A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
29.
"Bo‘g‘zimda qolmasin erk to‘la kuyim", "Oyoqosti bo‘lmasin ajdodim go‘ri" kabi
badiiy tasvirlar kimning ijodida uchraydi?
A) Muxtor
B) X.Saloh
C) O‘.Umarbekov D) Shuhrat
30. Ushbu asar mualliflarini to’g’ri belgilang.
1) “Bang va chog’ir”; 2) “Boz va Bulbul”; 3) “O‘q va yoy”; 4) “Qish va Bahor”; 5) “Gul va
Daf”; 6) “Binafsha va Chang”.
a) M.Koshg‘ariy b) Yusuf Amiriy c) Nishotiy d) Yaqiniy
A) 1-b, 2,6-c, 3,5-d, 4-a
B) 1-a, 2,6-c, 3-d, 4,5-b
C) 1-c, 2,5,6-b, 4-a, 3-d
D) 1-b, 2,5,6-c, 3-d, 4-a
31. Odil Yoqubovning “Qanot juft bo‘ladi ” asarining janrini toping.
A) hikoya
B) pyesa
C) roman
D) qissa
32.
Yana bir: yigitlikki, topmay xalal,
Qariliq bila bo‘lmag‘ay ul badal. Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni
belgilang.
A) tarse’
B) tazod
C) tardi aks
D) intoq
33. “Qora quyosh” dostoni muallifini belgilang.
A) M.Yusuf
B) T.Sulaymon
C) E. A’zam
D) R.Parfi
34. Abayning «Naqliya so‘zlar» («Nasihatlar») asari kim tomonidan o‘zbekchaga tarjima
qilingan?
A) Asil Rashidov
B) Nosir
Fozilov
C) Usmon Qo‘chqor
D) Nizom Komil
35. «O‘tkan kunlar» romanida Otabek va Mirzakarim qutidorni o‘limga qilib, Yusufbek
hojining Otabekka yozgan xati bilan tanishgandan keyin ularni o‘limdan saqlab qolgan
Marg‘ilon hokimining nomi qaysi javobda berilgan?
A) O‘tabboy qushbegi
B) Normuhammad qushbegi
C) Musulmonqul
D) Azizbek
36. Qaysi ma’lumot
“Tandir haqida ertak” she’rining muallifi haqida emas?
A) Ijodkor Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan.
B) Ijodkor «Yoshlik» jurnalining dastlabki bosh muharriri sifatida yoshlarning
adabiyotga kirib kelishi uchun jonbozlik ko‘rsatgan.
C) Ijodkorning birinchi marta respublika matbuotida «Qushcha» nomli she’ri bosilib
chiqqan.
D) Ijodkor shoir G‘ayratiy tomonidan tashkil etilgan adabiy to‘garakda ijod sirlarini
o‘rgangan.
37. «Maqtanish uchun mol bermoq - o‘zini ko‘z-ko‘z qilmoq va shunday qilib o‘zini «saxiy»
demoq - behayolik bilan nom chiqarmoq. Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u
pastkash, saxiy emas». Ushbu mazmundagi ibratli fikrlar qaysi asarda keltirilgan?
A) «Zarbulmasal»
B) «Qisasi Rabg‘uziy»
C) «Mahbub ul-qulub»
D) «Alpomish»
Do'stlaringiz bilan baham: