Attestatsiya testlari


turkumiga oid yasama otlar sanaladi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

turkumiga oid yasama otlar sanaladi.
Yuqoridagi fikrga mos keladigan so‘zlar berilgan javobni aniqlang.
A) quchoq, o‘toq
B) sinov, tarqoq
C) qiynoq, suvoq
D) o‘choq, qo‘rqoq 
8. Bog‘ga gul ekdi. Mazkur gapning kesimi majhul nisbatdagi fe’lga aylantirilganda 
ushbu gapda bo‘ladigan grammatik o‘zgarishlar xato ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) zamon ma’nosi o‘zgaradi; 2) to‘ldiruvchi egaga aylanadi; 3) o‘timli fe’l o‘timsizga 
aylanadi; 4) fe’lda ifodalangan mayl ma’nosi o‘zgaradi.
A) 2, 3
В) 1, 3
С) 2, 4
D) 1, 4 
9. Tarkibida sof modal so‘z qatnashgan egasi yashiringan gapni aniqlang.
A) Albatta, baxtli kelajakni mehnat qilib yaratish kerak.
B) Ehtimol, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir.
C) Afsuski, rejadagi ishlarni ko‘ngildagidek bajarmadingiz.
D) Avvalo, insonning qalbi go‘zal bo‘lmog‘i kerak. 
10. Qaysi javobda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Xalq ganchin yulmoqqa cho‘zilgan qo‘lga 
Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.
B) O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar...
C) Sen - shohlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim...
D) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yod yaxshi. 
11. Qo‘shib yozilishi kerak bo‘lgan qo‘shma so‘zlarni aniqlang.
1) Oq // saroy; 2) oq // bilak; 3) erk // sevar; 4) sof // dil; 5) oliy // janob; 6) havo 
// rang; 7) sher // dil; 8) xush // ovoz
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 
B) 1, 2, 4, 7 
C) 1, 3, 5, 8 
D) 1, 3, 4, 6, 7 
12. Qarama-qarshi tomondagi o‘rindiqda o‘tirgan otaxon bolakayga mehr bilan tikilib 
turar edi. Mazkur gapda hol vazifasida kelgan yasama ot qatnashgan . Ushbu 
ma’lumot... 


A) To‘g‘ri 
B) Noto‘g‘ri 
13. Qaysi gapda to‘pdan ajratilgan shaxs ma’nosini bildirgan olmosh ega vazifasini 
bajargan? 
A) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi. 
B) Kel berdilar bari kattakon chinor sari.
C) Har bir inson o‘z baxti uchun kurashadi. 
D) Har birimiz shu jannatmakon yurt tuprog‘iga sodiq bo‘lmog‘imiz kerak. 
14. Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to‘n to‘zmas. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zning 
ma’nodoshi qatnashgan gapni belgilang.
A) Maqsadi aniq inson yo‘lidan adashmaydi. 
B) Chol o‘g‘lining oriqlagan chehrasidan ko‘z uzib, tevarakka alangladi. 
C) Yiqilgan emas, yiqilib qolgan yomon, bolam. 
D) Boshida sochlarning ko‘paydi oqi, Kamaydi sochlarning o‘zi, darvoqe. 
15. Qaysi gapda vazifadosh zidlov bog‘lovchisi uyushiq bo‘laklarni bog‘lab kelgan? 
A) Inson sirliligicha qolaveradi, lekin odamzod bir-birini anglab yetsagina, olam tinch, 
dunyo farovon bo‘ladi. 
B) Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat 
fizik hamda ximiklarga, balki vrachlar, adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham 
berilishini vasiyat qilib ketdi. 
C) Qo‘zg‘algan kasallikni yengish uchun tirik tanda “antitanacha”lar hosil bo‘ladi, 
ammo bu kasallikni yengish uchun har doim ham mikroorganizmlarning samaradorligi 
sezilarli bo‘lmasligi mumkin.
D) Kattalar qancha ishlasa, kichiklar ham shuncha ishlar edi, biroq xo‘jayin bolalarga 
kam haq to‘lar edi. 
16. Berilgan parchada qaysi gap bo‘laklari uyushgan? 
Osmonning chekkasi sariq – kir uvadaga o‘xshaydi. Bu kir shu’la qo‘ynida past-baland 
uylar, shamolda egilayotgan, tebranayotgan daraxtlar qop-qora ko‘rinadi. 
Pishqirayotgan shamol har xuruj qilganida Unsinni tentiratar, talay joyga surib 
tashlar edi.
A) ega, aniqlovchi, kesim 
B) kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi 
C) kesim, hol, aniqlovchi 
D) ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi 
17. Berilgan qaysi so‘zlar qatorida ikkinchi ko‘makchi morfema sifat so‘z turkumini hosil 
qilishga xizmat qilgan? 
A) o‘ynoqi, bilimdonlik, tortinchoqlik 
B) insonparvarlik, qiynoq, ko‘nikma 
C) yog‘ingarchilik, yig‘loqi, qo‘rqinchli 
D) mehmondorchilik, maqtanchoq, issiqlik 
18. Mustaqillik farzandlari O‘zbekiston nomini dunyoga tanitmoqda, uning shuhratini 
olam uzra yoymoqda.
Berilgan gapda otning otga tobelanishi necha o‘rinda kuzatiladi? 
A) 2
B) 3
C) 4
D) 1 


19. Qaysi gapda -lar qo‘shimchasini olgan so‘zlar faqat ikkinchi darajali bo‘laklar 
vazifasini bajargan? 
A) Tunlar qulog‘imga chalinar elas, Tulporlar kishnashi, otlar gurrosi. 
B) Uzoqlarda zalvorli tog‘lar, Xayolimni keldilar bosib. 
C) Shahidlarning qirmiz qonidan, Alvon bo‘ldi qora tunlaring. 
D) Yillarim oqib ketdi sahifalarda, Siz goho kuldirdingiz latifalarda. 
20. Hayot achchiq bir dori... Ishq unga aralashtirilgan bir shakar!
Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z(lar) qaysi gap bo‘laklariga tobelanib kelgan? 
A) kesim va sifatlovchi aniqlovchiga 
B) ega va vositali to‘ldiruvchiga 
C) ega va kesimga 
D) kesim va holga 
21. “Barakalla ota-oʻgʻil, bopladingiz!” Oʻgʻli Hasanboyni bagʻriga mahkam bosib, 
shunday deyishni diliga tukkan Ma’rufjon Hayitboyevni suhbatga tortamiz. 
Ushbu gapda imlo me’yorlariga amal qilinmay yozilgan so‘zlar soni nechta?
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) bunday so‘z mavjud emas 
22. Qaysi gapda qatnashgan yetakchi va ko‘makchi felli so’z qo‘shilmasining ko’makchi fe’l 
qismining asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?
A) U mavzuni darrov tushuntirib qo‘ydi.
B) Do‘stim bizni bayram tadbiriga taklif qildi.
C) Do’mbirachi qadimiy qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda.
D) Sergaplik dushmaningdir, chunki u sening ayblaringni ochib tashlaydi. 
23. Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi.
Ushbu gapda yasama so‘zlar haqida bildirilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) yasalish asosi ot bo‘lgan yasama fe’l qatnashgan.
B) ushbu gapda affiksatsiya va kompozitsiya usulida yasalga yasama so‘zlar
qatnashgan.
C) yasalish asosi sifat bo‘lgan yasama ot qatnashgan.
D) so‘z yasovchi qo‘shimcha ta’sirida yetakchi morfemada fonetik hodisa kuzatilgan. 
24. Hamid Olimjonning hikoyalar to‘plami nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 
A) “Ikki muhabbat”
B) ”Ikki qizning hikoyasi” 
C) “Tong shabadasi”
D) “Daryo kechasi” 
25. Qaysi asar qahramoni “mavridsiz laylaklari ichida bemahal g‘urrak” deya 
ta’riflanadi?
A) “Mehrobdan chayon”
B) “Yulduzli tunlar” 
C) “Shum bola”
D) “Kecha va Kunduz” 
26. Yozuvchilarimizdan A. Qahhor va Shuhrat o‘rtasida qaysi jihatlarda o‘xshashlik 
kuzatishi mumkin? 
A) Ikkovi ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyatini davom ettirmagan. 
B) Ikkovi ham bolaligida yetim qolgan.


C) Ikkovi ham tugallanmay qolgan asar muallifi. 
D) Ikkovi ham qatag‘onga uchragan. 
27. Qaysi ijodkorning dastlabki she’rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932-yilda bosilib 
chiqqan? 
A) Turob To'la
B) Saida Zunnunova
C) Zulfiya
D) Mirmuhsin 
28. 
Rasmdagi ijodkorga tegishli bo‘lmagan asarni ko‘rsating.
A) «Uch opa-singil»
B) «Olchazor» 
C) «Garov» 
D) «So‘nggi saboq» 
29. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi satrlar qaysi qahramon tilidan olingan?
Bolam! – deb qaytardi Rustamday uldi,
Tavba qilib o‘zi axtarib keldi,
Chopib tashlab, bolam, senga ne bo‘ldi?
Qanday bo‘lsa, qo‘zim, manmanlik qilma,
«Rustam otasini chopibdi» degan
Lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma.  
A) Momogul
B) Huroyim
C) Oftoboy
D) Ximcha 
30. Ayol kishiga
Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan?
Ayt!
Sen-ku odam bolasisan,
Qaysi bir hayvon Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin.
Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham,
Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan.
Unutibsan, Senga bir vaqt aytib bergandim,
To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz
Turon zamin erki uchun maydonga chiqib,
Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan u ham ayol bo‘lgan,
Bilib qo‘y, o‘g‘lim!
Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar qaysi 
asarda uchraydi?
A) «Sohibqiron»
B) «Yulduzli tunlar»


C) «O‘tkan kunlar»
D) «Mirzo Ulug‘bek» 
31. “Enam ham otamdan chiqib ketgan edi bir-ikki marta. Keyin qaytib kelib edi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling