Attestatsiya testlari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

jo‘nashdi. Ushbu gapda omonimlik xususiyatiga ega ko‘makchi morfema(lar) 
qatnashgan nechta so‘z bor? 
A) 5 ta 
B) 7 ta 
C) 6 ta 
D) 8 ta 
14. Shaxsi noma’lum gap qaysi javobda berilgan?
A) Eshik ochiq bo‘lsa ham so‘rab kir.
B) Bu yerda o‘rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak.
C) Ko‘p o‘tmay tandir kabobni ochish marosimi boshlanadi.
D) Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. 
15. Berilgan qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘z yasama hisoblanadi?
A) Chiroq xira nur taratardi.
B) U tiniq suvdan qonib-qonib ichdi.
C) Boburni beixtiyor shirin xayollarga berildi.
D) Bolaning o‘tkir zehniga qoyil qolish kerak. 
16. Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan.
B) Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan.
C) Kimning ko‘ngli ochiq bo‘lsa, uning el o‘rtasidagi martabasi ulug‘ bo‘ladi.
D) Berilgan gaplarning barchasi nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gap sanaladi. 
17. Nihoyat, afting qurg‘ur ..... Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying.
A) asfalasofilinga ravona bo‘libdi 
B) qazo qilibdi 
C) o‘libdi 
D) to‘g‘ri javob yo‘q 
18. Sulton Mahmudning qiyofasidan obro‘li, martabali zot ekanini fahmladi
Ushbu gapdagi sifatlarning antonimi ishtirok etgan javobni aniqlang.
A) Ko‘p o‘tmay Abdurahmon madrasa ahli orasida ham beobro‘ bo‘lib qoldi. 
B) Bu muloyim tog‘ yigitining o‘sha kungi so‘zlari beozor qizning yuragida tug‘yon 
qo‘zg‘adi.
C) Yo‘ldan urdi qaysi bir makkor? Ochig‘ini so‘zlagil, beor! 
D) Tun bo‘yi beorom to‘qiganim ul - tivit ro‘mol emas, kechir, onajon. 
19. O‘zbek tilidan boshqa tillarga o‘zlashgan so‘zlarni aniqlang.
A) kurash, utyug, chala
B) lag‘mon, shiypon, palov
C) hokim, saltanat, podsho
D) yonbosh, chala, omad 
20. Telegramma ish qog‘ozida hech qanday tinish belgisi qo‘llanilmaydi. Ushbu 
ma’lumot… 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 


21. -li, -(v)iy, -simon, -shunos, -siz, no-, -mand, -dor ushbu qo‘shimchalarning barchasi 
sifat yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi. Ushbu ma’lumot… 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
22. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang.
A) toyifa, musobaqa, jarrox
B) jarrox, jangovor, toifa
C) hasis, musoboqa, maxsulot
D) xasis, mahsulot, tomosha 
23. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Muloyimlik rizq sari yetaklovchi kalit.
B) Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar qorong„ilikka jimgina cho„kdi.
C) Xullas, shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi.
D) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa dovyuraklarni qo‘rqitolmadi. 
24. Qaysi javobdagi ma’lumot Odil Yoqubov haqida?
A) U bolalarga bag‘ishlab "Dunyo bolalari" nomli hikoyalar to‘plamini nashr qildirgan.
B) U "Alhazar" satirik va yumoristik asarlar to‘plami muallifidir.
C) Uning "Xandon pista" deb nomlangan hajviy to‘plami bor.
D) Uning ilk asari "Tengdoshlar" qissasi, harbiy xizmatda ekanida yozilgan. 
25. Fuzuliyning “Dahr bir bozordir – har kas mato‘in arz edar” baytini aytgan oddiy 
qorovul Tohir aka obrazi qaysi asarda uchraydi?  
A) “O‘tkan kunlar”
B) “Kecha va kunduz”
C) “Mehrobdan chayon”
D) “Yulduzli tunlar” 
26. “Xatolar komediyasi” pyesasi muallifi kim?
A) Sharof Boshbekov
B) Jorj Bayron
C) Alfons Dode
D) Uilyam Shekspir 
27. Qaysi asar qahramoni “z” va “s” tovushlarini ayta olmaydi, boshqacha talaffuz qiladi?
A) “Dunyoning ishlari” qissasidagi Shayx
B) “Qorako‘z majnun” hikoyasidagi Bo‘rivoy
C) “Shum bola” qissasidagi Omon
D) “Sohibqiron” dramasidagi elchi 
28. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. Xalqimizning mumtoz qo‘shiqlaridan 
biriga aylangan yuqoridagi misralar kimning ijod mahsuli sanaladi?
A) Navoiy
B) Ogahiy
C) Bobur
D) Furqat 
29. “Sab’ai sayyor” dostonida Jobir Suhaylning qanday fazilati uchun o‘ldirmay, zindonga 
soladi?
A) to‘g‘riso‘zligi
B) jur’atliligi
C) ko‘rkamligi
D) topag‘onligi 


30. Ibrohim Qo‘nonboyev “Iskandar”, “Mas’ud”, “Azim rivoyati” kabi dostonlar 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling