Attestatsiya testlari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olimning yomonligi kemaning sinishiga o‘xshaydi, chunki kema sinsa, ham
12-VARIANT
1. Hokim so‘z olmosh bilan ifodalansa, qaysi so‘z birikmasi guruhiga kiradi? A) fe’lli so‘z birikmasi B) olmoshli so‘z birikmasi C) sifatli so‘z birikmasi D) otli so‘z birikmasi 2. So‘z birikmasida qaysi so‘z aniqlanib, to‘ldirilib, izohlanib keladi? A) tobe so‘z B) hokim so‘z C) tobe so‘z hokim so‘zdan keyin kelganda izohlanib keladi D) tobe so‘z ham hokim so‘z ham izohlanib keladi 3. Tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lashga xizmat qiluvchi so‘zlar qanday nomlanadi? A) modal so‘zlar B) yuklamalar C) bog‘lovchilar D) ko‘makchilar 4. Qaysi gap tarkibida otli so‘z birikmasi berilgan? A) Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni. B) Bilgan topib gapirar. C) O‘qishga yana buzuq mashinada ketamiz. D) Bo‘zchi belbog‘ga yolchimas. 5. Johil va nodonlar bilan hech qachon bahslashmang. Ushbu gap tarkibida nechta fe’lli so‘z birikmasi mavjud? A) 1 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 6. Bolalar uzoq joyda qiyinchilik bilan ulg‘ayibdilar. Gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi so‘zga tobe sanaladi? A) bolalar B) ulg‘ayibdilar C) bu so‘z tobe emas D) joyda 7. Bir qishloqdan ancha quyidagi bir joyda Hasanni bir cho‘pon, boshqa yerda Hasanni bir hunarmand qutqaribdi. Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qaysi so‘z(lar)ga tobelangan? A) bu qishloqdan B) qutqaribdi C) bir cho‘pon, bir hunarmand D) bir joyda, boshqa yerda 8. Opamning kitobi, qizil gul, uyga kirmoq birliklari bog‘lanishning qaysi turiga kiradi? A) so‘z qo‘shilmasi B) so‘z birikmasi C) teng bog‘lanish D) A va C 9. Yurtimizda chiroyli va osmono‘par binolar qurilmoqda. Ushbu gapdagi sintaktik aloqalar (grammatik bog‘lanishlar) sonini aniqlang. A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 4 ta 10. Ikki so‘zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishi... A) so‘z birikmasi B) tobe bog‘lanish C) so‘z qo‘shilmasi D) qo‘shma so‘z 11. Keng va bepayon adirlarda ungan nafisgina lolaqizg‘aldoqlar mayin tebranardi. Mazkur gapda so‘zlar bir-biriga nisbatan nechta sintaktik aloqani tashkil qilgan? A) 6 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 9 ta 12. Yurtimizning farovonligi, tinchligi va iqboli bizga bog‘liq. Ushbu gapda so‘z birikmalari soni nechta? A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta 13. Qaysi gapda so‘zlarning teng bog‘lanishi (so‘z qo‘shilmasi) berilgan? A) Ularga choyni achchiq-achchiq damlanglar. B) Vatan mung‘aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi. C) Kecha kechqurun Salim biznikiga keldi. D) Birga-birga o‘ynab o‘sgan mehribonlarga salom. 14. Qaysi javobda so‘z birikmasi berilgan? A) shoshib qolmoq B) qolib ketmoq C) ketib qolmoq D) qolib ishlamoq 15. ... zavqli mehnat bilan tinch yashay boshladi. Ushbu gapdagi otli birikma haqida to‘g‘ri hukmni toping. A) hokim qismi sifat bilan ifodalangan B) har ikkala qismi ham ot bilan ifodalangan C) tobe qismi yasama so‘z bilan ifodalangan D) tobe qismi tub so‘z bilan ifodalangan 16. Ukasi Husan qanday qilib baxtli bo‘lgani, o‘z harakatlari, tadbirkorligi haqida so‘zlab beribdi. Ushbu gapda tagiga chizilgan so‘z o‘zi tobe bo‘lib kelgan hokim so‘zga qaysi vosita bilan bog‘langan? A) kelishik B) ohang C) ko‘makchi D) egalik 17. So‘z birikmasi berilgan qatorni aniqlang. A) olam go‘zal B) ko‘nglida kir yo‘q C) sotib yubormoq D) onasining qizi 18. So‘zlarning bog‘lanishi berilmagan javobni toping. A) ilm yo hunar B) oydin kecha C) kulib gapirdi D) Vatan uchun 19. Qaysi qatordagi teng bog‘lanishning ikkala qismi ham yasama? A) quvnoq ishchilar B) onam bilan otam C) aqlli va ishchan D) gulli ko‘ylak 20. Hokim so‘z ravishdosh bilan ifodalangan fe’lli birikmani toping. A) gulni sevmoq B) senga ko‘p C) hurmat bilan yondashgan D) kelajakni o‘ylab 21. Men anchadan beri shu shaharda yashab, o‘qib, ishlab kelyapman. Berilgan gapdagi so‘z birikmalari sonini aniqlang. A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta 22. Hokim so‘z ham, tobe so‘z ham shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘z birikmasini toping. A) sirli dunyo B) toza suv C) yangi bino D) yosh nihol 23. Qaysi javobda fe’lning vazifa shakllari faqat ohang jihatdan hokim so‘zga tobelanib bog‘langan so‘z birikmalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) faxrlanib gapirish; 2) tez yugurish; 3) ibratli tashabbus; 4) haydalgan yer; 5) yeyishli olma; 6) oqar daryo; 7) o‘ylab gapirmoq. A) 1, 4, 6, 7 B) 1, 4, 5, 6, 7 C) 2, 4, 7 D) 1, 2, 7 24. She’riy parchadagi fe’lli so‘z birikmalarini toping... Ko‘zlarim hali harf tanimas edi, Qalam ushlolmasdi hali qo‘llarim. Kapalakning izidan quvib tinmasdim, Yulduzlarni sanar edim tunlari. A) 4 ta B) 6 ta D) 7 ta D) 8 ta 25. Ular Hofiz, Bedil, Navoiy va Fuzuliy baytlarini tahlil qilishdi. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor? A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta 26. Bu o‘lkada iqlim o‘rtacha, suv mo‘l, yer unumli, quyosh nuri yetarli. Ushbu gapda so‘z birikmalar soni nechta? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 27. Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati. Ushbu gapda so‘z birikmalari soni nechta? A) 7 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 5 ta 28. Qaysi qatorda so‘z birikmasi berilmagan? A) tog‘ balandligi B) ko‘ngil qo‘ymoq C) novcha yigit D) tesha bilan maydalamoq 29. Hayotjon G‘ulomjonning mardligiga, chidamliligi, qanoatliligi va sadoqatiga qoyil qoldi. Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan? A) 7 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 5 ta 30. Hunarmand yigit o‘z kasbini, uyini, oilasini juda qadrlar ekan. Ushbu gapda tobe bog‘lanishlarda ham tobe, ham hokim qism bo‘la olgan nechta so‘z bor? A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta 31. Olovqalb va shijoatli yoshlarimizning o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishi yurtimizning porloq kelajagiga ishonchimizni mustahkamlamoqda. Ushbu gapda gap bo'laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan? A) 9 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 8 ta 32. Tobe qismi sodda yasama fe’l bilan ifodalangan otli birikma qatnashgan gapni aniqlang. A) Sportchimiz og‘ir jarohatlangani tufayli keyingi musobaqalarga kela olmadi. B) Mashhur shoirlarimizning hayoti va ijodini o‘rganish asosiy vazifamizdir. C) Dalada rohatlanayotgan bolakaylarga havas bilan boqdi. D) Uning qo‘ng‘iroq sochlariga tegishib o‘tgan o‘ynoqi shabada husniga husn qo‘shar edi. 33. O‘z muallimi va ustozini e’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud? A) 8 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta 34. Ota-onangiz, qavm-qarindoshlaringiz, yor-birodarlaringizning ahvolini so‘rashni, ularni yo‘qlashni unutmang. Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan? A) 7 ta B) 8 ta C) 5 ta D) 6 ta 35. Qaysi gapda fe’lli so‘z birikmasi mavjud emas? A) Barkamol yoshlar tarbiyasi asosiy vazifamizdir. B) Ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash, albatta, dolzarb mavzudir. C) O‘z fikrini to‘g‘ri ifodalay olish kishining zakovatidan dalolat beradi. D) O‘z-o‘zidan ravshanki, bu kitobni biz qayta-qayta tahlil qilamiz. 36. Bugungi kunda har bir xalq umumbashariy taraqqiyot yutuqlarini o‘rganishga intilmoqda. Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Ushbu gapda qismlari kelishik yordamida bog‘langan so‘z birikmasi mavjud. B) Ushbu gapda otli so‘z birikmasi mavjud. C) Ushbu gapda qismlari ko‘makchi yordamida bog‘langan so‘z birkmasi mavjud. D) Ushbu gapda fe’lli so‘z birikmasi. 37. Olimning yomonligi kemaning sinishiga o‘xshaydi, chunki kema sinsa, ham Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling