Attestatsiya testlari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayotimizda kitobning ahamiyati beqiyosdir
- Toshkentga har kuni minglab sayohlar tashrif buyiradilar. Ular mamlakatimizning bosh shahriga qarab, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari
5-VARIANT
1. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang. 1) yolg‘izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi; 5) jigarrang; 6) diyor. A) 1, 3, 4, 5 В) 1, 2, 3, 6 C) 3, 4, 5 D) 4, 5, 6 2. Hayotimizda kitobning ahamiyati beqiyosdir. Gapdagi qaratqich tarkibida qatnashgan undoshlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) jarangsiz lab undoshi qatnashgan. B) jarangli til orqa undoshi 2 o‘rinda qatnashgan. C) jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan. D) jarangli til oldi undoshi 2 o‘rinda qatnashgan. 3. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) kаkао, teatr, kosmanavt B) orkestr, muovin, pomidor C) pamidor, drama, kokao D) movin, arkestr, dialog 4. Toshkentga har kuni minglab sayohlar tashrif buyiradilar. Ular mamlakatimizning bosh shahriga qarab, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari xaqida fikr yuritadilar. Ushbu parchada imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarning turkumini aniqlang. A) ravish, ot, bog‘lovchi B) ot, fe’l, ko‘makchi C) ot, fe’l, bog‘lovchi D) olmosh, fe’l, ko‘makchi 5. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Urganch Davlat universiteti qayerda joylashgan? B) Ko‘pkarida ot boskan yigitni hozirgina shifoxonaga olib ketishdi. C) Choy qaynatib ichishni-da unutdi. D) Men bu yerda o‘t yoqayapman. 6. Qo‘li kalta - bo‘yni yo‘g‘on iboralari o‘zaro ma’nodosh emas. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 7. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladi? A) ganch, xazina B) dangasa, mehnatkash C) husn, chiroyli D) suluv, ko‘rkam 8. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan tub so‘z berilgan? A) oqizmoq B) tuzlamoq C) changimoq D) kechikmoq 9. Gapirtirmoq so‘zida orttirma nisbat ma’nosi kuchaygan. Ushbu ma’lumot.. A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 10. Quyidagi shakllarning qay biri ismning munosabat shakli emas? A) -ning, -ni, -ga B) -cha, -gacha, -dagi C) -im, -ing, -ngiz D) -man, -miz, -dir 11. U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi. Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qaysi javobda qatnashmagan? A) Polvon belini belbog‘ bilan mahkam bog‘ladi va ishga shaylandi. B) Bu voqeadan qanday xulosa chiqarishi uning aql-idrokiga bog‘liq. C) Nodirjon echkini o‘tloqqa bog‘lab uyga qaytdi. D) Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi. 12. Berilgan matndagi ajratilgan so‘zlar qaysi nutqiy „taqiq“ asosida ekanligini aniqlang va tushuntiring: Qoplon chalqanchadan yonbosh bo‘ldi. Ayoli tarafga o‘girildi. – Havo sevalab o‘tadi, momosi, – dedi. – Bu kishi qayerdan biladi? – dedi ayoli. Qoplon u yog‘ini aytmadi. (Tog‘ay Murod) A) qо‘rquv asosidagi B) mensimaslik asosidagi C) jahl asosidagi D) hurmat asosidagi 13. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh so‘zlar hisoblanmaydi? A) Rayhona kirlarni kir yuvish mashinasida yuvdi.// Guruhimizga ko‘rsatgan yordami bilan Sardor ham ayblarini yuvdi. B) Tut xalq xo‘jaligida eng ko‘p foydalaniladigan daraxtlar sirasiga kiradi.// O‘g‘lim, yaxshilarning etagini tut, adashmaysan. C) Biz yosh kadrlarni malaka oshirish uchun Yevropaga jo‘natdik.// Filmdagi eng yaxshi chiqqan kadrlarni ko‘rsatdik. D) Arg‘amchiga qil – quvvat. // Doniyor, sen uy vazifalarini o‘z vaqtida qil. 14. Biz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarimiz. Bu yurtda yashashni biz o‘zimizga sharaf Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling