Ату ва ииа маърузалар матни doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
d
h М ⋅ ⋅ = 100 (DJ-N); bu yerda, M- bir galgi sug’orish me’yori , m 3 / ga h – tuproqning aktiv qatlami , m d – tuproqning hajmiy massasi, t/m 3 DNS – dala nam sig’imi, quruq tuproqqa nisbatan % hisobida N – sug’orishdan oldingi tuproq namligi, quruq tuproqqa nisbatan % hisobida 100 – % dan m 3 ga aylantirish koeffisiyenti. Misol: = 60 sm = 1,3 t/m 3 DNS = 25% N = 16 % M = ? d) Tajribadagi hisob-kitoblar va kuzatishlar. Buning uchun hisob –kitoblar o’tkaziladigan mahsus model o’simliklar ajratiladi. Paykalning uch joyidan (boshi, o’rtasi, oxiri) 33–34 tadan o’simlik ajratiladi va etiketkalanadi. Vegetasiya davomida ularda hisob-kitob va kuzatishlar olib boriladi. 1. Fenologik kuzatishlar 2. O’simliklar qalinligi 3. O’simlik balandligi 4. Quruq moddaning to’planishi 5. Hosil strukturasi 6. Tajribaga ta’sir etuvchi har bir tasodifiy hodisalarni hisobga olish. Tajribadagi hamma dala ishlari bir vaqtda bir kun davomida o’tkaziladi. Ekin turiga qarab, tajribani o’rimga va hosilni hisob kitob qilishga tayyorlash quyidagicha olib boriladi: 1. Hosili bir marta o’rib-yig’ishtirilib olinadigan ekinlar uchun (donli ekinlar – oldin hamma himoya polosalardagi (yon tomonlar, uchastkaning boshi va oxiridagi) hosil o’rilib, yig’ishtirilib olib ketiladi va xo’jalikdagi hosil bilan birlashtiriladi. So’ngra paykalardagi hisobdan chiqarilgan yerlar (maydonlar) aniqlanadi. Shikastlangan yoki hosili qurib yoki ivib qolgan yoki mol yeb qo’ygan, suv bosgan, sovuq urgan, o’simlik chiqmagan yoki juda ham siyrak bo’lgan maydonchalar hisobdan chiqariladi. Hisobdan chiqarilgan maydonchalardagi hosil o’rib olinadi va himoya polosalardagi hosilga qo’shiladi. Hisobdan chiqarilgan yerlarni maydoni o’lchanadi va hisob kitob maydonining umumiy yuzasidan olib tashlanadi. Paykal maydonining 20-30 % hisobdan chiqarishga ruxsat etiladi. Agar hisobdan chiqariladigan maydon 50 % tashkil qilsa, paykal hisob-kitob uchun yaroqsiz deb hisoblanadi. Paykal maydonlarini hisobdan chiqarish ko’p bo’lib ketsa ham bo’lmayd, chunki ular faqat obyektiv asosda amalga oshirilishi kerak. Agar tabiat ofati (suv toshqini, sel ketish, do’l yog’ish vash u kabilar) bo’lgan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com bo’lsa, bir necha paykal, hatto butun qaytariq hisobdan chiqarilishi mumkin. Ayrim hollarda bir butun tajriba yaroqsiz deb topilishi mumkin, bu ko’ngilsiz xodisadir, chunki bunda bir yil (mavsum) yo’qotiladi. Paykal maydonlari hisobdan chiqarilib, ulardagi hosil yig’ishtirilib, tajriba dalasidan olib chiqilgandan keyin, paykalning hisob-kitob maydonlaridagi hosil yig’ishtirilib olinadi va tarozida tortiladi. 2. Hosili bir necha marta yig’ishtirilib olinadigan ekinlar uchun (g’o’za, tomat, bodring va shu kabilar) – har o’rim va terimda hosil oldin himoya polasa va qatorlarida yig’ishtiriladi, keyin esa har qaysi paykalning hisob-kitob qilinadigan maydonchalaridagi hosil hisoblanadi. Hosil kombayn yoki paxta terish mashinalarida yig’ishtirib olinsa, himoyalovchi qatorlar hisobiga burilish polasalari yasaladi. Hosil to’g’ridan-to’g’ri paykaldagi hamma hosilni yig’ishtirib olish yo’li bilan hisoblanishi mumkin. Bunda hosil bir o’rishdan yoki bo’lib-bo’lib bir necha marta yig’ishtirilishi mumkin. Donli ekinlar hosili kombayn bilan to’g’ridan- to’g’ri yig’ishtirilganda ularning somoni presslanadi, doni alohida olinadi. Har bir paykaldagi hosil yig’ishtirilib olingandan keyin kombayn 5-10 minut quruq salt holda ishlatilib qo’yilishi kerak. Bunda kombayn oldining paykal hosili bo’lib-bo’lib yig’ishtirilganda, o’simlik oldin o’riladi va quritiladi. Keyin esa kombayn yordamida o’simlik doni va somoni bir-biridan ajratiladi. Paxtachilikda, ko’pincha har qaysi paykaldagi paxta hosili alohida qo’lda teriladi. Hosilni paxta terish mashinasida ham yig’ishtirib olish mumkin. Paxtani terishda har qaysi ishchiga bitta paykal beriladi. Har qaysi paykaldan terib olingan paxta yuzasi tekis bo’lgan quritish maydonchasida alohida quriladi, tushlikdan keyin alohida tortib olinadi va jurnalga yoziladi. Paxta hosili 3-4 terim ichida tugatilshi kerak. Har terim yoki yig’imda namlik va ifloslanganlikni aniqlash uchun namuna olinishi kerak. Bu namunalar butilka, banka yoki xaltachaga olinadi. Bunda idishlarning og’zi qopqoq bilan zich yopilish kerak. Hamma hisob-kitoblar quyidagi formula bo’yicha standart namlikka o’tkazib olib boriladi: Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling