Audit” fanidan mavzu: “Auditorlik kasbiga qo‘yiladigan talablar” nazorat ishi bajardi: IX 51-2 guruh talabasi
Auditorlik faoliyatining asosiy maqsadi
Download 74.94 Kb.
|
Urinov O. audit nazorat ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-chizma. Respublikamizda auditorlik faoliyatining asosiy maqsadi.
Auditorlik faoliyatining asosiy maqsadi
Audit o‘tkazishga qo‘yilgan talablar Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan atroflicha o‘rganish; Xo‘jalikning moliyaviy faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni tahlil qilish; Xo‘jalikning moliyaviy faoliyatidagi xato va kamchiliklarini aniqlash; Xo‘jalikning moliyaviy faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berish 1-chizma. Respublikamizda auditorlik faoliyatining asosiy maqsadi. Auditorlik faoliyati – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog‘liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to‘g‘risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir. Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarininig xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va professional xizmatlar ko‘rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi4 . O‘zbekistonda davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish qonun bilan ta’qiqlangan. Auditor – auditorlik tekshiruvlarini malakali bilim va professional qobiliyat asosida o‘tqazuvchi auditorlik malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir. Shuningdek, O‘zbekistondagi auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri – xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasi berish qobiliyatiga ega, sertarmoq va professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil etish hisoblanadi. Muvofiq ravishda, yuqorida keltirib o‘tilgan auditorlik faoliyatini rivojlantirish, auditorlik xizmatlari sifatini oshirish, auditorlik tashkilotlari faoliyatini boshqarishning samarali usullarini tadbiq etish, ularning auditorlik tekshiruvi natijalari uchun javobgarligini va auditorlik tekshiruvlarining ob’ektivligini oshirish, shu asosda tadbirkorlik tizimlari tomonidan ularga bo‘lgan ishonchni oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615- sonli “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ular ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini kelgusida isloh qilish yo‘lida yana bir kuchli turtki bo‘lib xizmat qildi. Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak, Respublikamizda auditorlik faoliyatini tashkil etishning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan atroflicha o‘rganish va tahlil etish, muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan samarali taklif va tavsiyalar berish bo‘lsa, iqtisodiyotda tutgan o‘rni mulkchilik shaklidan qat’iy nazar birinchidan, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining ishonchli, xolisona va mustaqil auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishini ta’minlash, ikkinchidan, amaldagi qonunchilikning takomillashtirilishi auditorlik xizmatining sifatli o‘tkazilishini rag‘batlantirishdan iboratdir. Auditorlar buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyat va fuqarolik huquqi, auditni tashkil etish va rejalashtirish, qonunchilik, buxgalterlik hisobi va auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro standartlari, hamda normalari sohasidagi o‘z professional bilimlarini doimo yangilab borishlari lozim. Audit o‘tkazish yoki professional xizmat ko‘rsatishda auditor halol bo‘lishi, barcha vujudga kelgan vaziyatlar va real faktlarni shaxsiy adovatlarga yo‘l qo‘ymasdan, xolisona o‘rganishi, auditorlik faoliyatining xalqaro va milliy standartlari talablariga rioya qilishi lozim. Agar u halollikni rad etib, tez boylik orttirish maqsadida «imzosini sotish» yo‘liga o‘tib olsa, o‘zining kasb mahoratini yo‘qotadi. Natijada, auditorlik xizmati bozorida o‘ziga o‘rin topa olmaydi va auditorlik hamjamiyatida beobro‘ bo‘lib qoladi. Auditor soliq qonunchiligining barcha jihatlariga qat’iy rioya qilishi lozim. Soliqqa tortish bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish chog‘ida auditor mijozkorxona manfaatlarini himoya qiladi. Lekin u mijoz-korxona soliqni yashirish va soliq organini aldash maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirishga yo‘l ko‘rsatmasligi kerak. Soliq hisob-kitoblari va to‘lanishi bo‘yicha tekshiruv jarayonida aniqlangan barcha xato-kamchiliklar to‘g‘risida mijoz-korxona ma’muriyatiga bildirishi zarur. Auditor tekshiruv jarayonida olingan mijoz-korxona faoliyati to‘g‘risidagi barcha axborotlarni, uning bilan aloqa to‘xtatilgan yoki davom etayotganligidan qat’iy nazar, cheklanmagan vaqt davomida maxfiy saqlashi lozim. Auditor ushbu axborotlarni o‘z foydasi uchun yoki har qanday uchinchi tomon foydasi uchun, hamda mijoz-korxona manfaatlariga zid ravishda ishlatishga haqli emas. Auditorlik tashkiloti, auditor yordamchilari hamda boshqa xodimlari maxfiy axborotlarning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi. Quyidagi hollarda mijoz-korxonalarning maxfiy axborotlarini chop etish va boshqa shaklda oshkor qilish professional etikani buzish hisoblanmaydi: O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik Faoliyati Milliy standartlariga rioya qilishda; Sudlashuv jarayonlarida auditorlarning professional manfaatlarini himoya qilishda; Tashkilot, ishtirokchi yoki professional organ tomonidan o‘tkazilgan sharhlar sifatining muvofiqligini tekshirishda; Tashkilot, ishtirokchi yoki tartibga soluvchi organ tomonidan o‘tkazilgan so‘rov yoki tergov jarayonida savollarga javob berishda. Auditorlik tashkiloti o‘z professional xizmatlarining shart-sharoitlari va haq to‘lash tartibini mijoz-korxona bilan oldindan kelishib, shartnomada aks ettirishi zarur. Auditorlik xizmatlari uchun to‘lanadigan haq ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmi va sifati bilan aniqlanib, ularning murakkabligi, auditorlarning malakasi, tajribasi, professional obro‘si va mas’uliyatlilik darajasiga bog‘liq. Auditorlik xizmatlarini reklama qilish halol, odob doirasidan chetga chiqmagan, mijozlarni aldash va adashtirish ehtimolidan uzoq bo‘lishi lozim. Auditorlar hamkasblari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishlari, ular bilan auditorlik tajribalarini almashishlari, ular faoliyatini asossiz tanqid qilmasliklari lozim. Hamkasblarining kamchiliklarini ko‘rsatish faqat do‘stona va samimiy tarzda bo‘lishi kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan ahloq me’yorlariga rioya qilish auditorlarning yuqori ahloqi va professional mas’uliyatlari jamoatchilik fikrida ushbu kasbga hurmat va ishonchni saqlashning obektiv zarurligi bilan kafolatlanadi. Xalqaro amaliyotda «Auditorlarning kasb ahloqi Kodeksi» vaqti-vaqti bilan yangilanib, ayrim qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanmoqda, ularga yangi tushuntirishlar va izohlar berib borilmoqda. Download 74.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling