Gipoteza (taxmin yoki faraz qilish) - bu predmet to’g’risida yoki
voqyeylik to’g’risida taxmin qilish. Hali isbotlanmagan fikrdir. Uning aniqligi
eksperiment orqali aniqlanadi.
Tushuncha - voqyeylikning mohiyatini anglatadi. Ko’p vaqt o’rganish
natijasida bilish. Buning uchun ilmiy tadqiqotning turli usullaridan foydalaniladi.
Kategoriya - dunyoviy voqyeylikning qonuniy aksi to’g’risida umumiy
tushuncha. U o’z ichiga ko’pgina voqyeylikni qamrab oladi.
Analiz (taxlil) - parchalash, qismlarga bo’lish, taxlil qilish orqali ayrim
kimyoviy elementlarning o’simlik hayotiga ta’siri (o’g’itlar me’yori, turlicha
ishlov berish va shu kabilar) o’rganiladi.
Sintez - birlashtirish, ulash, tashkil etish. Turli tadqiqot natijalarini,
dehqonchilikdagi ilg’orlar tajribasini o’rganish natijasida eng makbul shaklini
tanlash.
Nazariya (teoriya) – kishi tafakkurida, ongida voqyeylikni, ilmiy tajriba
natijalarini umumlashtirish. Nazariya amaliyotni boyitadi, rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |