Attestatsiya testlari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

intellekt;
menejment;
murakkab muammolarni hal qilishda ko'p yechimli yondashuv;
kommunikativlik.


mumkin bo‘lgan muqobili to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 
A) intellekt − odamlar bilan o‘zaro samimiy muloqotmenejment − odamlarni 
boshqarish ko‘nikmasi; kommunikativlik − hissiy aql-zakovat 
B) intellekt − odamlarni boshqarish ko‘nikmasi; menejment − odamlar bilan o‘zaro 
samimiy muloqot; kommunikativlik − hissiy aql-zakovat 
C) intellekt − hissiy aql-zakovat; menejment − odamlar bilan o‘zaro samimiy muloqot; 
kommunikativlik − odamlarni boshqarish ko‘nikmasi 
D) intellekt − hissiy aql-zakovat; menejment − odamlarni boshqarish ko‘nikmasi; 
kommunikativlik − odamlar bilan o‘zaro samimiy muloqot 
9-VARIANT 
1. Navoiy kuzning so‘lg‘in nafosati bilan nafas olgan hiyobonlarni oralab, tabiat 
va hayotdagi o‘zgarishlar ustida fikir qilib, kechinmalar, xislarga to‘lib 
yurarkan, navkar kelib, safar uchun otni tayorlab qo‘yganini bildirdi. Ushbu 
gapda nechta so‘z imlosida xatolik bor? 
A) 4 ta
B) 3 ta 
C) 5 ta 
D) 2 ta 
2. Men musavvirlikning sirlarini o‘rganishga va o ‘zlashtirishga astoydil bel bog‘ladim, 
chunki menda unga havas uyg‘ongan. Ushbu ergashgan qo‘shma gapning bosh gap 
qismida nechta tobe bog‘lanish mavjud?
A) 7 ta
B) 6 ta
C) 4 ta
D) 8 ta 
3. Yasama so‘zning ega vazifasida kelishi kuzatiladigan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni 
aniqlang.
A) Ko‘klamning sayroqi qushlari sho‘x-sho‘x kuylamoqdalar, ko‘m-ko‘k maysalar 
silkinib qushlarni olqishlamoqdalar.
B) Bilim ado bo‘lmas boylikdir, shuning uchun yoshlik chog‘ingdan bilim olish payida 
bo‘l.
C) Dunyoning ishlari ko‘p qiziq ekan: quvonch va qayg‘u hamisha yonma-yon yuradi.
D) Mashina katta jar yoqasiga kelib qoldi-yu, haydovchi hushyorlik qilib to‘xtatdi. 
4. Fe’lli so‘z birikmalari berilgan javobni aniqlang. 
A) daryo sari yurmoq, bahor kunlari 
B) yonma-yon yurmoq, hosildor ekin 
C) qo‘shiq kuylamoq, behad sevinmoq 
D) do‘stlarcha suhbatlashmoq, holdan toymoq 
5. Qaysi javobdagi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? 
A) Bu ko‘rsatuv tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. 
B) Do‘stim, tamagirlik har qanday insonni qabohat sari yetaklaydi. 


C) Bugungi faravon hayotimizning qadriga yetmog‘imiz kerak. 
D) Kotiba qiz tanlovda mukofotlanganlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. 
6. Ega, kesim, hol, ega, kesim tartibida joylashgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang. 
A) Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi. 
B) Xonaga rassom kirib keldi, shuning uchun eshik ochildi. 
C) Nodira kelsa, uyda hech kim yo‘q edi. 
D) Bahor keldi, dalada ishlar avj oldi. 
7. Qaysi maqolda tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlari sanalgan so‘z 
ikki o‘rinda qatnashgan? 
A) Ittifoq bitar, Noittifoq yitar. 
B) Ko‘p to‘kilsa, ko‘p bo‘lar, 
Ko‘p biriksa, el bo‘lar. 
C) O‘zing osmonda bo‘lsang ham, oyog‘ing yerda bo‘lsin. 
D) O‘qish jafoli, keti vafoli. 
8. May – bahor qizining 
O‘n sakkiz yoshi, 
Uning ajib noz-u
Adolari bor.
Ushbu parchada qatnashgan so‘zlar haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. 
A) Ushbu parchada son turkumiga mansub so‘z bilan shakldoshlik hosil qila oluvchi ot 
ishtirok etgan. 
B) Ushbu parchada ot turkumiga mansub so‘z bilan shakldoshlik hosil qila oluvchi sifat 
ishtirok etgan. 
C) Ushbu parchada son va fe’l turkumi doirasida shakldoshlik hosil qiluvchi so‘z 
ishtirok etgan. 
D) Ushbu parchada ot turkumi doirasida o‘zaro shakldoshlik hosil qiluvchi so‘z ishtirok 
etgan. 
9. Qaysi gapda ot kesim vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor? 
A) Qiz hali yosh bo‘lsa-da, bo‘ychan edi, bichimi ingichka va sambitgul novdasidek adl 
edi. 
B) Bu yerlarga kelgusi yil poliz ekinlari ekiladi. 
C) Berilgan va’dani bajarish har bir kishining vijdoniy burchi sanaladi. 
D) Nomussiz yashamoqdan nomusli o‘lmoq afzal sanaladi. 
10. Qaysi gapda tinsih belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud? 
A) A’lo o‘qish – sizning asosiy vazifangiz. 
B) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo‘r 
bo‘ldi. 
C) Ahmadning aytishicha, ertaga futbol musobaqasi o‘tkaziladi. 
D) Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi. 
11. Qaysi gapda balki so‘zi zidlov bog‘lovchisi vazifasida kelgan? 
A) Tolibjon, balki, ularni ayblab adashayotgandirsiz? 
B) Inson go‘zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi. 
C) Yillar o‘tib, balki, bizni unutib yuborishar. 
D) Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunday degandir. 


12. Bu olamda bormagan yurtim kam qoldi, - davom etdi Bobur o‘ychan ohangda. – Ne-ne 
go‘zal maskanlarni zabt etmadim. Lekin hech yerda buningdek latofatlig‘ bir viloyat 
ko‘rmadim.
Ushbu parchadagi sof fe’llarga xos bo‘lgan qaysi grammatik ma’nolar o‘zaro bir xil 
emas? 
1) mayl; 2) nisbat; 3) zamon; 4) shaxs-son; 5) tasdiq-inkor. 
A) 2, 3, 4 
B) 1, 4, 5 
C) 3, 5 
D) 4, 5 
13. U har kuni tushda kelib, laganbardorlarcha itni o‘ynatardi.
Ushbu gapda fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. Ushbu ma’lumot... 
A) To‘g‘ri 
B) Noto‘g‘ri 
14. Qaysi javobdagi barcha so‘zlarda nuqtalar o‘rnida o unlisi yoziladi? 
A) tob…ra, mutl…q, muhok…ma 
B) muloq…t, mab…do, muz…kara 
C) mutl…q, munos…bat, far…von 
D) taq…zo, muom…la, taassur…t 
15. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz 
bergan? 
A) Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi. 
B) Albatta, yurtimizdagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rgan ko‘zlar xursand bo‘ladi. 
C) Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandik. 
D) Har shanba “Muqimiy”da “Advokatlik osonmi?” dramasi qo‘yilayotgan ekan. 
16. Kiyilaverib eskirib ketgan, juldur kabi ma’nolarni ifodalovchi salbiy emotsional-
ekspressiv bo‘yoqdor so‘z qaysi javobda berilgan? 
A) yuvuqsiz 
B) qo‘sqi 
C) irkit 
D) quroq 
17. Tamaddun so‘zi madaniyat so‘zi bilan o‘zaro ma’nodoshlikni hosil qiladi. Ushbu 
ma’lumot... 
A) To‘g‘ri 
B) Noto‘g‘ri 
18. Badiiy uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanavorlik, ko‘tarinkilik bo‘yog‘ini namoyon qiladigan 
zamon qo‘shimchalari qaysi? 
A) -gay, -ajak 
B) -a, -y 
C) -yap 
D) -moqchi 
19. Aql inson uchun eng oliy ne’matlardan biridir. Aql ila narsalarning sir-asrori 
o‘rganiladi, ilm va ma’rifat egallanadi, kasb-kor hosil qilinadi. Ushbu gapda necha 
o‘rinda yordamchi so‘z turkumlariga oid birliklar ishtirok etgan? 


A) 4 ta 
B) 3 ta 
C) 2 ta 
D) 1 ta 
20. Shoirning yuragi sof tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab bo‘y 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling