Attestatsiya testlari
Olti oykim, o‘zgalarga tilayman omad
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agar ota-onangiz sizning biror gapingizni inobatga olishmasa ham, ularga avvalgiday odob bilan muomala qilishingiz kerak
Olti oykim, o‘zgalarga tilayman omad.
Olti oykim, do‘stlarim ham pana-panada Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat. Berilgan she’riy parchada qaysi kelishik qo‘shimcha(lar)i ko‘makchi bilan ma’nodoshlik hosil qilishi mumkin? A) qaratqich kelishigi qo‘shimchasi B) chiqish va o‘rin payt kelishigi qo‘shimchalari C) chiqish kelishigi D) chiqish va jo‘nalish kelishigi qo‘shimchalari 19. Qaysi gapda to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan aniqlovchilar qatnashgan? A) Kitoblar keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir. B) So‘z yovuzlarni yakson etadigan, qal’alarni yiqadigan ko‘zga ko‘rinmas quroldir. C) Birdan bir haqiqiy ne’mat odamlarning o‘zaro muloqotidir. D) Kitoblar o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir. 20. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni aniqlang. A) xatto, muxojir, zaxmatkash B) hatto, muhojir, zaxmatkash C) hatto, muhojir, zahmatkash D) xatto, muhojir, zahmatkash 21. Agar ota-onangiz sizning biror gapingizni inobatga olishmasa ham, ularga avvalgiday odob bilan muomala qilishingiz kerak. Ushbu gapda tarkibida lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha qatnashgan qo‘shma fe’l mavjud emas. Ushbu ma’lumot... A) To‘g‘ri B) Noto‘g‘ri 22. Qismlari o‘zaro kelishik qo‘shimchasi yordamida bog‘langan fe’lli birikmalarni aniqlang. 1) haqiqatni tushunish; 2) senga munosib; 3) o‘qishga qiziqib; 4) tezda harakatlanmoq; 5) gapirgan odam; 6) kecha kelgan. A) 1, 3 B) 1, 3, 4 C) 3, 5, 6 D) 1, 2, 3 23. Dasturxonga boqqan do‘st emas. Ushbu gapda ma’nosi ko‘chgan so‘z qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) vositasiz to‘ldiruvchi B) maqsad holi C) aniqlovchi D) vositali to‘ldiruvchi 24. Yo‘ldan oyna topib olgan zangi haqidagi naql kimning qaysi asarida uchraydi? A) Sa’diy Sheroziyning “Bo‘ston” B) Xo‘janazar Huvaydo “Rohati dil” C) Gulxaniyning “Zarbulmasal” D) Xojaning “Gulzor” 25. Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg‘on yomon, Ul shirin yolg‘onga mendek Aldanib qolg‘on yomon. Ushbu misralar muallifini aniqlang. A) To‘ra Sulaymon B) Abdulla Oripov C) Erkin Vohidov D) Muhammad Yusuf 26. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida Umar zakunchining hiylalariga uchgan, o‘z oilasidan voz kechgan va oqibatida taqdiri baxtsizlikka uchragan Qora ammaning kelini nomini belgilang. A) Zulayho B) Hadicha C) Ra’no D) Muqaddas 27. Navoiyning “Xamsa”sida qaysi dostonda ustoz Mulkoro tilga olinadi? A) “Sabbai Sayyor” B) “Farhod va Shirin” C) “Layli va Majnun” D) “Saddi Iskandariy” 28. Qaysi ijodkor asarlarida oltin izlovchilar, oltinni qo‘lga kiritish yo‘lida turli mashaqqat va sarguzashtlarga duch kelgan insonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi? A) Alfons Dode B) Anton Pavlovich Chexov C) Jek London D) Ernest Seton-Tompson 29. Robindranath Thakurning “Shubxa” hikoyasida “shirin zabon” ma’nosini beruvchi ismni toping. A) Shubxashini B) Shukeshini C) Shuxashini D) to‘g‘ri javob berilmagan 30. Urayxon, Ahmadbek ismli o‘g‘illari va Bibi Oyisha ismli qizi bo‘lgan Odilxon ismli qahramon xalq dostonlarining qay birida uchraydi? A) “Alpomish” B) “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” C) “Rustamxon” D) “Kuntug‘mish” 31. Qaysi dramatik asarda "Bu kecha tushimda payg‘ambarni ko‘rdim, sizni so‘rab yubordilar",- deya xushomadgo‘yligi evaziga chopon kiygan obraz uchraydi? A) "Mehrobdan chayon" B) "Advokatlik osonmi?" C) "Abulfayzxon" D) "Sohibqiron" 32. Qaysi javobdagi ma’lumot Odil Yoqubov haqida? A) Uning “Studentlar” asari ijodidagi birinchi asari hisoblanadi. B) U "Alhazar" satirik va yumoristik asarlar to‘plami muallifidir. C) Uning ilk asari − "Tengdoshlar" qissasi, harbiy xizmatda ekanida yozilgan. D) U bolalarga bag‘ishlab "Dunyo bolalari" nomli hikoyalar to‘plamini nashr qildirgan. 33. “Sensiz O‘zbekiston – O‘zbekistonmas, Sensiz keng jahon ham sira jahonmas, Toshbu!” – deya o’zbek ayollarining urush yillari front ortidagi og’ir, mashaqqatli hayotini ifodalagan shoir kim? A) Omon Matjon B) Mirtemir C) Rauf Parfi D) Oybek 34. “Loy kitob”, “Maymun yili”, “Az i Ya” kabi asarlar muallifini toping. A) O‘ljas Sulaymonov B) Rauf Parfi C) Shukur Xolmirzayev D) A. Qodiriy 35. «Sohibqiron» dramasida uning tug‘ilishi bilan bog‘liq: Nabiramiz sen, ... Shohruhning o‘g‘li, Tug‘ilganding jang mahali, Eronzaminda, yillar o‘tib ketibdi-ya... Yodimda hamon Tavalluding sharafiga raqiblarimni Afv etgandim, bergan edim elga omonlik...» kabi misralar bor. Keyinchalik bu bolakay asardagi hatto Aloviddinni ham shatranj o‘yinida mag‘lub etadi. Ushbu ma’lumot Temurning qaysi zukko nabirasi haqida? A) Pirmuhammad B) Ulug‘bek C) Abu Said D) Ibrohim Sulton 36. Shekspirning “Hamlet” tragediyasida Qirol quyidagi so‘zlarni kimga aytadi? “Xushxabar darakchisi eding hamisha”. A) Poloniyga B) Malikaga C) Rozenkransga D) Hamletga 37. Qaysi baytda husni ta’lil san’atidan foydalanilgan? A) Quyosh Oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur. B) Nafs kofiri birla tun-u kun qildim urushni, Tanho qilichi birla urub, qiymalab o‘ttum. C) Dushman-u do‘st orasida men g‘ofilni mudom Besar-u po qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. D) Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur, Jahon husnin borin sizga beribdur. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling