Sen deb to’kayotgan yoshlarim oppoq.
Sening ham, mening ham baxtimdir qaro,
O’ttiz to’rt yoshingda sochlaring oppoq. Ushbu she’riy parchada yordamchi so’z
turkumiga oid birliklar necha o’rinda qatnashgan?
A) 3
B) 4
C) 5
D) 6
5. Qaysi gapda vazifadosh bog’lovchi shaxs otlarini bog’lab kelgan?
A) “Mehrobdan chayon” yaxshilik-u yomonlik o’rtasidagi azaliy kurash aks etgan go’zal
asardir.
B) Bugun Jahongir bilan Alisher ikki baho olishdi.
C) Endi buva bilan nevara teng odamday gaplashishadi.
D) Bog’lovchi qatnashgan gap berilmagan.
6. Qaysi javobdagi ibora nutqimizda so’z birikmasi bo’lib kela olmaydi?
A) yostig’ini quritmoq
B) qulog’iga quymoq
C) dilidan o’tkazmoq
D) ichini bo’shatmoq
7. Xayoli so’zidagi chuqur til orqa tovushi bo’g’iz tovushiga almashtirilganda sodir
bo’ladigan o’zgarishlar qaysi javobda noto’g’ri ko’rsatilgan?
A) ot so’z turkumidagi so’z sifat turkumiga o’zgaradi
B) tub so’z yasama so’zga o’zgaradi
C) yetakchi morfemadagi tovushlar soni o’zgaradi
D) urg’u ikkinchi bo’g’inga o’tadi
8. Na ma’qul uzr ayta oladilar, na durustroq hol-ahvol so’rashga botina
oladilar. Ushbu gap…
A) uyushiq bo’lakli sodda gap
B) bog’lovchisiz qo’shma gap
C) bog’langan qo’shma gap
D) ergashgan qo’shma gap
9. Ey, mendan keyin bu gapni aytarsan. Ushbu gapda atash ma’nosiga ega bo’lgan
so’zlar soni 3 ta. Ushbu ma’lumot...
A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
10. Qaysi qatorda ma’nodoshlik tub va yasama so’zlar orasida kuzatilmaydi?
A) go’zal-chiroyli
B) o’tkir-keskir
C) o’pich- bo’sa
D) shirin-mazali
11. Yasama fe’llar qatorini aniqlang.
1) qaltiramoq; 2) ko‘karmoq; 3) chiqarmoq; 4) irg‘ishlamoq; 5) uyqusiramoq
A) 1, 2, 3, 5
B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 5
12. Ravishning ma‘nosiga ko’ra uch turi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Men avvallari shu yo'ldan o’tayotganimda tabiatni tomosha qilish uchun ataylab
sekin yurar edim.
B) Ko’p yaxshi o‘ylabsiz, saltanatning gullab-yashnashi uchun ancha ishlar qilishimiz
kerak.
C) Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov qilib olib chiqibdi.
D) Ertalab tursa ko’cha eshik lang ochiq, yong’oqqa bog’liqlik sigir yo’q.
13. Qaysi gapda metonimiya asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan?
A) Boshim qattiq og’riyapti
B) Mabodo, “Besh bolali yigitcha” kelmadimi?
C) Navbatim sumka ko’targan “jinsi”dan keyin.
D) Ular cho’loqqa achinish bilan qarashdi.
14. Merosxo’rlik faqat mulk
Do'stlaringiz bilan baham: |