Attestatsiya testlari
ishlardan hazar qildi va inson tabiatidagi ayrim qusurlarni hajviy usulda
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matnni o‘qing va 38-40-savollarga javob bering.
ishlardan hazar qildi va inson tabiatidagi ayrim qusurlarni hajviy usulda
tasvirladi. U ham shifokorlik kasbi bilan, ham o‘tkir adabiy qalami bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qildi. Adib ijodiy merosining katta qismini tashkil etgan o‘nlab hikoyalari dunyo adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Hikoyalarida kam so‘z bilan katta voqealarni tasvirlash san’atini namoyish qildi”. Ushbu berilgan ma’lumot qaysi ijodkor haqida? A) Alfons Dode B) Sergey Yesenin C) Anton Pavlovich Chexov D) Rashod Nuri Guntekin Matnni o‘qing va 38-40-savollarga javob bering. O‘tkir xanjarini beliga osib, oyboltasini ko‘targan jallod qushbegining hukmiga muntazir edi. Qushbegining o‘ng tomonida qo‘rboshidan tortib shahar a’yonlari, qarshisida Otabek, qutidor, Ziyo shohichi va uning og‘li Rahmat - gunohkorlar va ularning orqasida muhofiz yigitlar. Qushbegi o‘zining yozilib qo‘yilgan hukmnomasini qo‘liga olib o‘qishga hozirlandi: „Menkim, Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi, o‘z hukmimni xoqon ibni xoqon janobi oliy Xudoyorxon ismi shariflaridan eshitdiraman. ...E’timodlik bir kishining shahodatiga binoan toshkandlik Yusufbek hojining og‘li - Otabek, bu kunda xonimizg‘a qarshi bosh ko‘targan Aziz parvonachi va o‘z otasining vakolatlari bilan Marg‘ilon kelib, bu yerdagi fuqarolarni ham xon janobig‘a qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an. Otabekning bu harakati ululamir bo‘lg‘an janobga bog‘iyliq bo‘lib, uni, ya’ni Otabek Yusufbek hoji og‘lini o‘lim jazosi bilan jazolashni taqozo etadir. Ikkinchi, Otabekka yo‘lda ko‘makchi bo‘lib yurgan Marg‘ilon fuqarosi Mirzakarim qutidor ham shu jazoga sazovor tutiladir. Ziyo shohichi bilan o‘g‘li Rahmat bu bog‘iyliqdan xabardor bo‘laturib, vaqtida hukumatka ma’lum qilmag‘anlari uchun bir yildan zindon jazosiga mahkum bo‘lurlar!“ 38. Nasriy parchada „Bog‘iyliq“ so‘ziga sinonim bo‘lgan fe’lni toping. A) taqozo etmoq B) oyoqlandirmoq C) mahkum bo‘lmoq D) sazovor tutilmoq 39. Ushbu parchada qo‘llanilgan ululamir so‘zi amirlarning ulug‘i ma’nosida kelgan. Ushbu ma’lumot... A) To‘g‘ri B) Noto‘g‘ri 40. “Ishonchli” so‘ziga sinonim bo‘lgan so‘z ishtirok etgan gapni belgilang. A) Marg‘ilon fuqarosi Mirzakarim qutidor ham shu jazoga sazovor tutiladir. B) Ziyo shohichi vaqtida hukumatka ma’lim qilmag‘ani uchun zindonga mahkum bo‘lur C) Otabek otasining vakolati bilan bu yerdagi fuqarolarni oyoqlandirmoqchi bo‘lgan. D) E’timodlik bir kishining shahodatiga binoan Otabekning bog‘iylig‘i ma’lum bo‘lgan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling