Attestatsiya testlari
qaraganda bu ishni bajarishga odatlangan keksa va ojiz kishilar uni
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darhaqiqat, agar voqealarning kechishini diqqat bilan kuzatsak, hatto Abu Yusuf bilan Zuhrabegi og‘a ham uning niyatidan xabardorligini tushunib yetamiz.
- Sog‘lig‘imni tiklash maqsadida har yili shu sihatgohga kelishni odat qilganman, bu yerning shifokorlari juda yaxshi ekan.
- O‘z yog‘iga qovurilmoq
- “Yozuvchi hayotdan go‘zallik izladi, tevarak-atrofida bo‘layotgan bema’ni
qaraganda bu ishni bajarishga odatlangan keksa va ojiz kishilar uni
qiynalmay bajara oladi. Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqida berilgan qaysi fikr to‘g‘ri emas? A) Ushbu gapda fe’lning barcha vazifa shakllari qatnashgan. B) Ushbu gapdagi sodda yasama fe’llarning barchasi nisbat qo‘shimchasi bilan shakllangan. C) Ushbu gapda qatnashgan tub fe’llar aniq nisbatdagi fe’llar sanaladi. D) Ushbu gapda o‘zlik nisbatidagi fe’lning ravish holi vazifasini bajarishi kuzatiladi. 17. Darhaqiqat, agar voqealarning kechishini diqqat bilan kuzatsak, hatto Abu Yusuf bilan Zuhrabegi og‘a ham uning niyatidan xabardorligini tushunib yetamiz. Ushbu gapdagi mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘lmagan so‘zlarning turkumini aniqlang. 1) ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama; 4) undov so‘z; 5) taqlid so‘z; 6) modal so‘z. A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 5, 6 C) 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 6 18. Sog‘lig‘imni tiklash maqsadida har yili shu sihatgohga kelishni odat qilganman, bu yerning shifokorlari juda yaxshi ekan. Ushbu gapda qatnashgan gap bo‘laklari haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Ushbu gapda sifatlovchi aniqlovchi vositali to‘ldiruvchiga tobelanishi kuzatiladi. B) Ushbu gapda holning holga tobelanishi kuzatiladi. C) Ushbu gapda holning vositasiz to‘ldiruvchiga tobelanishi kuzatilgan. D) Ushbu gapda to‘ldiruvchining sabab holiga tobelanishi kuzatiladi. 19. Qaysi javobda yordamchi so‘z turkumlarining faqat bir turi qatnashgan? A) Agar vaqti kelgan bo‘lsa, kishi bir cho‘pdan ham vafot etishi mumkin. B) Kishi boshqalarga dushmanlik nazari va salbiy fikr bilan qaramasa, uning uchun bu dunyo quvonchga to‘ladi. C) Chunki bu so‘z eng hurkak odamga ham jasorat bag‘ishlaydi. D) Ilm boylikdan afzal, chunki ilm seni asraydi, boylikni sen asraysan. 20. Qaysi javobda ko‘tarinkilik, tantanavorlik bo‘yog‘ini ifodalagan, uslubiy xoslangan hozirgi zamon qo‘shimchasi qo‘llangan? A) Barglarda raqs etar shabboda, O‘ynar sabo shaklinda kecha. Tun bulutga ko‘tarib boda, Afsonalar aytar tonggacha. B) Xayolning tumanli pardasi aro Yillar ko‘z oldimda charx urayotir, Qishloq ko‘chasidan zanjiday qaro Olov bolaligim yugurayotir. C) Hech kimsadan kam emassan, kam bo‘lmagaysan, Yerda qolsang oftob bo‘lib kulmagaysan Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan, Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun? D) Ko‘zimda yosh bilan kularman men ham, Tilasam, muhabbat tilarman men ham. Ishq bilan dunyoni olarman men ham, Muhabbat bor edi, muhabbat mavjud. 21. Quyidagi qaysi gaplarda tushum kelishigining belgisiz qo‘llanishi kuzatilmaydi? 1) Bolalariga ertak va naqllar aytib bera boshladi; 2) Biz uchun Vatanni sevmoq sharafdir; 3) Bugungi ishni ertaga qo‘yma; 4) Mevazorlar gulini to‘kmoqda. 5) Bugun do‘kondan kitob sotib olish kerak. A) 2, 4, 5 B) 3, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4 22. O‘z yog‘iga qovurilmoq iborasi nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladi. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 23. Qaysi javobda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Sh. Rustaveli shunday degan edi: “Ulug‘ yo‘l kutayotgan bo‘lsa sustkashlik jinoyatdir”. B) “Baxtli bo‘lmoq uchun baxtli bo‘lish mumkinligiga ishonmoq kerak” – deb yozgan edi L. N. Tolstoy. C) Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: “Inson hayvondan aql bilan farq qiladi”. D) “Vaqt aqliy mehnat kishisining sarmoyasi”, - degan edi fransuz yozuvchisi O. Balzak. 24. Zulfin toblab o‘rgan qizlar, Elda davron surgan qizlar, Kaptarday bo‘b yurgan qizlar, Qalpoq sotib turgan qizlar, Juringlar, Chambil ketamiz, Turinglar, Chambil ketamiz! Ushbu parcha qaysi xalq dostoni qahramoni nutqidan olingan? A) “Rustamxon” B) “Kuntug‘mish” C) “Alpomish” D) “Ravshan” 25. Bu asar ta’lim-tarbiya, odob-axloq mavzusiga bag‘ishlangan didaktik asar bo‘lib, u hozircha bizga yetib kelgan ilk turkey dostondir. Unda shaxs tarbiyasi, uning jamiyatdagi o‘rni, komillik shartlari va boshqalar badiiy bo‘yoq va timsollarga burkangan holda tasvirlanadi. Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida? A) “Devoni hikmat” B) “Qutadg‘u bilig” C) “Zarbulmasal” D) “Qisasi Rabg‘uziy” 26. Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» majmuasi haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Ushbu majmuaning uchinchi devoniga jami 100 ta g‘azal kiritilgan. B) Ushbu majmuaning birinchi devoni «Navodir ush-shabob» deb nomlanadi. C) Ushbu majmua shoirning Husayn Boyqaro iltimosi bilan tuzilgan ilk she’riy devonidir. D) Ushbu majmua «Chor devon» nomi bilan ham mashhur. 27. Ahbob, yigitlikni g‘animat tutingiz, O‘zni qariliq mehnatidin qo‘rqutunguz, Oyini adovat-u hasaddin o‘tunguz, Har nav ila o‘zni necha kun ovutunguz. Yigitlik davrini g‘animat bilish, qarilik mashaqqatlari haqida o‘ylab, kuch-quvvatga to‘la davrning qadriga yetish, adovat va hasad qilishning bahridan o‘tish nasihat qilingan, ya;ni o‘git tarzida bitilgan ruboiy qaysi shoir qalamiga mansub? A) Boborahim Mashrab B) Zahriddin Muhammad Bobur C) Alisher Navoiy D) Lutfiy 28. Qaysi ma’lumot Zavqiy haqida emas? A) Ijodkor tog‘asi Muhammad Siddiq yordamida «Madrasai Oliy» va «Madrasai Chalpak» madrasalarida tahsil ko‘rgan. B) Ijodkor 46 kishini hajv qilib yozilgan she’rini Qo‘qondagi doimo gavjum Mo‘ymarak maydonidagi baland terakka ilib qo‘yadi. C) Ijodkor o‘z she’rlarini to‘plab kattagina devon tuzgan va uni «Saodat ul-iqbol» deb nomlagan. D) Ijodkor «Ajab ermas» she’rida yurt kelajagi borasidagi armon, orzu va istaklarini ifoda etgan. 29. Uvaysiy chistonnavis ijodkor sifatida anoq haqida, yong‘oq haqida, kun va tun haqida ajoyib chistonlar yaratgan. Ushbu ma’lumot... A) To‘g‘ri B) Noto‘g‘ri 30. Qaysi javobdagi ma’lumot Abdulla Avloniy haqida? A) U o‘nlab mumtoz shoirlarimizning ijodiy merosini izlab topish, tadqiq etish va nashr qilishda alohida jonkuyarlik ko‘rsatdi. U «Aruz haqida» kitobini ham e’lon qildi. B) O‘spirin yoshidayoq yozgan «Adabiyot nadur?» maqolasida millat hayoti, vatan ravnaqidagi adabiyotning o‘rni haqida o‘ta jiddiy o‘ylaydigan bilimdon ekanligini namoyon etadi. C) Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy jamiyatni tashkil etadi. D) U biroz muddat gazetchilik bilan shug‘ullandi. «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida ishladi, ular yopilgach, «Shuhrat» gazetasini chiqarishda bosh-qosh bo‘ldi. 31. Millatim nasli bashardur, Vatanim kurrayi arz, Ikkisin xizmati farzdur, ikkisindan jon qarz. Ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub? A) Hamza B) Usmon Nosir C) Fitrat D) Cho‘lpon 32. G‘. G‘ulomning “Vaqt” she’rida «o‘zbek otasi»ning bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi aks ettirilgan, otaning sog‘inchi ta’sirli ifoda etilgan. Ushbu ma’lumot... A) To‘g‘ri B) Noto‘g‘ri 33. Qaysi asarda din-diyonat, milliy-diniy qadriyatlar, el-yurtchilikni har narsadan ustun qo‘yuvchi Saodat aya va ota-bobolari e’tiqod qilgan dindan voz kechib, boshqa dinni qabul qilgan o‘g‘li Bo‘rixon obrazlari haqida so‘z boradi? A) “Ufq” (Said Ahmad) B) “Dunyoning ishlari” (O‘tkir Hoshimov) C) “Chinor” (Asqad Muxtor) D) “Qora ko‘z majnun” (Said Ahmad) 34. “Yovga ters qaragan musulmon emas!” satrlari bilan yakunlanuvchi, shonli bobolarga munosib bo‘la olmagan turkiy xalqlarga xos illatlar ayovsiz fosh etilgan “Turkiylar” she’rining muallifini aniqlang. A) Muhammad Yusuf B) Shavkat Rahmon C) Omon Matjon D) Halima Xudoyberdiyeva 35. Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan. B) Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi. C) Radifi qisqa radif sanaladi. D) Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy bo‘lib kelgan. 36. Tuttim o‘lmakdin tirilmak hajrida, tengdur manga Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l. Ushbu baytda quyidagi qaysi she’riy san’atlardan foydalanilmagan? 1) tazod; 2) tajnis; 3) talmeh; 4) tardi aks A) 1, 3 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 2, 4 37. “Yozuvchi hayotdan go‘zallik izladi, tevarak-atrofida bo‘layotgan bema’ni Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling