- Qanday baxtsiz
odam ekansanki, men bu tangalarni senga bermoqchi edim, bergan
maslahating soyasida o‘zingni ming tangadan mahrum qilding, meni esa saxovatdan
ayirding.
U kishi podshoning bu gapidan keyin xato qilganini bildi va bu pullarning barchasini
unga berishini yalinib so‘ray boshladi. Ammo podsho uning yalinib-yolvorishlariga e’tibor
bermadi va:
- Sen o‘z pastkashliging bilan o‘zingga ham, menga ham ziyon yetkazding. Mening
xayr-u ehsonim o‘zim istagandek bo‘lmadi. Endi bu yuz
tangani ol-da, mening majlisimda
boshqa ishtirok etma, - deb chiqarib yubordi.
38. Matndagi tagiga chizib ko‘rsatilgan so‘zning o‘rnida almashtirib qo‘llab bo‘lmaydigan
birlikni toping.
A) dong taratgan
B) dovruq taratgan
C) mashhur bo‘lgan
D) ovoza qilgan
39.Matn mazmuniga mos ravishda quyidagi gapni davom ettiring.
Xasis kishi o‘z xasisligi tufayli ... .
A) hech qanday pulga ega bo‘lmabdi.
B) podshoning ming tanga hadyasiga sazovor bo‘libdi.
C) podsho huzuridan quvilibdi.
D) podshoning oldida alohida hurmatga sazovor bo‘libdi.
40. Berilgan qaysi xulosa ushbu matn mazmuniga mos kelmaydi?
A) O‘z qo‘l ostidagilarga katta mablag‘ bermaslik uchun turli bahonalar keltiradigan
hukmdorlar ham uchrab turadi.
B) Boshqalarni xayr-ehson qilishdan qaytarishning oqibati kishining o‘ziga ziyon bo‘lishi
mumkin.
C) Ayrim badfe’l, xasis kishilar o‘z fe’l-atvori bilan o‘ziga ziyon keltirb qo‘yishi mumkin.
D) O‘zingga ravo ko‘rmaganni birovga ham ravo ko‘rma.
Do'stlaringiz bilan baham: