Attestatsiya testlari
Matnni o‘qing va 38-40-savollarga javob bering
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baxt shunday narsaki, borligida kishi uni … , yo‘qligida … .
- Ijodkorning fikricha, baxt – biror maqsad bilan yashash
- Igna ustida o‘tirmoq
- Hayratlanmoq
- Shu boisdan yutuqlarimizni sen bilan o‘rtoqlashish, dard-hasratimizni senga
Matnni o‘qing va 38-40-savollarga javob bering.
Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam “Men baxtliman” deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, “baxtliman” degan emas. Aslida, hayotda birorta maqsad bilan yashashning o‘zi – baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib, kuyib-yonib yurish ham baxt. Men kinochi bo‘lsam, “Baxtiyorlik lahzasi” degan film yaratgan bo‘lar edim. Bu film baxt lahzalari majmuasidan iborat bo‘lar edi. Unda marraga yetgan sportchining g‘alaba dan charaqlagan ko‘zlarini, yerga qo‘ngan kosmonavtning kulgisini, she’r yozib tugatgan shoir quvonchini, chet eldan qaytayotgan sayohatchining mamlakatimiz chegarasini kesib o‘tgandagi his-hayajonini, uzoq judolikdan so‘ng bolasiga yetishib quchoqlagan onaning sevinch yoshlarini, o‘z mehnat samarasini ko‘rib mamnun bo‘lgan kishi sevinchini… suratga tushirgan bo‘lardim. 38. Baxt shunday narsaki, borligida kishi uni … , yo‘qligida … . Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying. A) sezmaydi, orzu qiladi; B) yo‘qotadi, topadi; C) qadrlamaydi, xohlaydi; D) sevmaydi, orzu qiladi. 39. Ijodkorning fikricha, baxt – biror maqsad bilan yashash. Ushbu ma’lumot… A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 40. “Baxtiyorlik lahzasi” filmida qanday tasvir yo‘q? A) she’r yozib tugatgan shoir quvonchi; B) yerga qo‘ngan kosmonavtning kulgisi; C) lotereyada avtomashina yutib olgan inson shodligi; D) uzoq judolikdan so‘ng bolasini quchoqlagan onaning ko‘z yoshi. 4-VARIANT 1. Faqat mavhum otdan iborat javobni aniqlang. A) ishonch, go‘zallik, mehr B) yugurmoq, o‘qish, dil C) ko‘k, gul, do‘stlik D) samimiyat, qo‘zichoq, mashina 2. Tarkibi o‘zaro qarama-qarshi ma’noli juft so‘z bo‘lgan qaralmish ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Bu dunyoning ishlari qiziq: goh quvonib, goh bo‘lasan ziq. B) Kishining husni-jamoli bo‘lmasa ham, so‘zlari shirin bo‘lsa, unday odam elni o‘ziga qaratib oladi. C) Insonning fe’l-atvoriga qarab unga baho beriladi. D) Har nechuk, shu narsaga iqrormanki, muhabbat savdosining katta-kichigi bo‘lmas. 3. Shaxs oti shaxsni quyidagi qaysi jihatlariga ko‘ra nomlab keladi? Mos javoblar to‘liq berilgan qatorni aniqlang. 1) yoshiga; 2) yashash joyiga; 3) mansab unvoniga; 4) kasb-koriga; 5) ijtimoiy holatiga; 6) qarindoshlik darajasiga; 7) nasl-nasabiga A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 4, 6, 7 C) 1, 2, 3, 4, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 4. Maqsadim — a’lo o‘qish. O‘quvchilar she’rni baravar o‘qishdi. Ushbu gaplardagi fe’llar tarkibida kelgan -sh qo‘shimchasi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) bu qo‘shimcha shakldosh bo‘lib, 1-gapda nisbat shakli, 2-gapda vazifa shakli qo‘shimchasi B) bu qo‘shimcha shakldosh bo‘lib, 1-gapda vazifa shakli, 2-gapda nisbat shakli qo‘shimchasi C) bu qo‘shimcha shakldosh bo‘lib, har ikkala gapda vazifa shakli qo‘shimchasi D) bu qo‘shimcha shakldosh bo‘lib, 1-gapda ot yasovchi, 2-gapda nisbat shakl qo‘shimchasi 5. Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub so‘zlar soni nechta? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 6. Igna ustida o‘tirmoq iborasi uddaburon so‘zi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 7. Aqlliga aytdim, angladi - bildi, Aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi. Ushbu gapda otlashgan so‘zlar soni nechta? A) 1 B) 2 C) 3 D) otlashgan so‘z ishtirok etmagan 8. O‘z gunohingni so‘rab eldin o‘tin(1), Nafrat o‘ti(2) ichra bo‘lmasdin o‘tin(3). Ushbu parchada belgilangan so‘zlar qaysi so‘z turkumlariga tegishli? A) 1, 2, 3 – ot B) 1, 3, - fe’l, 2 – ot C) 1 - fe’l, 2, 3 - ot D) 1, 2 - fe’l, 3 – ot 9. Quyida berilgan gaplarning har birida ishtirok etgan ma’nodosh so‘zlardan qaysi biri faqat insonga nisbatan ishlatiladi? A) Ba’zan bir xil ehtiyojni turli xil ne’matlar orqali qondirish mumkin. B) Qarini ovqat asraydi. C) Halol ish – lazzatli yemish. D) Taom xalq madaniyati, tarixi, ijtimoiy jarayonlar haqida haqqoniy axborot bera oladigan muhim omillardan biridir. 10. Qaysi gaplarda tushum kelishigini belgisiz qo‘llash mumkin? 1. Botirlari kanalni qazadi. 2. Men seni qutlayman. 3. Bilmaganni so‘rab o‘rgangan - olim. 4. Yaxshini maqtaydilar. 5. Birpasda ovqatni yeb bo‘ldim. 6. Ozni ko‘p yengibdi. A) 1,3,4,5 B) 1,5 C) 1,3,5,6 D) 1,4,5,6 11. Qaysi gapda sifat hol vazifasini bajarmagan? A) Oftob balandroq ko‘tarildi-yu, bulutlar tarqab, tog‘larda ham havo ochilib ketdi. B) Oyko‘l qishlog‘ida na ko‘l bor, na kattaroq ariq. C) Kuy ta’sirida tog‘lar avvalgidan azizroq va ulug‘vorroq ko‘rinib ketdi. D) Oqlangan maktab binosi oydinda ko‘kishroq ko‘rinadi. 12. Qaysi gapda -dan qo‘shimchasi o‘rnida -ning qo‘shimchasini qo‘llasa bo‘ladi? A) Solih maxdum hamon Ra’nodan koyib kelardi. B) Ona qizining peshonasidan o‘pdi. C) Mehmonlar goh qovundan, goh uzumdan tatib ko‘rishdi. D) Odamlardan biri bu haqda aytgan edi. 13. Baxtni har kim o‘zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni to‘q, ust-boshi but. Shuni baxt sanaydi. O‘zi uchun, qorni uchun yashaydiganlar jamiyat uchun ortiqcha odamlardir. Bunday odamlarning bor-yo‘qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo‘q. Komil inson esa hammaning joni. Ushbu matnda nechta olmosh bor? A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta 14. Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmuni bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan? A) sof fe’l B) harakat nomi C) sifatdosh D) ravishdosh 15. Son turkumiga oid qanday so‘zlarni hosil qilishda ba’zi sanoq sonlar tarkibida tovush tushishi kuzatiladi? A) chama sonlarda B) tartib sonlarda C) jamlovchi sonlarda D) taqsim sonlarda 16. Quyidagi qaysi so‘z “Pul mablag‘lari ishtirokisiz bevosita tovarga tovar ayirboshlash va shu haqidagi shartnoma” tarzida izohlanadi? A) birja B) investitsiya C) barter D) marketing 17. Qaysi javobda imloviy xato yozilgan fe’l turkumiga oid so‘z qatnashgan? A) Yigitning otasi kasmonavt edi. U bu bilan faxrlanardi. B) Yolg‘on bo'lsa, boq-chi ko‘zimga? C) O‘quvchilar yo‘l bo‘ylarida ko‘chat ekishayapti. D) U juda bepisanlik bilan gapirardi. 18. Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda morfologik usul bilan hosil bo‘lgan fe’l qaysi so‘z turkumidan yasalgan? A) otdan B) sifatdan C) ravishdan D) sifatdoshdan 19. Qaysi gapda holat ravishdoshi berilgan? A) Chol labini tishlagancha o‘ylanib qoldi. B) Gulbahor bu gapni dugonasidan tasodifan eshitdi. C) Guliston dugonasini ko‘rgani kasalxonaga kelgan edi. D) Uning aytgani aytgan, degani degan edi. 20. Hayratlanmoq so‘ziga ma’nodosh bo‘lgan iborani aniqlang. A) kapalagi uchmoq B) yuragi chiqmoq C) yoqasini ushlamoq D) dili siyoh bo‘lmoq 21. Qo‘shma ot mavjud gapni aniqlang. A) Farg‘onada bizning Oltiariqdan tashqari Uchariq, Beshariq, Qo‘shariq, Oqariq, Soyariq, Jinariq, Belariq singari joylar ko‘p. B) Shu bois, oltiariqliklar biron-bir musofirni ko‘rishsa: ,, Keling, akaxon, marg‘ilonlikmilar? “ – deb so‘rashadi. C) “Yo‘q” – degan javobni eshitishsa, birdan hafsalasi pir bo‘lib: ,,Unda qaysi ariqdansiz?” – deyishadi. D) A, B 22. Shu boisdan yutuqlarimizni sen bilan o‘rtoqlashish, dard-hasratimizni senga Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling