Attestatsiya testlari
turkumiga oid yasama otlar sanaladi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- “mavridsiz laylaklari ichida bemahal g‘urrak”
- “Enam ham otamdan chiqib ketgan edi bir-ikki marta. Keyin qaytib kelib edi.
turkumiga oid yasama otlar sanaladi.
Yuqoridagi fikrga mos keladigan so‘zlar berilgan javobni aniqlang. A) quchoq, o‘toq B) sinov, tarqoq C) qiynoq, suvoq D) o‘choq, qo‘rqoq 8. Bog‘ga gul ekdi. Mazkur gapning kesimi majhul nisbatdagi fe’lga aylantirilganda ushbu gapda bo‘ladigan grammatik o‘zgarishlar xato ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) zamon ma’nosi o‘zgaradi; 2) to‘ldiruvchi egaga aylanadi; 3) o‘timli fe’l o‘timsizga aylanadi; 4) fe’lda ifodalangan mayl ma’nosi o‘zgaradi. A) 2, 3 В) 1, 3 С) 2, 4 D) 1, 4 9. Tarkibida sof modal so‘z qatnashgan egasi yashiringan gapni aniqlang. A) Albatta, baxtli kelajakni mehnat qilib yaratish kerak. B) Ehtimol, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. C) Afsuski, rejadagi ishlarni ko‘ngildagidek bajarmadingiz. D) Avvalo, insonning qalbi go‘zal bo‘lmog‘i kerak. 10. Qaysi javobda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Xalq ganchin yulmoqqa cho‘zilgan qo‘lga Biz alvon guldasta tutibmiz faqat. B) O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar, Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar... C) Sen - shohlari osmonlarga Tegib turgan chinorim... D) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yod yaxshi. 11. Qo‘shib yozilishi kerak bo‘lgan qo‘shma so‘zlarni aniqlang. 1) Oq // saroy; 2) oq // bilak; 3) erk // sevar; 4) sof // dil; 5) oliy // janob; 6) havo // rang; 7) sher // dil; 8) xush // ovoz. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 4, 7 C) 1, 3, 5, 8 D) 1, 3, 4, 6, 7 12. Qarama-qarshi tomondagi o‘rindiqda o‘tirgan otaxon bolakayga mehr bilan tikilib turar edi. Mazkur gapda hol vazifasida kelgan yasama ot qatnashgan . Ushbu ma’lumot... A) To‘g‘ri B) Noto‘g‘ri 13. Qaysi gapda to‘pdan ajratilgan shaxs ma’nosini bildirgan olmosh ega vazifasini bajargan? A) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi. B) Kel berdilar bari kattakon chinor sari. C) Har bir inson o‘z baxti uchun kurashadi. D) Har birimiz shu jannatmakon yurt tuprog‘iga sodiq bo‘lmog‘imiz kerak. 14. Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to‘n to‘zmas. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nodoshi qatnashgan gapni belgilang. A) Maqsadi aniq inson yo‘lidan adashmaydi. B) Chol o‘g‘lining oriqlagan chehrasidan ko‘z uzib, tevarakka alangladi. C) Yiqilgan emas, yiqilib qolgan yomon, bolam. D) Boshida sochlarning ko‘paydi oqi, Kamaydi sochlarning o‘zi, darvoqe. 15. Qaysi gapda vazifadosh zidlov bog‘lovchisi uyushiq bo‘laklarni bog‘lab kelgan? A) Inson sirliligicha qolaveradi, lekin odamzod bir-birini anglab yetsagina, olam tinch, dunyo farovon bo‘ladi. B) Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda ximiklarga, balki vrachlar, adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham berilishini vasiyat qilib ketdi. C) Qo‘zg‘algan kasallikni yengish uchun tirik tanda “antitanacha”lar hosil bo‘ladi, ammo bu kasallikni yengish uchun har doim ham mikroorganizmlarning samaradorligi sezilarli bo‘lmasligi mumkin. D) Kattalar qancha ishlasa, kichiklar ham shuncha ishlar edi, biroq xo‘jayin bolalarga kam haq to‘lar edi. 16. Berilgan parchada qaysi gap bo‘laklari uyushgan? Osmonning chekkasi sariq – kir uvadaga o‘xshaydi. Bu kir shu’la qo‘ynida past-baland uylar, shamolda egilayotgan, tebranayotgan daraxtlar qop-qora ko‘rinadi. Pishqirayotgan shamol har xuruj qilganida Unsinni tentiratar, talay joyga surib tashlar edi. A) ega, aniqlovchi, kesim B) kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi C) kesim, hol, aniqlovchi D) ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi 17. Berilgan qaysi so‘zlar qatorida ikkinchi ko‘makchi morfema sifat so‘z turkumini hosil qilishga xizmat qilgan? A) o‘ynoqi, bilimdonlik, tortinchoqlik B) insonparvarlik, qiynoq, ko‘nikma C) yog‘ingarchilik, yig‘loqi, qo‘rqinchli D) mehmondorchilik, maqtanchoq, issiqlik 18. Mustaqillik farzandlari O‘zbekiston nomini dunyoga tanitmoqda, uning shuhratini olam uzra yoymoqda. Berilgan gapda otning otga tobelanishi necha o‘rinda kuzatiladi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 1 19. Qaysi gapda -lar qo‘shimchasini olgan so‘zlar faqat ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasini bajargan? A) Tunlar qulog‘imga chalinar elas, Tulporlar kishnashi, otlar gurrosi. B) Uzoqlarda zalvorli tog‘lar, Xayolimni keldilar bosib. C) Shahidlarning qirmiz qonidan, Alvon bo‘ldi qora tunlaring. D) Yillarim oqib ketdi sahifalarda, Siz goho kuldirdingiz latifalarda. 20. Hayot achchiq bir dori... Ishq unga aralashtirilgan bir shakar! Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z(lar) qaysi gap bo‘laklariga tobelanib kelgan? A) kesim va sifatlovchi aniqlovchiga B) ega va vositali to‘ldiruvchiga C) ega va kesimga D) kesim va holga 21. “Barakalla ota-oʻgʻil, bopladingiz!” Oʻgʻli Hasanboyni bagʻriga mahkam bosib, shunday deyishni diliga tukkan Ma’rufjon Hayitboyevni suhbatga tortamiz. Ushbu gapda imlo me’yorlariga amal qilinmay yozilgan so‘zlar soni nechta? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) bunday so‘z mavjud emas 22. Qaysi gapda qatnashgan yetakchi va ko‘makchi felli so’z qo‘shilmasining ko’makchi fe’l qismining asosi shakldoshlik xususiyatiga ega? A) U mavzuni darrov tushuntirib qo‘ydi. B) Do‘stim bizni bayram tadbiriga taklif qildi. C) Do’mbirachi qadimiy qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda. D) Sergaplik dushmaningdir, chunki u sening ayblaringni ochib tashlaydi. 23. Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda yasama so‘zlar haqida bildirilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) yasalish asosi ot bo‘lgan yasama fe’l qatnashgan. B) ushbu gapda affiksatsiya va kompozitsiya usulida yasalga yasama so‘zlar qatnashgan. C) yasalish asosi sifat bo‘lgan yasama ot qatnashgan. D) so‘z yasovchi qo‘shimcha ta’sirida yetakchi morfemada fonetik hodisa kuzatilgan. 24. Hamid Olimjonning hikoyalar to‘plami nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) “Ikki muhabbat” B) ”Ikki qizning hikoyasi” C) “Tong shabadasi” D) “Daryo kechasi” 25. Qaysi asar qahramoni “mavridsiz laylaklari ichida bemahal g‘urrak” deya ta’riflanadi? A) “Mehrobdan chayon” B) “Yulduzli tunlar” C) “Shum bola” D) “Kecha va Kunduz” 26. Yozuvchilarimizdan A. Qahhor va Shuhrat o‘rtasida qaysi jihatlarda o‘xshashlik kuzatishi mumkin? A) Ikkovi ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyatini davom ettirmagan. B) Ikkovi ham bolaligida yetim qolgan. C) Ikkovi ham tugallanmay qolgan asar muallifi. D) Ikkovi ham qatag‘onga uchragan. 27. Qaysi ijodkorning dastlabki she’rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932-yilda bosilib chiqqan? A) Turob To'la B) Saida Zunnunova C) Zulfiya D) Mirmuhsin 28. Rasmdagi ijodkorga tegishli bo‘lmagan asarni ko‘rsating. A) «Uch opa-singil» B) «Olchazor» C) «Garov» D) «So‘nggi saboq» 29. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlar qaysi qahramon tilidan olingan? Bolam! – deb qaytardi Rustamday uldi, Tavba qilib o‘zi axtarib keldi, Chopib tashlab, bolam, senga ne bo‘ldi? Qanday bo‘lsa, qo‘zim, manmanlik qilma, «Rustam otasini chopibdi» degan Lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma. A) Momogul B) Huroyim C) Oftoboy D) Ximcha 30. Ayol kishiga Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin. Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan. Unutibsan, Senga bir vaqt aytib bergandim, To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz Turon zamin erki uchun maydonga chiqib, Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan u ham ayol bo‘lgan, Bilib qo‘y, o‘g‘lim! Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar qaysi asarda uchraydi? A) «Sohibqiron» B) «Yulduzli tunlar» C) «O‘tkan kunlar» D) «Mirzo Ulug‘bek» 31. “Enam ham otamdan chiqib ketgan edi bir-ikki marta. Keyin qaytib kelib edi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling