Audit” fanidan kurs ishi mavzu: Auditorlik kasbining axloqiy talablari Bajardi: Iqtisodiyot fakulteti i-52-2 guruhi talabasi Kurbanbayev Ahrorjon Xusan o’g’li Tekshirdi
Download 80.13 Kb.
|
KURS ISHI AUDIT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: _____________________________
- ____” _______2023 y. __________________ Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana “____” _______2023 y.
- ____” _______2023 y. Baho “_____” _________ ___________ (imzo) ____________
- __________________ TOSHKENT – 2023 MAVZU: AUDITORLIK KASBINING AXLOQIY TALABLARI Reja
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI “AUDIT” fanidan KURS ISHI MAVZU: Auditorlik kasbining axloqiy talablari Bajardi: Iqtisodiyot fakulteti I-52-2 guruhi talabasi Kurbanbayev Ahrorjon Xusan o’g’li Tekshirdi: _____________________________
TOSHKENT – 2023 MAVZU: AUDITORLIK KASBINING AXLOQIY TALABLARI Reja: Audit kasbiga qo’yilgan talablarning meyoriy asoslari Auditning axloq kodeksi va uning axamiyati Auditorlik malaka sertifikatini olish tartibi va unga qo’yilgan talablar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Etika - shaxs yoki shaxslar guruhining ma’naviy-axloqiy xatti-harakatini belgilab beravchi qonun-qoidalar tizimidir. Qadimdan shifokorlik etikasi tushunchasi mavjud bo'lgan. Bu etikaning asosiy maqsadi shifokorlar faoliyatini axloqiy nuqtayi nazardan tartibga solishga, o‘z kasbiga nisbatan vijdonan yondashishga undashdan iborat edi. Hozirgi kunda auditorlik sohasida ham shifokorlik etikasi singari auditorlik etikasi yuzaga keldi. Auditorlik etikasining asosini mustaqillik, malaka, halollik va xolislik tamoyillari tashkil etadi. Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi tashkilotlar ham turli qonunlar, standartlar bilan bir qatorda auditorlik etikasi kodeksini ham ishlab chiqishgan. Shu jumladan, respublikamizda « O‘zbekiston auditorlarining kasbga oid Axloq Kodeksi” qabul qilingan. Ushbu kodeksda auditorlar audit sohasiga nisbatan jamoat ishonchi va e’tiborini orttirish uchun o‘zlarini qanday tutishlari lozimligi, o‘z zimmalaridagi vazifalami amalga oshirish jarayonida amal qilishlari lozim bo'lgan axloqiy, má’naviy qadriyatlar, tamoyillar o ‘z ifodasini topgari. Audit tekshiruvini o'tkazish jarayonida umuminsoniy qadriyatlar, tartib-qoidalarga amal qilish har bir auditor va auditorlik firmasi rahbarining zimmasidagi majburiyatdir. Etika normalariga amal qilgan holda ish yuritish auditorlik faoliyatining jamoatchilik orasidagi obro‘-e’tiborining ortishiga, bu tur xizmatga jamoatchilikning ehtiyoji oshishiga xizmat qiladi. Aksincha, etika tamoyillarining buzilishi auditorlik sohasiga va auditorlar jamoasiga nisbatan katta hurmatsizlikning namunasi hisoblanadi va bu sohaga ham ma’naviy, ham moddiy zarar keltiradi. Etika tamoyillariga amal qilmaslik har bir auditorga nisbatan keskin choralar ko'rilishiga, xususan, auditorlik malaka sertifikati va litsenziyasidan mahrum qilinishiga olib keladi. Korxonalar, kompaniyalar, firmalar egalari va aktivlar moliya auditini o'tkazishga buyurtma berishda auditorlar ishining asosiy qoidalariga e'tibor berishadi. Bu axborot sirini saqlash, mustaqillik, kasbiy skeptitsizm va mutaxassislarni tayyorlashdir. Har bir nuqta tadqiqotning yuqori sifatini kafolatlash uchun mo'ljallangan: konfidensiallik - agar audit maqsadida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, audit natijalarining jamoatchilik va davlat organlaridan saqlanishini ta'minlashga qaratilgan. Aksariyat mulkdorlar uchun kompaniyaning moliyaviy, mulkiy, tovar holati to'g'risidagi ma'lumotlar saqlanishi kerak bo'lgan sirdir; ishtirok etmaslik - agar ular ko'rib chiqilayotgan kompaniyada shaxsiy yoki mulkiy manfaatlarga ega bo'lsa, auditorlarning auditorlik tekshiruvida ishtirok etishlarini taqiqlovchi banddir. Xuddi shu narsa ularning qarindoshlariga ham tegishli. Aslida, faqat xizmat ko'rsatish shartnomasi mutaxassis va mijozni bog'lashi kerak; skeptitsizm va ob'ektivlik - bu fikrlarning uyg'unligi tekshiruvchi maksimal natijaga erishishi, o'z ishining to'g'riligini kafolatlashi uchun har doim turli burchaklardan ma'lumotni qabul qilishi kerakligi bilan oqlanadi; auditorning tayyorgarligi - mutaxassis zarur nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak, rus tilini, xalqaro qonunchilikni bilish, yangi qonun hujjatlaridan, buxgalteriya hisobi qoidalaridan foydalana olishi kerak. O’z funktsiyalarini bajarishda auditorlar hamisha xolis bo’lishlari lozim. Xolislik oldindan xulosa chiqarmaslikni, tarafkashlik va professional masalalarni ko’rib chiqishda, xulosa chiqarishda qandaydir ta’sir doirasiga tushib qolmaslikni bildiradi. Xolislikning etika talablariga amal qilishda oldindan xulosa chiqarishga, g’arazgo’ylik yoki boshqa shaxslarning xolislikka zarar keltiruvchi ta’siridan qochish lozim. Xizmat ko’rsatishga rozilik bergan auditor ishni yuqori professional darajada bajara olishiga ishonishi lozim. Auditorlar auditorlik xizmatlarini etarlicha e’tibor va g’ayrat bilan bajarishlari zarur. Ularning majburiyatlari doimiy ravishda o’z bilimlari va tajribalarini shunday darajada oshirishi kerakki, rahbariyat ham, mijozlar ham uning doimiy ravishda yangilanib boradigan qonunchilik sohasidagi ma’lumotlar audit metodikasi va amaliyotiga asoslangan professional xizmatlarining yuqori sifatliligiga ishonsin. Professional kompetentlik – auditorga professional xizmatlarni malakali va sifatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega bo’lishdir. Auditorlar o’z bilim va tajribalarini bo’rttirib ko’rsatmasliklari kerak. Maxfiylik - audit tamoyillaridan biri bo’lib, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) auditorlik faoliyati davomida olgan yoki tuzgan hujjatlarining bus-butun (yaxshi) holda saqlashni ta’minlashga majburligi, kim bo’lishidan qat’iy nazar, bu hujjatlarning yoki ularning nusxalarini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emasligi (to’liq holda ham, qisman ham) yoki mulk egasi (rahbar)ning roziligisiz ulardagi ma’lumotlar mazmunini og’zaki ravishda ham boshqalarga oshkor qilmaslikni o’z ichiga oladi. Maxfiylik tamoyiliga hatto tekshirilgan iqtisodiy sub’ekt haqidagi ma’lumotlar oshkor yoki e’lon qilinishidan unga moddiy yoki boshqa zarar etmasa ham, majburiy tarzda amal qilinadi. Maxfiylik axborotlarni sir saqlash majburiyatini yuklaydi va kasbiy xizmat ko’rsatish davomida axborotlarni olgan auditordan bu axborotlardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi tomon manfaatlari uchun foydalanmaslik talablarini qo’yadi. Mustaqillik bu auditorning audit qilinayotgan tashkilot ishlarida yoki uchinchi shaxsga bog’liq holda o’z fikrlari shakllanishida manfaatdorlikning (moliyaviy, mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa har qanday) bo’lmasligini o’zida ifoda etadi. Jamiyat manfaatlari yo’lida hamma auditorlar va auditorlik tashkilotlari audit qilinayotgan tashkilot va uchinchi shaxslardan mustaqil bo’lishi zarur. Auditorlik tashkilotining obro’si. Auditorlar o’z faoliyatlarida auditorlik tashkiloti va uning xodimlari obro’sini oshiribgina qolmasdan, ushbu sohada muomalaning umumqabul qilingan etika me’yorlari ham hisoblanuvchi qator nuqtai nazarlar va asosiy tamoyillarga ham rioya qilishlari lozim. Bunday tamoyillarga vijdonlilik va kasb muomalasi kiradi. Vijdonlilik – auditorlarning zarur sinchkovlik, e’tiborlilik, tezkorlik va o’z qobiliyatidan tegishlicha foydalangan holda professional xizmat ko’rsatishini ko’zda tutadi. Bunda auditorning o’z ishiga qunt va mas’uliyatli munosabatda bo’lishi auditorlik faoliyatining benuqsonligi kafolati sifatida qabul qilinmasligi lozim. Auditorning kasb etikasi muomalaning ana shu bir nechta qoidalari bilan tugamaydi. Kasb muomalasi tamomila auditor faoliyatining hamma sohasiga taalluqlidir. Etika va uning intizomiy ta’sir etishi ularning faoliyatini o’zini-o’zi boshqarish hisoblanadi. Auditorlar boshqa shaxslar manfaatlarini hamisha esda tutishlari zarur. Ularni hal qilish qanchalik murakkab bo’lmasin, texnik tafsilotlarni hisobga olib, muammo mohiyati haqida eslashi lozim. Auditorlar uchun o’z kasblarining boshqa odamlarga ta’sir etish ruhini anglab etish va uni baholay olish muhimdir. Download 80.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling