Attestatsiya testlari
Matnni o‘qing va savollarga javob bering
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish», «bino qilish», «qurish» ma’nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so‘zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o‘quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan «ijodiy yozma ish» ma’nosida qo‘llanadi. Insho – muallifning ma’lum bir mavzu asosida o‘z fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik asar. Inshoda muallifning so‘z qo‘llash mahorati, fikrlash ko‘nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo‘ladi. Insho – o‘quvchi yaratadigan matn turi. Unda ma’lum bir mavzu mustaqil ravishda ochib beriladi. Inshoda o‘quvchining o‘z fikrlarini yozma shaklda to‘g‘ri, ravon, savodli bayon qilish malakasi aks etadi. Inshoda mavzu bo‘yicha bilimlar yuzaga chiqadi. Yozuvchi va shoirlar, olim va muxbirlar o‘zi yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta mas’uliyat bilan qaragani kabi o‘quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Katta-katta olimlar ijodiy ishlarini o‘quvchilik paytida insholardan boshlashgan. Insho yozish uchun, avvalo, bilim egallash zarur. Takror va takror yozish natijasida esa insho yozish ko‘nikma va malakasi shakllanadi. Yaxshi inshoning zamirida boy bilim va tinimsiz mashq yotadi. Har qanday ish tartib bilan bajarilganligi kabi insho ham reja asosida yozilishi kerak. Puxta reja inshoning sifatini ta’minlashga xizmat qiladi. Inshoda o‘quvchining o‘z fikri va boshqa manbalardan olgan ma’lumotlari ajralib turishi kerak. Boshqalarning fikrini o‘zinikiday qilib berish ko‘chirmakashlik sifatida salbiy baholanadi. Inshoning har bir turi o‘ziga xos shakl va mazmun xususiyatiga ega. 38. Yozuvchi va shoirlar, olim va muxbirlar o‘zi yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta mas’uliyat bilan qaragani kabi o‘quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Ushbu gapda shaxs oti necha o‘rinda qatnashgan? A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta 39. Inshoda muallifning so‘z qo‘llash mahorati, fikrlash ko‘nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo‘ladi. Ushbu ma’lumot.... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 40. Puxta reja inshoning sifatini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu gapning kesimi tuzilishiga ko‘ra qanday ifodalangan? A) ot kesim B) fe’l kesim C) sodda kesim D) murakkab kesim Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling