Audit” fanidan mavzu: “Auditorlik kasbiga qo‘yiladigan talablar” nazorat ishi bajardi: IX 51-2 guruh talabasi
Download 74.94 Kb.
|
Urinov O. audit nazorat ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: S.Ovlayev TOSHKENT-2022 REJA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “AUDIT” FANIDAN Mavzu: “Auditorlik kasbiga qo‘yiladigan talablar” NAZORAT ISHI Bajardi: IX 51-2 guruh talabasi O.Urinov Tekshirdi: S.Ovlayev TOSHKENT-2022 REJA: Kirish Auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorlik faoliyatining umumiy tavsifi. Auditorning kasb etikasi va uning mijoz oldidagi mas’uliyati. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISH Iqtisodiyotni erkinlashtirish va Respublikamizda bozor iqtisodiyoti asoslarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida bank-moliya tizimi va xususiy tadbirkorlik sektori barqarorligini ta ’minlovchi audit tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samaradorlik va unumdorlik ko‘rsatkichlariga asosan baholash, korxonalar boshqaruv va moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq muammoli masalalar yuzasidan asosli tavsiya hamda yo‘nalish berishda zamonaviy mustaqil auditning xizmati beqiyos. Bu esa milliy iqtisodiyotning xususiy sektori rivojida, shu jumladan, xususiy tadbirkorlik va moliyaviy munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Auditorlik faoliyati – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog‘liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to‘g‘risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir. Auditorlik faoliyatining milliy iqtisodiyotda tutgan muhim o‘rnini inobatga olib, mustaqillik yillarida respublikamizda tashqi auditorlik faoliyati tizimini yanada lakomillashtirish va rivojlantirishga katta e ’tibor qaratib kelinmoqda. Bu sohada faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga hamda auditorlik faoliyati nazariy asoslarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borayotgan olirn-tadqiqotchilarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Respublikamizda auditorlarning qonuniy huquq va majburiyatlarini himoya qiladigan, ular malakasini oshirish bo‘yicha doimo tadbirlarni amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlar tashkil etilib, ular bugungi kunda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bunday tashkilotlar qatoriga O‘zbekiston auditorlar palatasi, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston biznes fanlari o‘qituvchilari assotsiatsiyasi kiradi. Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o‘zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifiga ega bo‘lishi lozim. Download 74.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling