Attestatsiya testlari
Deydilar, tuflasang osmonga
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqlli, es-hushli, tadbirli inson so‘z boshlar, suhbatdosh jim bo‘lgan zamon.
Deydilar, tuflasang osmonga,
Yuzingga tushgaydir begumon. (A.Oripov) Ushbu misralarda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang. A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 40. Quyida berilgan gapda qanday qo‘shimcha yo‘q? Yaxshilik insonning umrini ziyoda qiladi. A) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha B) lug‘aviy shakl yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar C) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar D) qo‘shimchalarning barcha turi bor 41. Dunyoviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlarni tarbiyalash shu kunning bosh vazifasidir. Ushbu gapda yasama so‘zlar soni − A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta 42. Tinchliksevar so‘zi tarkibida nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 43. Berilgan birliklardan qaysi biri yasama so‘z hisoblanmaydi? A) sharsharalarni B) javob bermoq C) aytib qo‘ymoq D) qoraymoq 44. Berilgan qaysi so‘zlarda be- va -siz qo‘shimchalarini o‘zaro ma’nodosh qo‘shimcha sifatida qo‘llab bo‘lmaydi? A) fayz, axloq B) hafsala, gunoh C) bosh, chora D) berilgan so‘zlarda o‘zaro ma’nodosh qo‘shimcha sifatida qo‘llash mumkin 45. Qaysi yasama so‘zda lab undoshi ishtirok etgan? A) savlat B) gulzor C) bilimdon D) oshiq 46. -in qo‘shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan? A) tiqin, yig‘in B) chirkin, yog‘in C) to‘kin, erkin D) qo‘shin, otashin 47. Tub so‘zni toping. A) sanamoq B) ranjimoq C) yo‘lamoq D) taqamoq 48. Tarkibida yasama so‘z mavjud bo‘lgan gapni toping. A) Ertani degan uzoqni ko‘zlar. B) Joy olma, qo‘shni ol. C) Olimdan ot qoladi, nodondan - dod. D) Tekinning minnati ko‘p, mehnatning - ziynati. 49. Sudrattirmoq so‘zi tarkibidagi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha hisoblanadi? A) lug‘aviy shakl yasovchi B) so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi C) lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi D) sintaktik shakl yasovchi 50. -q qo‘shimchasi qaysi asoslardan faqat sifat yasaydi? A) titra, chanqa, suva B) porla, tarqa, qayna C) o‘ta, taya, sana D) tara, qula, ata 51. Qaysi qatordagi yasama so‘zlar tarkibida faqat jarangsiz undoshlar mavjud? A) toshloq, qaynoq B) paxtakor, sochiq C) to‘shak, ichki D) ko‘makdosh, ko‘rgazma 52. Qaysi qatordagi gapda qo‘shma fe’l berilgan? A) Dadasining qo‘lidan ushlab, dikir-dikir sakrab, o‘ynoqlab keta berdi. B) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. C) Bugun havo juda isib ketdi. D) Mashinada u-bularni yuborasiz. 53. Qaysi qatorda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro omonimlik (shakldoshlik) hosil qilgan? A) to‘plam-akam B) ishlang-opang C) do‘sti-boyi D) barchasi to‘g‘ri 54. Aqlli, es-hushli, tadbirli inson so‘z boshlar, suhbatdosh jim bo‘lgan zamon. (S.Sheroziy) Ushbu gapda nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 55. Faqat lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etgan so‘zlarni toping. A) giyohlarni, ajratildi, topilgan B) asabiylashmoq, kelinchak, keltirish C) kulimsiramoq, ellardagi, ketguncha D) aybsitmoq, ulg‘aytirgan, bormadi 56. Qaysi gapda uchta yasama so‘z ishtirok etgan? A) Ha, bu yurtlar chiroyli, daraxtzor bo‘lgani bilan sovuq. B) Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchi bo‘lganday keskin gapirdi. C) Semizlikni qo‘y ko‘tarar deganlaridek, Omonga badavlatlik yoqmas edi. D) U bolalikdan dorbozlarning o‘yinlarini yoqtirar edi. 57. Ravish asosli sodda yasama fe’l ishtirok etgan gaplarni aniqlang. 1. Bugun sen ataylab ishga kechik. 2. Shunday xastalar bo‘ladiki, ularni faqat so‘z bilan davolamoq zarur. 3. Birov suv topolmaydi ichgani, birov kechik topolmaydi kechgani. 4. Yaxshilik urug‘i ko‘payaversin. A) 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 1,4 D) 3, 4 58. Suronli yillarda olis janggohlarda mardlarcha halok bo‘lgan vatandoshlarimizni aslo unutmasligimiz lozim. Mazkur gap tarkibidagi yasama so‘zlarning soni va turkumini aniqlang. A) 1 ta sifat, 2 ta ot, 1 ta ravish, 1 ta fe’l B) 1 ta sifat, 1 ta ot, 1 ta ravish, 1 ta olmosh C) 2 ta sifat, 1 ta ot, 1 ta fe’l, 1 ta olmosh D) 1 ta sifat, 2 ta ot, 1 ta ravish, 2 ta fe’l 59. “Tezkorlik” so‘zining yasalish asosi haqidagi noto‘g‘ri mulohazani belgilang. A) yasama so‘z B) -roq qo‘shimchasini qabul qila oladi C) tarkibidagi qo‘shimcha shakldoshlik xususiyatiga ega D) ravish turkumiga mansub 60. Qaysi gapda faqat bitta tub so‘z mavjud? A) Rahmsizlik hamisha ojizlik, qo‘rqoqlik, vahimada kelib chiqadi. B) Xatoliklar nisbati o‘zgarishi umumiy ko‘rsatkichga ta’sir qilmaydi. C) Millionlab insonlar iymon sari yuz tutdi. D) Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar o‘likdir. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling