Audio formatlar haqida izoh bering


Elektromexanik ovoz yozish[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 0.95 Mb.
bet16/44
Sana26.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1125628
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
Audiostudiyalar savol-javob

Elektromexanik ovoz yozish[tahrir | manbasini tahrirlash]


Yozib olinadigan tovush tebranishlari mikrofon yordamida mos elektr toki tebranishlariga aylantiriladi. Ular kuchaytirilgandan soʻng elektromexanik oʻzgartirgich(rekorder) ignasining tebrantiruvchi magnit maydon hosil qiladi. Igna tebranib disk plastinkasida „tovush izini“ hosil qiladi (yozadi). Tovushni „oʻqish“ uchun Pezoelektrik yoki magnitli oʻzgartirgich (zvukosnimatel) ishlatiladi. [2] Disk plastinkasida igna harakatlanganda tebranadi, oʻzgartirgich bu tebranishlarni elektr signaliga aylantiradi. Elektr signallar elektron kuchaytirgichda kuchaytirilib radiokarnayga uzatiladi.

  • Elektrofon (1925)

  • Elektr aylanuvchi stol (Elektroproigrivatel)

Optik (fotografik) ovoz yozish[tahrir | manbasini tahrirlash]


Optik fonogramma asosan kinoda ishlatilgan. Kinolenta chetiga kengligi oʻzgaruvchan chiziq (yoʻlakcha) koʻrinishida (1904) yoki oʻzgaruvchan optik zichlikka ega yoʻlakcha(1919) koʻrinishida yozilgan boʻladi. Ijro etish vaqtida plyonkadan oʻtuvchi chiroqning yorugʻlik oqimi qayd etilgan tovush tebranishlariga mos ravishda oʻzgargan (modulyatsiya qilingan). Fotoelement unga tushayotgan oʻzgaruvchan yorugʻlik oqimini elektr tebranishlariga aylantiradi. Elektr signali elektron kuchaytirgich yordamida kuchaytirildi va kinoteatrning auditoriyasidagi ekran yaqinida oʻrnatilgan karnayga uzatildi [3] .
XX-asrning 30-40-yillarida SSSRda qogʻoz tashuvchi (lenta) yordamida optik ovoz yozish va ijro etish tizimi ishlab chiqilgan [4] [5] . Ammo P. P. Skvortsovning „Gaplashuvchi qogʻozi“ keng qoʻllanilmadi.

Magnitli tovush yozish[tahrir | manbasini tahrirlash]


Yozish qayd qiluvchi magnit kallak yordamida amalga oshiriladi, u harakatlanuvchi magnit lentada oʻzgaruvchan magnit maydon hosil qiladi. Magnit lenta (tashuvchi) ning ferromagnit qatlamida qoldiq magnitlanish izi qoladi. Iz fonogramma trekidir. Ijro etish vaqtida magnit kallak harakatlanuvchi magnit lenta qoldiq magnit oqimini elektr audio signaliga aylantiradi.

  • Magnitofon (1932)

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling