Attestatsiya testlari
Matnni o‘qing va savollarga javob bering
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Rivoyat Keksa donishmand o‘z nabirasiga shunday hayotiy haqiqatini so‘zlab berdi: – Har bir inson qalbida ikki kuch doimiy kurashishadi. Bu xuddi ikkita bo‘rining olishuvisiga o‘xshaydi. Bo‘rilarning birisini bejizga yovuzlik timsoli deyilmaydi: unda hasad, xusumat, g‘araz, alam, adovatsizlik, behurmatsizlik xudbinlik, yolg‘on kabi illatlari mujassam. Ikkinchi bo‘ri esa ezgulik va yaxshilikni timsoli: unda mehr, muhabbat, saxovat, sadoqat, umid va ishonch kabi fazilatlar jamlangan. Har ikkisi o‘zaro murosasiz, betinimsiz olishadi. Bobosining so‘zlaridan g‘oyat ta’sirlangan nabira biroz o‘ylanib turgach so‘raydi: – Oxirisida qaysi bo‘rini yengadi? Donishmand tabassum bilan shunday javobni berdi: – Qalbingdagi qaysi bo‘rining ko‘proq parvarishlasang, o‘sha yengib chiqadi. 38. “Rivoyat” matnida noto‘g‘ri qo‘llangan kelishik qo‘shimchalari to‘liq ko‘rsatilgan qatorni toping? A) qaratqich kelishigi, chiqish kelishigi, o‘rin-payt kelishigi. B) qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo‘nalish kelishigi. C) tushum kelishigi, o‘rin-payt kelishigi, qaratqich kelishigi D) jo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi, chiqish kelishigi. 39. Matnda yovuzlik timsoli bo‘lgan bo‘ri oxir-oqibat yutib chiqishi haqida ma’lumot berilgan. Ushbu ma’lumot… A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 40. Matn mazmuniga mos keladigan fikrni aniqlang. A) Mening nafsim balodur, yonar o‘tga soladur. B) Nafsini jilovlagan sulton bo‘lar. C) Nafsning yomoni – baloning koni. D) Olg‘irlik ofat keltirar, badnafslik – halokat. 18-VARIANT 1. Qaysi gapda sifat turkumiga oid so’zlar aniqlovchi hamda hol vazifasida kelgan? A) O’ziyam juda g’alati odam , sergapmi, kamgapmi , bilib bo’lmaydi. B) Daraxtlarning sariq barglari ko’zga shunday jozibali ko’rinadiki, bahri diling ochiladi. C) Chodir eshigiga osilgan kimxob parda Humoyunning qo’liga mayin va salqin tegdi. D) Oyning kumushsimon tumanli nuriga cho’mgan osmonda yulduzlar siyrak edi. 2. Qo‘shma gap berilmagan javobni aniqlang. A) Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqin bo‘ladi. B) Bularning bari tushimmidi, bilolmadim. C) Bir so‘z bilan aytganimizda, O‘zbekiston Amir Temur orzu qilgan yurtga aylanib bormoqda. D) Ota-onasi shaharda o‘qisin deb, Buxoroga ko‘chib kelishibdi. 3. Tarkibida ravish o‘rnida kelgan sifat mavjud bo‘lgan so‘z birikmasini aniqlang. A) tiniq daryo B) ko‘p odam C) yaxshi kiyingan D) tez kelmoq 4. Zero, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yguvchilar uchun, yosh avlod uchun, eng birinchi galda onalarning ma’naviy qiyofasi, muloqat madaniyati, axloqiy olami namuna maktabidir. Ushbu gapda ega gap bo‘lagi ajratilgan. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 5. Mirmuhsinning quyidagi asarlaridan qaysi biri roman janrida yozilmagan? A) “Cho‘ri” B) “Umid” C) “Chiniqish” D) “Degrez o‘g‘li” 6. O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari // davlat bayrog’i, davlat gerbi va davlat madhiyasi milliy iftixorimiz , sharaf-shonimiz sanaladi. Ushbu gapda // belgisi o’rnida qanday tinish belgisi ishlatilishi kerak? A) ikki nuqta B) tire C) vergul D) nuqtali vergul 7. Qaysi qatorda tarixiy so‘zlarga misollar berilgan? A) sas, sado B) andava, yigirmoq C) ellikboshi, mingboshi D) gavora, huvnon 8. Quyida keltirigan she’riy parchada qaysi kelishik belgisiz qo‘llangan? Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling