Attestatsiya testlari
Matnni o‘qing va matn asosida tuzilgan 38-40-savollariga javob bering
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
Matnni o‘qing va matn asosida tuzilgan 38-40-savollariga javob bering.
Qadimda dengizchilar yoki sahrodagi karvonlar yulduzlarning joylashishiga qarab yo‘lni aniqlashgan. Yulduzlarni o‘rganib, ularning xaritasini chizib beradigan kishilarni esa munajjim deb atashgan. Bilasizmi, yulduzlarning ham “yulduz“i, ya’ni mashhurlari bo‘ladi. Qutb yulduzi ana shundaylardan biri. Chunki u o‘tgan davrlar mobaynida ko‘plab adashganlarga yo‘l ko‘rsatib, o‘z manzillariga eson-omon yetib olishlarida ko‘makchi bo‘lgan. Qutb yulduzi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani uchun uni topib olish qiyin emas. Olimlarning aytishicha, kunlar, oylar, ba’zan yillar o‘tishi bilan yulduzlarning samodagi o‘rni o‘zgarib turar ekan. Faqatgina Qutb yulduzi o‘z joyidan hech qachon jilmaydi, doim osmonning shimoliy qismida yaraqlab turadi. Shunday o‘ziga xos xususiyati tufayli sayyohlar Qutb yulduziga qarab shimol, janub, sharq va g‘arbni aniqlay olishgan. Qutb yulduzi Katta ayiq yulduzi turkumiga kiradi. U Quyoshdan 120 marta katta bo‘lib, o‘n ming marta kuchliroq nur taratadi. Odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun “Yo‘lchi yulduz“ deb ham atashgan. Juda olisda bo‘lgani bois ushbu yulduz nurlari Yergacha 472 yilda yetib keladi. 38. Qutb yulduzining qaysi xususiyati tufayli sayyohlar dunyoning 4 tomonini aniqlay olishgan? A) eng yorqin yulduz bo‘lgani uchun B) odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun C) juda olisda bo‘lgani uchun D) joyi o‘zgarmay, osmonning shimolida turgani uchun 39. Yulduzlarni o‘rganib, uning xaritasini chizib beruvchilarni qadimda munajjim deya atashgan. A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 40. Qutb yulduzi yulduzlarning “yulduz”i hisoblanadi, chunki u ... A) adashganlarga yo‘l ko‘rsatadi B) eng yorqin va go‘zal yulduz hisoblanadi C) quyoshdan ham kata D) qutbda joylashgan Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling