Attestatsiya testlari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

o‘chini olish uchun jangga otlanib, Sario‘zakda bo‘lgan omonsiz olishuvga yarador 
bo‘ladi. Ushbu gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay uslubiy jihatdan noto‘g‘ri 
qo‘llangan qo‘shimchalar soni nechta?
A) 5 ta
B) 2 ta
C) 4 ta
D) 3 ta 
20. Qaysi javobda uslubiy xoslangan yasama so‘zlar berilgan?
A) tirjaymoq, turg‘izmoq
B) tabassum qilmoq, kulmoq
C) ming‘irlamoq, bayon etmoq
D) yurgazmoq, so‘zlamoq 
21. Qaysi javobdagi gaplarda qatnashgan ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan 
kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirib bo‘ladi?
1) Sardor akasining qahramonliklarini faxr bilan gapirib berdi; 2) Salima va Dildora 
telefon orqali gaplashishdi; 3) Bu sovg‘alarni atayin onam uchun oldim; 4) 
Hunarmandchilikning sir-u asrorini chidam va matonat bilan o‘rganish kerak.
A) 3, 4
В) 1, 2
С) 1, 4
D) 2, 3 
22. Sovimoq, muhum, tushunmoq so‘zlarining barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan
Ushbu ma’lumot... 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
23. Darhaqiqat O‘zbekistonning qayeriga borsangiz darxon kenagas jaloyir bahrin nayman 
kabi joy nomlariga duch kelishingiz mumkin. Ushbu parchada necha o‘rinda vergul 
tushirib qoldirilgan?
A) 4
B) 7
C) 6
D) 5 
24. Xalq dostonlaridan birida o‘zga yurtga otlangan o‘g‘liga: «Kechsang yomon bo‘lar ota-
onadan», «Oldingdan kim chiqsa, besalom o‘tma», «Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi 
ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot!», - deya nasihatlar qilgan ota, Go‘ro‘g‘lining 
tarbiyasini olgan dongdor polvon, nomi keltirilgan javobni aniqlang.
A) Qoraxon («Kuntug‘mish»)
B) Boybo‘ri («Alpomish»)
C) Boysari («Alpomish»)
D) Hasanxon («Ravshan») 
25. Qaysi shoir o‘z lirik asarlaridan iborat majmuasini yilning fasllariga qiyosan to‘rt kitob 
(devon) holida yaratib, umrning to‘rt davrini (faslini) yoshga mos tarzda taqsimlab 
chiqadi va har bir kitobni alohida-alohida nomlaydi?
A) Ogahiy
B) Bobur
C) Alisher Navoiy
D) Furqat 
26. Qaysi javobdagi ma’lumot «Qutadg‘u bilig» asari haqida?
A) Bu asar - o‘zbek nasrining o‘ziga xos kashfiyoti. Unda Amir Temurning Hindiston 


urushi tasviri tushirilgan Bog‘i Dilkusho haqida ham ma’lumot berilgan.
B) Bu asarda, asosan, payg‘ambarlar hayoti hikoya qilinadi, undagi qissalarning bosh 
qahramonlari turlicha bo‘lsa-da, ularni bir zot - Muhammad alayhissalom siymosi 
o‘zaro birlashtirib turadi.
C) Bu asarning 31-bobida shoir hukmdorlikka, beklikka loyiq shaxsda qanday insoniy 
fazilatlar bo‘lishi lozimligi masalasini atroflicha badiiy-axloqiy tadqiq va tahlil qiladi.
D) Bu asarda yapaloqqush va boyo‘g‘lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan 
bo‘lib, 400 dan ortiq maqol va matallar keltirilgan. 
27. Qaysi javobda Ogahiy asari ko‘rsatilgan?
A) «Munshaot»
B) «Gulshani davlat»
C) «Gap ta’rifida»
D) «Sab’at-u abhur» 
28. Avaz O‘tar «Til» g‘azalida siz-u bizni til o‘rganishga, ayniqsa, «g‘ayri tilini bilishga sa’y 
qilish»ga, ya’ni chet tillarni o‘rganishga da’vat qiladi. Ushbu ma’lumot...
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
29. O‘spirinligida qayerda go'riston bo‘lsa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini. ko‘rib: 
«Ey odamzod, oxir o'lib boshingga tushadurgon ish bu», - deb yig‘lab yurardi. 
O‘g‘illaridagi bunday ilohiy ishq sirlarini tushunmagan ota-onasi xavotir va tashvishga 
tushadilar. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor hayotiga oid?
A) Mashrab
B) Avaz О‘tar
C) Muqimiy
D) Furqat 
30. Navoiy «Xamsa»sidagi qaysi doston qahramoni o‘z raqibiga qarata: «Bu bo‘lg‘ay dard-u 
ishq oyini, vah-vah?!
Vafo-u mehr sharti, ollah-ollah?!
Kishi ishqida zor olmoq bu bo‘lg‘ay?!
G‘amidin beqaror o‘lmoq bu bo‘lg‘ay?!» - deya tanbeh beradi?
A) «Sab’ai sayyor»
B) «Saddi Iskandariy»
C) «Hayrat ul-abror»
D) «Farhod va Shirin» 
31. «Mirzo Ulug‘bek» fojiasida qatnashmaydigan obraz berilgan javobni aniqlang.
A) Ota Murod
B) Sakkokiy
C) Berdiyor
D) Buqalamun 
32. Qaysi adib Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida tug‘ilgan bo‘lib, uning oilasi asli 
Tataristondan kelgan?
A) Shuhrat
B) Odil Yoqubov
C) Asqad Muxtor
D) Said Ahmad 


33. Qaysi javobda Odil Yoqubovning pyesalari berilgan?
A) «Muzaffar Temur», «Chin muhabbat»
B) «Dastlabki qadam», «Er boshiga ish tushsa»
C) «Ko‘hnа dunyo»,«Adolat manzili»
D) «Shohi so‘zana», «Ayajonlarim» 
34. «Yulduzlar mangu yonadi» asarida butun umr davomida farzandsizlik azobidan 
qiynalgan, qo‘shni kelinning beshikdagi bolasini ovutib o‘tirganda onalik baxtidan bir 
lahza totinib dunyodan ko‘z yumgan Oymomo obrazi uchraydi. Ushbu ma’lumot... 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
35. - Ishga kirganiga to‘rt oy bo‘ldi-yu, to‘rt yillik charchadi bolam! - dedi ona. - To‘rt yillik 
qaridi bolam! Bola tug‘ish, katta qilish osonmi? Ko‘cha-ko‘yda yurib, gapira berasizlar-
da! « To‘rt oy endi bo‘ldi-ya!..» Og‘zingizning bir chekkasidan chiqadi!.. Yo‘q, 
aravakashligi qursin! Boshqa ishga beramiz... bo‘lmadi bu. «Kecha va kunduz» 
romanidan olingan ushbu parchada onasi tomonidan qayg‘urilayotgan aravakash 
obrazi nomi qaysi javobda berilgan?
A) Hakimjon
B) O‘lmasjon
C) Zunnun
D) Xolmat 
36. Senga mendan xabar bersalar,

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling