Bular ham keladi hali…” deb yolg‘izlikka mahkum bo‘lgan qahramon qaysi asarga
tegishli?
A) “Ot egasi”
B) “Qil ko‘prik”
C) “Yo‘lovchi” D) “Omon ovchining o‘limi”
32. Qaysi shoir “Yurakdan avvalo Vatan rozi bo‘lishini talab qiladi. Aks holda:
«Yoril, chaqmoqqa aylan sen, Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!..» – deya yurtga nafi
tegmaydigan ijoddan o‘limni afzal biladi?”
A) U.Nosir
B) Cho‘lpon
C) X.Davron
D) H.Olimjon
33. “Bodom qishda gulladi”, “Tog‘alarga qor tushdi”, “Yashil Niva”, “Xumor” singari asarlar
qanday janrda yozilgan?
A) hikoya
B) doston
C) she’r
D) roman
34. Odamlar bo‘ri olib qochgan bolaning otini Mohiboy, baliq yutgan bolaning
otini Gurkiboy deb atashadi. Ushbu ma’lumot...
A) To‘g‘ri
B) Noto‘g‘ri
35. “Tush paytida u katta bir chuqurda ikkita tanga baliq suzib yurganini kо'rib qoldi. . . .
paqirchasi bilan baliqlarni tutib oldi. Baliqlar jimjiloqdek- jimjiloqdek kichkina edi. ...
U baliqlarni xomligicha og'ziga solib, hafsala bilan chaynay boshladi. Ishtahasi
bo'lmasa ham, ovqat yeyishga o‘zini majbur qildi, chunki yashamoq uchun ovqat yeyish
zarurligini yaxshi bilardi”. Ushbu parchada qaysi asar qahramoni tasvirlangan?
A) “Hayotga muhabbat”
B) “Asrga tatigulik kun”
С) “Garov”
D) “So‘nggi saboq”
36. Qaysi javobda Alisher Navoiy “Xamsa”siga, kiruvchi ikkinchi doston bilan bog‘liq
ma’lumot berilgan?
A) Ushbu doston ishqiy-sarguzasht doston bo‘lib, uning uchinchi hikoyatida Sa’d
jasorati haqida hikoya qilinadi.
B) Ushbu doston falsafiy-ta’limiy doston bo‘lib, mavzu muallif fikr-mulohazalarining
bayoni tarzida yoritiladi, dostondagi maqolatlar so‘ngida uni hayotiy asoslash
maqsadida hikoya yoki masal keltiriladi. C) Dostondan “gadolig‘ ixtiyor” etib,
baxtiyorlikka erishgan podshoh haqidagi: “Boshi toj tarkin qilib ixtiyor, Bo‘lib tarki toj
bila baxtiyor” misralari o‘rin olgan.
D) Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan Chin xoqonining farzandsizligi
va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi.
37. Barg ostidan muloyim boqqan iboli g‘uncha,
Ne sirni saqlagaysan, bag‘ring necha tuguncha?
Ushbu baytda qo‘llangan badiiy san’at turini aniqlang.
A) tazmin
B) tashxis
C) talmeh
D) tajnis
Do'stlaringiz bilan baham: |