Yoki boylik uchunmas.
Bu bobolar, momolar Qabrini tinch saqlashdir.
Ota tuzini oqlash Ona sutin oqlashdir. Berilgan parchada otlar tarkbidagi
munosobat shakllari nechta o’rinda belgisiz qo’llangan?
A) 4 o’rinda
B) 3 o’rinda
C) 2 o’rinda
D) 6 o’rinda
15. Berilgan qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolikka yo‘l
qo‘yilmagan?
A) O‘sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko‘rsatib, shon-u shuhrat taratib,
o‘qituvchilarimni, Otajon Azizovichni hayratda qoldirish niyatida safarga otlandim.
B) Hukmdor dehqonni vaqtning qanchalar qadrlashini ko‘rib afv qildi va unga
tasannolar aytdi.
C) Xulqini tarbiya qilgan qizning odobi oltinga qimmatli, injudan qadrli bir boylikdirki,
bu kabi qizlarni barcha orzu qiladi.
D) Yosh avlod tarbiyasi faqat ota-ona, mahalla-ko‘ynigina emas, balki butun
jamiyatning e’tiborida bo‘lishi kerak.
16. Qaysi javobda o’zaro shakldosh ko’makchi morfemalar qatnashgan?
A)Yuz tilim bo‘ldi dilim bir bevafoning dastidan.
B) Ko‘rik-tanlovda biz g‘olib bo‘ldik.
C) Bu qaro ko‘zlar neni ko‘zlar?
D) Yaxshilikka yaxshilik qaytarish lozimligini esingdan chiqarma.
17. Qaysi gapda so'z ma’nosini aniqlab keluvchi olmosh to'ldiruvchi orqali kesimga
bog'langan?
A) Hovlini supurish, idish-tovoqlarni yuvish o'shaning bo'ynida.
B) Mana buni aytsa bo'lar eng oliy, zo'r muammo.
C) Bu tushmi yo xayol yo, na turli kuy, qayerdan bu qadar qushlar sayrashi?
D) O'sha xabarni hamma eshitdi.
18. Berilgan qaysi so‘zlarda so‘zning ma’noli qismlari tartibi odatdagi tartibda
joylashmagan?
1) oshirma (sifat); 2) isitma (fe’l); 3) yeyishli (sifat); 4) yoqilg‘i; 5) qaynatma (fe’l); 6)
qizg‘anchiq; 7) suyanchiq.
A) 1, 3, 4, 7
B) 2, 5, 6
C) 2, 3, 4, 5, 6
D) 1, 3, 4, 6, 7
19. Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar,
Do'stlaringiz bilan baham: |