Attestatsiya testlari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

2-VARIANT 
1. Qaysi javobda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi? 
A) Vaqting ketdi; naqding ketdi.
B) Avval ular bizga yetib olishsin keyin birga jo‘naymiz.
C) Yer – dehqonning qoni, suv – joni.
D) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa dovyuraklarni qo‘rqita olmadi. 
2. Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular o‘ldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar, ammo ularning 
indamay qilgan razilliklari tufayli, afsuski, yer yuzida haligacha sotqinlik va qotillik 
yashamoqda. Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A) Uyushiq ega vazifasida kelgan sodda yasama otlar qatnashgan.
B) Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan qo‘shma sifat qatnashgan.
C) Kesim vazifasida kelgan fe’l+fe’l tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan.
D) Kesim vazifasida kelgan sodda yasama so‘z qatnashgan. 
3. Said Ahmad dramaturg sifatida «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» kabi sahna asarlarining 
muallifidir. 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
4. Qaysi javobda paronim qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? 
A) Gunohkor bo‘lmay turib o‘rinsiz tanalar eshitsang, yoqmas ekan. 
B) Tekin boylik axtarguncha o‘zingga bob hunar top.
C) Bu obidalar necha asirlardan beri yer yuzini bezab turibdi.
D) San’at saroyiga konsert tomosha qilgani bordik. 
5Bu she’rda shoir “Fayzullodek mardi, maydonlar”, “Jayrondek termilgan Cho‘lponlar”, 
“Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini, Olislarda qolgan Usmonlar”, “Mehrobdan chiqqan 


chayonlar” sotqinligi evaziga qurbon bo‘lgan Qodiriy kabi millatsevar qahramonlar taqdirin 
eslash orqali bugungi va kelgusi avlod bu o‘tmishdan saboq chiqarishini, ertaga bo‘ladigan 
ming turli hayot sinovlariga tayyor tuurishini eslaydi.
Ushbu ma’lumot kimning qaysi she’ri haqida? 
A) Muhammad Yusufning “Vatanim” she’ri 
B) Erkin Vohidov “”O‘zbegim” she’ri 
C) Muhammad Yusufning “Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor…” she’ri 
D) Abdulla Oripovning “O‘zbekiston”she’ri 
6Bobolarning ezgu ishlarini ijodiy rivojlantira olsang, sen baxtlisan.
Ushbu gapda so‘zga yangi ma’no beruvchi morfema(lar) qatnashgan so‘z(lar) qaysi bo‘lakka 
nisbatan tobe bo‘lak vazifasini bajargan?
A) kesimga nisbatan 
B) egaga nisbatan
C) holga nisabatan
D) to‘ldiruvchiga nisbatan 
7. Oybekka tegishli bo‘lmagan ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu ijodkorning ilk she’rlaridan biri “Cholg’u tovushi” nomi bilan bosib chiqarilgan.
B) Uning “Namatak” she’ri erksizlikka, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhning, olamni 
qutqaruvchi bezavol g‘ozallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi.
C) Uning she’rlaridan birining nomi X. Saloh asarlarining nomi bilan bir xil.
D) Ushbu shoir Ozarboyjonda tug‘ilib, ijodkor sifatida O‘zbekistonda, o‘zbeklar bag‘rida 
ulg‘aydi. 
8. Qaysi gapdagi paronimlik xususiyatiga ega so‘z shakldosh asosdan yasalgan? 
A) Yigitlarimiz vatan oldidagi burchini bajardilar. 
B) Uning ta’nali o‘tkir gaplari hammani ajablantirdi. 
C) Uning xarakteridagi lapashanglik, yumshoqlik, bo‘shlik atrofdagilarga har doim qo‘l kelar 
edi. 
D) Uning aybi butun shaharga ayon, ammo bundan sulton bexabar. 
9. "O‘lim jazosi ham, umrbod qamoq jazosi ham bir xilda badaxloq choralardandir, biroq 
basharti ulardan bittasini tanla deyishsa, men, albatta, ikkinchisini tanlar edim. Har holda, 
yashamoq - o‘lmoqdan afzalroqdir", - degan fikrni isbotlash uchun yigirma besh yoshida o‘n 
besh yillik mahkumlikka rozi bo‘lgan va mana shu mahkumlik davrida yashashning asl 
mohiyatini kashf qilgan huquqshunos haqidagi hikoya muallifini aniqlang.
A) Jek London
B) Alfons Dode
C) Anton Chexov
D) Robindranath Thakur 


10. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bilan ifodalangan bo‘lakka tobelangan 
vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan? 
A) Indamay g‘ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi. 
B) “Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay”, − dedi zavqi oshib. 
C) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘ydi va mehmonlar bilan ko‘risha ketdi. 
D) Oshiq yigit do‘kondagi barcha atirgullarni sotib oldi. 
11. Uyushiq to‘ldiruvchi holga tobelangan gapni toping. 
A) Yigit qo‘lidagi quti va xaltani ayvongai qo‘ydi va kelganlarga peshvoz chiqdi. 
B) Bolalar kitob, jurnal, gazeta o‘qigani tez-tez keladigan bo‘ldilar.
C) Xastani, keksalarni ko‘rish, hol-ahvol so‘rash uyiga non tugib borishdan boshlangan. D) 
Choyxonachi bir zumda patnisda non bilan qand-qurs keltirdi. 
12Umri... mazmuni. .. millat. .. dardi... darmon bo‘lish... iborat deb bilgan Amir Temur 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling