda
C) aprel – mayda
D) dekabr – yanvarda 
26-VARIANT 


1. Qaysi qatorda ibora qo‘llanmagan?
A) U yig‘ilishdan tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib keldi.
B) Aravani quruq olib qochish evi bilan-da!
C) Atrof-tevarakda ko‘chani boshiga ko‘tarib yurgan bolalarning shovqini tingan.
D) Har qanday temirni zang chiritadi. 
2. Madaniy axloq kishining yurishida, so‘zlashishida, ovqatlanishida, odamlar bilan 
xayrlashishida, hamrohini raqsga taklif etishida namoyon bo‘ladi. Gapdagi uyushgan 
bo’laklarning nechtasi yasama so‘z ekanligini aniqlang.
A) 4
B) 5
C) 2
D) 3 
3. 1) U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho‘lga suv chiqaribdi. 2) Yozning issiq kunlari 
g‘animat ekanligini esdan chiqarmanglar. 3) Shamol toy ekan, Kuchga boy ekan, yengil 
ko‘charkan, Ko‘kka ucharkan. 4) Qovun navlarining atalish usullari xilma-xil. Ushbu 
gaplarning 3 tasida nisbat qo‘shimchasi qatnashgan. Ushbu ma’lumot… 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
4. Deyl Karnegi unga shunday ta’rif beradi: „U hech qancha turmaydi, ko‘p narsaga qodir 
emas. U hadya qilingan odam boy bo‘ladi, hadya qilgan odam esa kambag‘allashib 
qolmaydi. Uning davomiyligi bir lahza, ammo xotiramizda abadiy qoladi. Uni sotib 
olish, so‘rab olish, o‘g ‘irlab olish behuda. Chunki u chin dildan taqdim etilgandagina 
qadrli. „U“ nima?“
A) ishonch 
B) nigoh.
C) tabassum.
D) diydor 
5. Qaysi gapda -yu birlligi biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida kelgan? 
A) Yo‘qchilik g‘ayratli, ishchan odamning eshigidan mo‘ralaydi-yu, ichkariga kira 
olmaydi. 
B) U qo‘lidagi maktubni o‘qidi-yu, tanasidan muzdek ter chiqib ketdi. 
C) Nega endi natijalarga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi. 
D) Doston do‘stining savolini eshitdi-yu, negadir javob berishni istamadi. 
6. Qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) kesim -dir, bo‘ladi bog‘lamalari bilan kelsa, ega bilan kesim orasida tire 
qo‘yilmaydi.
B) kesim kelishik qo‘shimchalarini olgan bo‘lsa, ega bilan kesim orasida tire 
qo‘yilmaydi.
C) kesim sifat, ravish, tartib son bilan ifodalansa, ega bilan kesim orasida tire 
qo‘yilmaydi.
D) barchasi to‘g‘ri. 
7. Yerimiz, suvimiz, farzandimiz deb,

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling