Audit” fanidan mavzu: “Auditorlik kasbiga qo‘yiladigan talablar” nazorat ishi bajardi: IX 51-2 guruh talabasi


Auditorning kasb etikasi va uning mijoz oldidagi mas’uliyati


Download 74.94 Kb.
bet4/6
Sana19.12.2022
Hajmi74.94 Kb.
#1033131
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Urinov O. audit nazorat ishi

3. Auditorning kasb etikasi va uning mijoz oldidagi mas’uliyati.
Ko‘pgina xorijiy davlatlar, shu jumladan, respublikamizda qabul qilingan “O‘zbekiston auditorlarning kasbga oid Axloq Kodeksi” da auditorlarga nisbatan etika nuqtayi nazaridan quyidagi asosiy talablar keltirilgan:
- Umumqabul qilingan axloqiy normalarga amal qilish. Auditorlar o‘z zimmalaridagi vazifalarini amalga oshirish jarayonida unrnminsoniy axloqiy qadriyatlar, tamoillarga am al qilgan holda, halollik bilan ish yuritishlari va qaror qabul qilishlari shart. Boshqacha qilib aytganda, auditorlar «Boshqalar siz uchun qilishlarini xohlamagan ishini o‘zingiz ham boshqalar uchun qilmang» jumlasiga amal qilgan holda ish ko‘rishlari, butun tekshiruv o‘tkazish va xulosa tayyorlash jarayonida halollik bilan ishlashlari, masalalarga xolislik bilan yondashishlari lozim.
- Jamiyat manfaatlarini ifoda etish. Garchi audit tekshiruvi uchun haqni mijoz to‘lasada, auditor faqatgina jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda ish ko‘rishi shart. Mijoz manfaatlarini soliq va sud idoralarida himoya etishdan oldin auditor mijozning bu manfaatlari to‘g‘ri, qonuniy asosda yuzaga kelganiga ishonch hosil qilishi zarur. Aks holda auditor mijoz manfaatlarini himoya etishdan bosh tortishi shart.
- Auditorning e’tiborliligi. Professional xizmat ko‘rsatish jarayonida auditor o‘z ishiga yuqori darajada e’tiborlilik, ehtiyotkorlik bilan yondashishi, rejalashtirish, tekshiruv o‘tkazish va xulosa tayyorlash jarayonida mavjud qonunlar va standartlarga to‘liq araal qilinishini ta’ininlashi, tekshiruvning har bir bosqichiga nisbatan yuqori darajadagi nazoratni o‘rnatishi zarur;
- Auditorning professional malakasi. Auditor mijozga xizmat ko‘rsatishda yuqori darajadagi malakaga ega bo‘lishi lozim. Yangi mijoz bilan munosabat o‘rnatishdan oldin auditor shu mijoz uchun audit amaliyotining yangi uslubiyatlarini qo‘llash, eng so‘nggi qonunchilikka amal qilgan holda yuqori darajali xizmat ko‘rsatishni kafolatlashi zarur;
- Auditorning mustaqilligi. Auditor umumiy mijoz korxona yoki uning rahbariyatining alohida vakillari bilan auditor mustaqilligiga ta’sir o‘tkazish darajasidagi yaqin m unosabatlarga ega bo‘lsa, bu tekshiruvni o‘tkazishdan bosh tortishi lozim. Tekshiruv davrida va tekshiruv yakunida tayyorlangan hujjatlarda auditor korxonaga nisbatan to‘liq mustaqilligini ishonch bilan bayon eta olishi zarur;
- Mijozning tijorat siri. Auditor mijoz bilan munosabatlarning davom etayotgani yoki to‘xtaganligidan qat’iy nazar, shu mijozga xizmat ko‘rsatish jarayonida qo‘lga kiritilgan har qanday ma’lumotni sir tutishi zarur. Auditor hech qachon mijozga xizmat ko‘rsatish jarayonida m a’lum bo‘lgan ma’lumotlarni mijoz korxona zarar ko‘rishi evaziga o‘z shaxsiy yoki boshqa uchinchi taraf manfaatlarini ko‘zlab oshkor etmasligi lozim.
- Soliq munosabatlari. Auditorlar har qanday sharoitda ham soliqqa doir qonunchilikka to iiq amal qilishlari shart. Auditorlar o‘z shaxsiy yoki boshqa uchinchi taraf manfaatlarini ko‘zlagan holda daromadlarini yashirmasliklari kerak. Bu majburiyat mijozga soliqqa doir xizmat ko‘rsatish jarayonida ham am al qiladi. Auditor mijoz manfaatlaridan kelib chiqqan holda soliq qonunchiligini buzib ish tutishi qonunga xilof amaliyot hisoblanadi va javobgarlikka tortiladi.

Download 74.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling