Attestatsiya testlari


Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?! Ushbu she’riy misralar 
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A) Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
B) Radifi yoyiq radif hisoblanadi.
C) Baytda tajnis san’atidan foydalanilgan.
D) Ushbu misralarda tanosub san’atidan foydalanilgan. 
Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Mulla Fazliddin ertalab podshoh in’om qilgan to‘bichoq otni mindi-da, shahar dorug‘asi 
qabul qiladigan mahkamaga yo‘l oldi. Uzun Hasan ismli ingichka, novcha dorug‘a 
askarlikka odam olish va shaharni yaqinlashib kelayotgan dushmandan himoya qilish 


tashvishi bilan band ekan. Mulla Fazliddinning arzini qayoqqadir ketmoqchi bo‘lib 
shoshilib turgan paytda tingladi-da:
– Tarhlaringizga tegmay, hamyoningizni olib ketgan bo‘lsa, bu – to‘qaydan chiqqan 
o‘g‘rilarning ishi, – dedi. – Yog‘iy tashvishidan qutulsak, to‘qaylarni o‘g‘rilardan 
tozalagaymiz... Hozir ahvolni ko‘rib turibsiz!..
Qo‘l qovushtirib tikka turgan mulla Fazliddin dorug‘aga yaqinroq keldi:
– Mening boshqa gumonim bor, janob dorug‘a, – dedi. So‘ng Ahmad Tanbalning surat 
chizdirmoqchi bo‘lganini, rad javobi olganda esa achchiqlanib ketganini aytib berdi. 
– Kimning surati? – deb dorug‘a qiziqib qoldi.
Mulla Fazliddin Xonzoda begimning nomini tilga olishga qo‘rqdi.
– Parilar suratimidi? Yaxshi tushunmadim.
– Sandig‘ingizda parilar surati bormidi? Bosqinchilar shuni olib ketibdirmi?
– Surat o‘zi bo‘lmasa, neni olib ketsin! Men hazrati oliylari buyurgan madrasa tarhini 
chizish bilan bandmen. Suratkashlikka vaqtim yo‘q. Sandiqda xomaki loyihalarim bor edi, 
xolos. 
– Ular joyida qolganmi, axir? Undoq bo‘lsa Ahmadbekdan nechun gumonsiramoqdasiz?
– Sababini aytdim, janob dorug‘a! Taftish o‘tkazishingizni so‘raymen! – Ahmadbek – 
sultonlar avlodidan ekanini unutgan bo‘lsangiz, men eslatib qo‘yay. Hazrati oliylarining 
katta xotinlari Fotima begim Ahmadbekka qarindosh bo‘lurlar. Fotima begimning 
chaqirig‘i bilan Sulton Ahmadbek bugun azonda poytaxtimiz Axsiga ketdilar.
«Agar o‘sha bek sandiqdagi suratlarni qo‘lga tushirsa, Axsiga eltib, podshoh oilasiga 
ko‘rsatmoqchi bo‘lganmi? – degan o‘y mulla Fazliddinning ichini muzlatib o‘tdi. – Bular 
mening qonimga shunchalik tashnami? Balki Ahmad Tanbal Xonzoda begimni ham shu 
surat orqali qo‘lga tushirmoqchidir? Hali uylanmagan bu bek podshohga kuyov va 
Xonzoda begimdek go‘zal qizga er bo‘lishni jon-dili bilan istasa kerak!» 
38. Ushbu matnda qo‘llanilgan to‘bichoq so’zining ma’nosini toping.
A) chopqir, yo’rg’a ot 
B) shahar posponlari sardori 
C) dushman, g‘anim 
D) chizma lavha: loyiha, reja 
39. Ushbu matn qanday uslubda yozilgan?
A) badiiy uslub
B) rasmiy uslub
C) ilmiy uslub
D) so’zlashuv uslubi 
40. Fotima begimning chaqirig‘i bilan Sulton Ahmadbek bugun azonda poytaxtimiz Axsiga 
ketdilar. Ushbu matndan olingan gapda fonetik o’zgarishga uchragan yasama so’zlar 
soni nechta?


A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) bunday so’z mavjud emas 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling